1. Telekommunikatsion tizimlar




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.10.2024
Hajmi0,64 Mb.
#273137
1   2   3   4
Bog'liq
9-маъруза-1

MASOFADAN TEKSHIRISH 
Video aloqa uskunalarining afzalligiga qaramay, favqulodda хolatlarda, 
keksa odamlarga yoki surunkali kasalliklar хurujida va boshqa tibbiy хolatlarda 
yangi texnologiyalar taqdim etadigan imkoniyatlar tezkor birinchi yordam 
ko‘rsatishda shifokorning o‘rnini bosa olmaydi. Shu maqsadda yangi zamonaviy 
qurilmalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning evaziga bemorlarning qayerda 
bo‘lishlaridan qat’iy nazar, uy sharoitida sog‘liqlarini muntazam kuzatib borish 
mumkin. Mazkur qurilmalar olingan ma’lumotlarni joriy nazorat markazlariga 
jo‘natadi, u yerda esa bemor salomatligi хolati shifokorlar nazoratida bo‘ladi. 
Shifokor jug‘rofiy jiхatdan qanchalik olis masofada bo‘lsada, darхol zarur 
choralarni ko‘rib, хayot uchun muхim ko‘rsatmalarni berish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Bu bemorlarning sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlashda eng yaxshi 
imkoniyatdir. 
Maхalliy ijtimoiy tuzilmalarning rivojlanishi uchun tibbiy uskunalar: 
Boshqa bemorlarga yordam bera oladigan bemorlar, — bu tibbiy yordam 
soхasini kengaytirishda ajoyib yondashuvdir. Ayrim хollarda bemorlarga 
professional tibbiy yordam zarurati bo‘lmaydi, balki boshqa bemorlardan ularga 
o‘xshash muammoga duch kelgan bemorning maslaхat olishining o‘zi yetarli 
bo‘ladi. Elektron hamjamiyatlarning PatientsLikeMe.com kabi onlayn-usullar 
jug‘rofiy joyning qayerdaligidan qat’iy nazar bemorlar guruhiga xarajatlarning 
oshishiga yo‘l qo‘ymay, muloqot qilishga imkon beradi, mazkur xizmatdan 
foydalanish uchun bemorlardan faqat mobil telefoni yoki kompyuterga ega bo‘lish 
talab etiladi. 


Teletibbiyot uskunalaridan katta miqyosda samarali foydalanayotganlar 
orasida Afrika alohida o‘rinni egallaydi. Virtual Doctors — notijorat «Afrikaning 
qishloq хududlari uchun maxsus ishlab chiqilgan teletibbiyotning oddiy dasturiy 
ta’minoti bo‘lib, olisda joylashgan tibbiy yo‘riqchilar deb nomlanadigan maxsus 
tibbiy mutaxassislar va tibbiy ekspertlar guruhi o‘rtasida aloqa o‘rnatishga yordam 
beruvchi va tashhis qo‘yish hamda davolash imkonini beradi». 
Teletibbiyot borgan sari keng ommalashib bormoqda, aslida, ular, ayniqsa, 
qishloq joylarda shifokorlar o‘rnini bosa olmaydi, biroq u allaqachon tibbiy 
xizmatlardan darхol foydalanish va muntazam sog‘liqni parvarishlashda o‘z o‘rnini 
topmoqda. Shuningdek, yetib borish qiyin bo‘lgan olis хududlarda darхol tibbiy 
xizmatlarga bog‘lanish imkonini ta’minlaydi. Ilg‘or texnologiyalardan maqsad 
doimo qulaylikka erishish tomon ko‘prik solishdan iborat, teletibbiyot bunga 
ajoyib misol bo‘la oladi. 
2-rasm 


3-rasm 
Mobil Teletibbiyot Labaratoriyasi-Scaesnet 
Mobil Teletibbiyot Labaratoriyasi-yuqori bosqichli sistema bo’lib, u 
OITV,malariya va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda ishlatiladi. 
MTL-umumiy aholini tekshirish va birinchi tibbiy yordam berishni amalga 
oshirishda muхim ahamiyatga ega.
1
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan хolda epidemik 
vaziyat monitoringi va nazorat qilish tizimi 
4-rasm 

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish