1. umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san`at o'qitish tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi




Download 77,55 Kb.
bet1/19
Sana16.01.2024
Hajmi77,55 Kb.
#138457
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1. umumiy o\'rta ta\'lim maktablarida tasviriy san`at o\'qitish tas


Umumiy o'rta ta'limda tasviriy san'at mazmuni
Reja:

I .KIRISH
II.ASOSIY QISM
1.UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN`AT O'QITISH
2.TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASINI O‘QITISH METODIKASI
3. TASVIRIY SAN’AT O‘QITISH METODIKASI BO‘YICHA
III.XULOSA
FOYDALANILADIGAN DABOIYOT

Kirish

«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanlari dasturi o‘rta maxsus va kasb-hunar kollejlarida tasviriy san`at va muhandislik grafikasi fanlari, shuningdek, umumta`lim maktablaridagi tasviriy san`at va chizmachilik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat yuritish hamda shu fanlarning mashg`ulotlarini to‘g`ri tashkil qilish, o‘quvchilarda shu fan bo‘yicha puxta bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘qitishning zamonaviy metod va texnologiyalarini o‘rgatish, ilmiy muammolarni tadqiq qilish, shu jumladan ilmiy-pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish va eksperiment natijalarini tahlil qilish malakalarini egallash hamda pedagogik jarayonga tatbiq eta olish kabi masalalarni qamrab oladi.


«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanlari kasb-hunar kollejlarida tasviriy san`at va muhandislik grafikasi tarkibidagi fanlarni o‘qitish metodikasi va, shuningdek, umumta`lim maktablaridagi chizmachilik fani mashg`ulotlarini to‘g`ri tashkil qilish, o‘quvchilarda shu fan bo‘yicha puxta bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun eng samarali metodik vositalarni tanlashda bo‘lajak o‘qituvchilarga yordam berishni asosiy maqsad qilib belgilaydi.
Jamiyatdagi zamonaviy texnologiyalar, jumladan, ta`lim sohasida ham bo‘layotgan inqilobiy o‘zgarishlar mutaxassislarga yangi funktsional talablarni qo‘ya boshladi. Endilikda malakali mutaxassisdan faqatgina o‘zining bevosita xizmat vazifasini yaxshi bajarishgina emas, balki yangi uslublarni topib amaliyotga kiritish, mustaqil qaror qabul qila bilish va ijodiy ishlay olish kabi ko‘nikmalar talab qilinadi va mutaxassis o‘qitish metodlari va yo‘llari bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lishi, o‘qitishning tub maqsadini tasavvur qila olishi, unga erishish yo‘llari va vositalarini bilishi lozim. Talabalarning bu bilimlarni puxta egallashiga yordam berish
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanining vazifasi:
- tasviriy san`at va muhandislik grafikasini o‘qitishning aniq maqsadlarini va uning fan sifatida bilim berish hamda tarbiyaviy ahamiyatlarini aniqlash;
- o‘qitishning mazmuni va tuzilishini aniqlash;
- o‘quvchilarning mustahkam bilim, ko‘nikma va malakalarini ta`minlovchi o‘qitishning eng samarali uslub, vosita va shakllarini ishlab chiqish;
- o‘quvchilarning bilim olish jarayonini tadqiq qilish.
- o‘rta umumta`lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari uchun tasviriy san`at va muhandislik grafikasi bo‘yicha mustaqil fikrlovchi, ijodkor, ijtimoiy faol, ma`naviy boy, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, shu fanlarning hozirgi davrda erishgan yutuqlaridan xabardor qilish, o‘qitishning eng samarali usullarini amaliyotda tadbiq qilishni ko‘rsatib berish, tasviriy san`at va muhandislik grafikasining o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bilan tanishtirish va didaktika fani nazariyasi bilan ta`lim amaliyoti aloqasini ta`minlash, bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning qobiliyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda darslarni to‘g‘ri tahsil olishga o‘rgatish
Shuningdek, tasviriy san`at va muhandislik grafikasini o‘qitishning maqsad va vazifalari, fanning mazmuni va tuzilishi, o‘qitishning metod va tashkiliy shakllari, vositalarini tanlash va ishlab chiqish, boshqa fanlar bilan aloqasi, mavzularning mazmuni va ularning ketma-ketligi, tushunchalarni shakllantirish yo‘llari, ko‘rsatmali qurollardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar, tasviriy, grafik va amaliy topshiriqlar mazmuni va o‘rni kabi masalalar haqida bilim berish.


Download 77,55 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 77,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san`at o'qitish tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi

Download 77,55 Kb.