|
Ona plata bilan tanishish, uning turini, imkoniyatlarini aniqlashBog'liq 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti14. Ona plata bilan tanishish, uning turini, imkoniyatlarini aniqlash
Kompyuterlarning ona plata arxitekturasi funksional jihatdan boyitilib va
asosiy protsessorning unumdorligi oshishi bilan doimiy ravishda
mukammallashtirib boriladi. Bu uning eng muhim qismi, kompyuterning
yuragi bo‘lib, uning elektron tarkibiy qismini tashkil qiladi. U yoki bu
ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan standartlashtirilgan ona plata
modeli unda qo‘llanilgan mikrosxemalar to‘plami va elementlarning
joylashish topologiyasi bilan belgilanadi. Standartlashtirilgan g‘ilof
shakliga qarab, o‘lchami bo‘yicha turli ona platalar ishlab chiqariladi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan ona plata formatlari AT,
ATX (305×244 mm o‘lchamli), mikro ATX (244×244 mm) va FlexATX
(229×191 mm). Zamonaviy ona platalarning asosini tashkil etuvchilari,
uning g‘ilofiga joylashtirilgan bo‘ladi: protsessor razyomlari, kengaytirish
slotlari bilan magistral liniyalari, apparat xotira modullarining razyomlari,
chipset mikrosxemalari uchun razyomlar. Bu konstruktiv elementlar
yuqori darajali birlashtirish bilan apparat pog‘onasidagi asosiy elektron
tashkil etuvchilarni birlashtiradi. Ko‘pincha ona platalarda audio va video
vositalarning elektron tashkil etuvchilari joylashtiriladi. Tashqi
qurilmalarning tizimli blokka ulanishi, razyomlari tizimli blokning old
yoki orqa panellarga joylashtirilgan, tashqi interfeys vositalari yordamida
tashkil qilinadi. Masalan, sichqoncha ko‘rinishidagi boshqaruv qurilmasini
ulash uchun COM-port, bosmaga chiqarish qurilmasi uchun LPT-port
ishlatiladi. Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidan
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktlash
chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi,
turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli
platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini
quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi shinalar
tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar
miqdoriga bog‘liqdir.
|
| |