1. Ta’limda informatika va axboroat texnologiyalari




Download 17 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi17 Kb.
#43650
Bog'liq
1-reja
Mustaqil ish mavzulari, 1. Rezbalar, ularning turlari,belgilanishi va ishlatilishi Ajral-hozir.org, 1-Laboratoriya. Mikroprosessor va uning turlari. Markaziy proses-fayllar.org, 13729 1 383972B76009C5553BBFC4F76FD16DF1B96A6A3D, 1-амалий машгулот, 2taj, 3 taj, 4taj, 5 taj, 6 taj, 1. Ikki o lchovli integral, uning xossalari, geometrik va mexani, 1-mavzu. YuMB (1)

1.Ta’limda informatika va axboroat texnologiyalari.
2-reja
nformatika va axborot texnologiyalari fanidan umumiy o‘rta ta’lim dasturi mazmuni, mohiyati va tahlili. Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT) – o‘sib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta o‘zlashtirishni ta’minlashdan iborat. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllanishi va o‘sishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir. Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning echimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Fanning maqsadi o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularni mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan shaxs etib tarbiyalashdan iborat. Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fani o‘rta umumta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va 11-sinfgacha davom etadi. Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‘qitishda rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilayotgan STEAM (science, technology, engeenering, art and mathematic - fan, texnologiya, muxandislik, san’at va matematika) o‘qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy amallar, 28 algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq. Ta’lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g‘oyani amalga oshirish bir qator muhim omillarga bog‘liq. Bu omillardan biri «Informatika va axborot texnologiyalari» yo‘nalishini tashkil etuvchi «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika», «Axborot texnologiyalari» kabi fanlarni o‘qitish muammosidir. «Informatika va axborot texnologiyalari» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish zaruriyati, tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi jarayonning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o‘zgarishlarning ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi. Biz axborotlashgan davrda turibmiz. Doimo o‘sib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o‘z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish zaruriyatiga duch kelayotgan jamiyat a’zolari, turli kasb egalari soni tobora ortib bormoqda. «Informatika va axborot texnologiyalari» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish zaruratining zamini, asosi bo‘lib quyidagilarni anglash hisoblanadi:  kompьyuterlar, axborot va kommunikatsion texnologiyalar dunyodagi axboriy inqilobning mahsulidir;  O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim jarayonida ta’limni kompьyuterlashtirishning jahon darajasiga moslashtirish yo‘llarini izlash zarur;  kompьyuter ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi quvvatli vositadir, chunki u o‘quv axborotlarini sifatli etkazish imkoniyatlarini kengaytiradi, fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, ta’limni qiziqarli olib borish imkonini kengaytiradi, o‘quv faoliyatini boshqarish usullarini o‘zgartiradi, o‘qituvchining axborot uzatuvchi sifatidagi rolining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi va hokazo;  zamonaviy kompьyuterlarda grafik interfeys, «do‘stona» muloqot vositalari va boshqa imkoniyatlarning mavjudligi barcha soha mutaxassislariga, umuman foydalanuvchilarga kompьyuter bilan bemalol muloqot qilish imkonini beradi;  kompьyuter savodxonligi natijasida yosh avlod rivojlanib borayotgan dunyoda kelajak hayotga va moddiy farovonlikka erishishga yaxshiroq tayyor bo‘lishlari mumkin;  zamonaviy kompьyuter texnologiyalarining imkoniyatlari shu darajadaki, ulardan nafaqat ta’limda, balki, har tomonlama etuk, barkamol avlodni tarbiyalashda ham foydalanish mumkin. 29 Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va undan keyingi ta’lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan «Informatika va axborot texnologiyalari» fani pedagogikamiz uchun yangi bo‘lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:  kadrning butun «hayotiyssikli» hisobga olinishi kerak;  informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi kerak;  informatika va dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga dasturlashni o‘rgatish zaruriyatidan voz kechish lozim;  informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish didaktik spiral tamoyili asosida qurilishi kerak;  ishlab chiqilayotgan o‘quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg‘u berish asosidagina amalga oshirish mumkin;  shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo‘naltirilganlik;  o‘qish vaqti resurslarini o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o‘quv ijodiy faoliyatini tashkil etish foydasiga qayta taqsimlash.
5-SINF (haftasiga 0,5 soatdan, jami­17 soat) Axborotli jarayonlar Mazmun. Kompьyuter xonasida xavfsizlik qoidalari va sanitariya­gigiena talablari. Informatika fani haqida: informatika fan sifatida; tarixiy ma’lumot: AlXorazmiy, Al-Farobiy qarashlari va bu sohadagi ishlari. Axborot tushunchasi.Axborot ko‘rinishlari va xususiyatlari. Axborotni kodlash haqida. Axborotli modelga misollar. Axborot miqdori va o‘lchov birliklari. Kompьyuter bilan tanishuv Mazmun. Kompьyuter tuzilishi. Kompьyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari. Kompьyuterning ba’zi qo‘shimcha qurilmalari va ularning vazifalari. Klaviatura haqida ma’lumot. Klaviaturada ishlash. Kompьyuter sichqonchasi bilan ishlash. Klaviatura va sichqoncha bilan ishlash ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan dasturlar. Kompьyuterni boshqarish dasturi haqida dastlabki tushunchalar (ish stoli, menyu, oyna, fayl va papka bilan ishlash). Grafik muharrir haqida (menyular, uskunalar paneli, ranglar majmuyi). Grafik muharrir yordamida sodda rasmlar hosil qilish va qayta ishlash. 6-SINF (haftasiga 0,5soatdan, jami­17 soa
Download 17 Kb.




Download 17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ta’limda informatika va axboroat texnologiyalari

Download 17 Kb.