• 3.Shaxsiy kompyuterning qoshimcha qurilmalari Printer
  • 1. Shaxsiy kompyuterning haqida tushuncha




    Download 168.5 Kb.
    bet6/7
    Sana07.12.2022
    Hajmi168.5 Kb.
    #33559
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1. Shaxsiy kompyuterning haqida tushuncha
    O\'zbek tili grammatikasi, 49 5321500 To\'qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari, aaaaaaaaaa, Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi, Z.M.Bobur tadbir senariysi 3-4sinf, 19 Salimov, 2-mavzu metodika sirtqi 4 kurs, elektrodinamika, Yakubaeva Adolat Rajapbay qizi, 61a1f87dc97b72.02683248, husniya, 3787-Текст статьи-9195-1-10-20211130, D. I. Mendeleyev gidratlanish nazariyasi
    Vinchesterlar kompyuterning ichida joylashgan bo'lib, uning hajmi bir necha Gbaytgacha boradi. Vinchester deganda silindrsimon shaklidagi maxsus germetik idishga joylashtirilgan bir o'qqa mustahkamlangan ustma-ust joylashgan disklarning majmuini tushuniladi. Kompyuter ichida birdaniga bir necha vinchesterlar joylashishi ham mumkin.
    K ompakt disklarning axborot sig'imi o'rta hisobda 640 Mbayt ni tashkil etadi. Undagi axborotlarni yozish yo'lchalari spiralsimon shaklda bo'lib, ma`lumotlarni o'qish va yozish lazer nuri ko'magida amalga oshiriladi. Kompakt disklar oltin yoki alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanib, doirasimon plastik ichiga joylangan holatda bo'ladi. Kompakt disklar bilan ishlashga mo'ljallangan diskdonning vazifasi ham oddiy diskdonnikiga o'xshash ammo ish prinsipi magnitlanishga emas, balki lazer nuridan foydalanishga asoslangan. Kompakt diskning zarur qismlari nur berib
    qizitib bo'rttiriladi. Kompakt disklar bilan ishlashga mo'ljallangan diskdon ichida kichik quvvatda berilgan nur kompakt diskning bo'rtib chiqqan qismlariga borib urilib akslanadi. Nurning akslanib qaytgani haqidagi signal birlarni, teskarisi esa nollarni ifodalaydi. Hozirgi davrda sig'imi 10 Gbaytgacha boradigan kompakt disklarni ishlab chiqish yo'lga qo'yilmoqda. Kompakt disklarda axborot saqlash qulay bo'lsada, uning ish tezligi vinchesternikiga qaraganda sekindir. Ushbu disklarning diametrlari ham 5.25 yoki 3.5 dyuymlik bo'ladi.
    Magnit disklarning yangi xillariga misol sifatida magnitooptik disklarni keltirishimiz mumkin. Bu disklarni yaratishda magnit va optik texnologiyaning yutuqlari birlashgan. Magnitooptik disklarning ustunligi ularning sig'imlarining kattaligi, olib yurish mumkinligi, ish tezligining kattaligidir. Demak, xuddi shu diametrli egiluvchan disklarga qaraganda o'rtacha olganda ularning sig'imlari hajmi 300, axborotlarni o'qish yoki yozish tezligi esa 10 barobardan ham ortiq kattadir.


    3.Shaxsiy kompyuterning qo'shimcha qurilmalari

    Printer - ma`lumotlarni qog'ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: bosma (matritsa-o'yma qolip), purkovchi, lazerli. Bosma printerda qog'ozdagi bosilayotgan satr bo'ylab harakatlanadigan maxsus qurilmaga o'rnatilgan metall ignachalar qog'oz va qurilma orasiga o'rnatilgan rangli tasmaga tegib qog'ozda iz qoldirib ma`lumotlarni hosil qiladi, shu nuqtalarning to'plami esa qog'ozga belgilar yoki shakllarni chiqarilishini ta`minlaydi. Ko'rinib turibdiki, bosma printerdan chiqarilayotgan axborotlarning rangi o'rnatilgan tasma rangiga mos bo'ladi.



    Download 168.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 168.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Shaxsiy kompyuterning haqida tushuncha

    Download 168.5 Kb.