• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
  • IT-park va hududlardagi IT-markazlarda raqamli texnologiyalar yo‘nalishida o‘qitish




    Download 2.03 Mb.
    bet18/24
    Sana21.09.2022
    Hajmi2.03 Mb.
    #26189
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
    Bog'liq
    PF-122 27.04.2022
    axborot va jamiyat taraqqiyoti, Шифрлаш усули, PF-60 28.01.2022 (1), 013 Мавзу 8 маш.3-4, O`qning otilishi,teshib o`tishi va jarohatlashi, travel by car, щяиул ешд, Bat 6-MT
    2. IT-park va hududlardagi IT-markazlarda raqamli texnologiyalar yo‘nalishida o‘qitish

    18.

    Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati.

    An’anaviy

    2022-yil iyul — sentyabr

    12

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
    (Sh. Shermatov),
    Davlat bojxona qo‘mitasi
    (A. Mavlonov)

    19.

    Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati.

    An’anaviy

    2022-yil oktyabr — dekabr

    9

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
    (Sh. Shermatov),
    Davlat bojxona qo‘mitasi
    (A. Mavlonov)

    20.

    Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy bojxona boshqarmalari.

    onlayn

    2022-yil iyul — dekabr

    500

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
    (Sh. Shermatov),
    Davlat bojxona qo‘mitasi
    (A. Mavlonov)

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga
    6-ILOVA
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5414-son Farmoni 5-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “a) Strategik rejalashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
    bojxona qonunchiligini takomillashtirishda bojxona organlarining yagona pozitsiyasini shakllantirish;
    Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari hamda tavsiyalarini tahlil qilgan holda bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
    bojxona qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish hamda huquqiy normalarni o‘zboshimchalik bilan, subyektiv va tanlov asosida talqin qilish holatlarini istisno etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
    bojxona sohasida huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va shart-sharoitlarini tizimli tahlil qilishni tashkil etish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
    bojxona ishi hamda bojxona organlari xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, ularni O‘zbekiston Respublikasida joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
    Boshqarma xodimlariga (boshqa davlat organlari va tashkilotlariga xizmat safariga yuborilganlar bundan mustasno) lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama haq belgilansin. Bunda, mazkur ustama qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar bilan bir qatorda Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi”.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6005-son Farmoni 6-bandi “a” kichik bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “a) Bojxona auditi boshqarmasi tashkil etilsin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:”.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3665-son qarorida:
    a) 3-banddagi “266” raqami “290” raqami bilan almashtirilsin;
    b) 4-bandda:
    ikkinchi xatboshi “umumiy shtat birliklari” so‘zlaridan keyin “va mehnatga haq to‘lash fondi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
    quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
    “umumiy shtat birliklari va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Milliy kinologiya markazi, shuningdek, bojxona postlarining tashkiliy tuzilmasida nazarda tutilmagan tarkibiy tuzilmalarni tashkil etish hamda mavjud tarkibiy tuzilmalarni qayta tashkil etish va tugatish;
    Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
    zarur hollarda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi va o‘rinbosarlarining tarkibiy tuzilmalar ustidan mutasaddiligini o‘zgartirish”;
    uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
    v) 1 — 7-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga
    1-ILOVA

    Download 2.03 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




    Download 2.03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IT-park va hududlardagi IT-markazlarda raqamli texnologiyalar yo‘nalishida o‘qitish

    Download 2.03 Mb.