31.Ona plataga yangi o’rnatilgan haritani ishini BIOS orqali
boshqarish.
Operatsion tizim o’rnatayotganimizda biz F2 klavishi bosiladi va BIOS
sozlamalariga kiriladi va biz Boot bo’limiga o’tamiz va u yerdan
Kompyuterlarda ma’lumotlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira
(BIOS-Basic Input Output System – kiritish-chiqarishning asosiy tizimi)
mavjud. Bunday xotiradan faqat o‘qish mumkin. Shuning uchun ham u
ROM (Read Only Memory – faqat o‘qish uchun) deb ataladi. IBM PC
kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish,
amaliyot tizimini boshlang‘ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga
xizmat ko‘rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
32.Mikroprotsessorlarning ishlash va faoliyat ko’rsatish imkonyatlari.
Mikroprotsessorlar yoki markaziy protsessorlar shaxsiy kompyuterlarning
“miyasini” tashkil qiladi. Tezlik — bu protsessorning hususiyatlaridan biri
bo‘lib, uni ko‘p hollarda turlicha talqin qilinadi. Ushbu bo‘limda,
umuman, protsessorlarning tezligi va, hususan, Intel protsessorlari xaqida
ma’lumot olasiz. Ko‘pincha, kompyuterning tezligi, odatda, megagerslarda
o‘lchanuvchi takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. U uncha katta bo‘lmagan
qalaydan yasalgan konteynerida joylashgan, kvars kristali bo‘lgan, kvars
rezonatorining parametrlari orqali aniqlanadi. Elektr kuchlanishi natijasida
kvars kristalida, kristalning shakli va o‘lchami orqali aniqlanuvchi
chastotali elektr tokining tebranishlari hosil bo‘ladi. Shu o‘zgaruvchi
tokning chastotasini takt chastotasi deb ataladi. Oddiy kompyuterning
mikrosxemalari bir nechta million gerslar chastotasida ishlayd (Gers, bu-
sekundiga bir tebranish). Tezlik megagerslarda, ya’ni sekundiga million
siklda o‘lchanadi. Buyruqlarining bajarilishiga ketadigan vaqt ham
o‘zgaruvchandir. 8086 va 8088 protsessorlarida bitta buyruqning
bajarilishiga 12 takt chamasida ketadi. 286 va 386 protsessorlarida bu
ko‘rsatgich bitta operatsiyaga o‘rtacha 4,5 takt atrofida,486 da esa 2
taktgacha kamayadi.