Kompyuterni qismlarga ajratish. Tizimli blok qismlari bilan




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana01.12.2023
Hajmi0,51 Mb.
#108934
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti

13. Kompyuterni qismlarga ajratish. Tizimli blok qismlari bilan 
tanishish. Kompyuterga qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulash 
Tizim platasi (motherboard) - qurilmalami va hisoblashlami boshqaruvchi 
asosiy qurilma bo'lib, unga mikroprotsessor, tezkor va kesh xotira, 
mikrosxemalari, kontroller va turli adapter, elektrosxemalar o'matiladi. 
Tizim platasi asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi. 
Mikroprotsessor - kompyutemi boshqarish va barcha hisob ishlari, 
buyruqlami bajarilishini ta ’minlaydi. Mikroprotsessor turli amallami tez 
bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va 
undan ortiq boiish i mumkin. Uning tezligi megagerslarda hisoblanadi va 
protsessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, Pentium 700. Tezkor xotira - 
protsessor uchun zarur bo'lgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. 
Kompyuter o'chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma’lumotlar o'chiriladi. 
Qattiq disk (doimiy xotira - hard disk drive) - dastur va ma’lumotlami 
doimo saqlaydi. U ba’zan ≪vinchester≫ deb ham nomlanadi. Vinchester 
nomi birinchi yaratilgan qattiq disk nomidan kelib chiqqan (1973-yilda 
IBM firmasi tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi 
≪30/30≫ bo'lgan va 
bu mashhur Winchester miltig'ining kalibrga o'xshar edi). Ular hajm va 
ishlash tezligi bilan farqlanadi. Qattiq diskdagi dastur va ma’lumotlar esa 
o'chirilmaydi. Kesh xotira - kompyuter tomonidan dasturlar ishlash 
jarayonida ko ‘p ishlatilgan ma’lumotlami saqlash uchun foydalaniladi. Bu 
xotira tezkor va doimiy xotira o'rtasida joylashadi. Kontroller (adapterlar) - 
ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydi. Ishlash holatlari bilan 
farqlanadi (video platasi, tovush platasi, tarmoq platasi va ...). Disk 
yurituvchilar - bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni o'qish 
va yozish ishlarni bajaradigan qurilma. Kiritish-chiqarish porti orqali 
mikroprotsessor bilan ma ’lumot almashinadi. Ichki qurilmalar bilan 
ma’lumot almashinuv uchun maxsus portlar hamda umumiy poitlar 
mavjud. Umumiy portlar 2 xil bo'ladi: parallel (LPT1. LPT4) va ketma-ket 
(C0M1, ...,COM3). Parallel portlar kiritishchiqarishni ketma-ket portga 
nisbatan tezroq bajaradi. Har bir poll o'zining shaxsiy manziliga va 
raqamiga ega bo'lib, ulaming umumiy soni 65536 taga yetadi. BIOS (Basic 
input output system) - o ‘z tarkibidagi bir marta yozib qoldirilgan 
ma’lumotlar majmuasini saqlab turuvchi va alohida mikrosxema 
hisoblangan xotira turi hisoblanadi. Odatda, bu xotiradagi ma’lumotlami 
uni ishlab chiquvchi korxona (firma) yozib qoldiradi. Bu ma’lumotlar 
kompyuter elektr manbadan o'chirilgan holda ham saqlanadi va alohida 
mikroakkumlyatorli batareyalardan oziqlanadi. Bu xotira turi faqat 
ma’lumotlami o'qish rejimida ishlaydi. Shuning uchun bunday xotirada 
kompyuteming qurilmalarini tekshiruvchi test dastiirlar, operatsion 
tizimlaming yuklovchi dastur modullari saqlanadi. 

Download 0,51 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kompyuterni qismlarga ajratish. Tizimli blok qismlari bilan

Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish