-Variant 1.Servis tizimi nima? Hamda u to’g’risida umumiy tushunchalar




Download 0.58 Mb.
bet9/30
Sana11.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#50311
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
EET yakuniy
Документ Microsoft Word, имя прилагательное 123(3), 7-sinf-ingliz-tili-ish-reja[1], Dasturlash Strukturalari Dasturlashni asosiy modellari, 9-maruza, mat,ona ingiliz tii, mustaqil ish personal, Ijara shartnoma Fazliddin, Kurs loyixasi(2018-2019)-1, 7-мавзу Sabzavotlarning intensiv navlarini yetishtirish va yig’ishtirish bo’yicha texnologiya ishlab chiqish, Амалиётга кундалик-2023, Antibiotiklar olish, pardayeva zuxra, 61677c0d-63b6-4d27-b207-63aac4c4979d (1)
4-Variant
1.Servis tizimi nima? Hamda u to’g’risida umumiy tushunchalar.
Servis tizimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning asosiy vazifalari va yo’nalishlari.
O’zbekiston iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi ochiq tashqi siyosatli, barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Respublikada bozor iqtisodiyoti qayta o’zgartirishlari qat’iy va izchil amalga oshirilmoqda.
Davlatga tegishli turar joy to’liq xususiylashtirildi, natijada salkam 1,1 mln kvartira aniq egalari qo’liga tegdi. Kichik xususiylashtirish tugallandi. Savdo, maishiy xizmat ko’rsatish obyektlari, uncha katta bo’lmagan korxonalar amalda to’liq xususiy mulk qo’liga o’tdi. Agrofirmalar, dehqon xo’jaliklari va nodavlat mulk shaklidagi xo’jalik birlashmalarining boshqa turlarini tashkil etish hisobiga qishloq xo’jaligini davlat tasarrufidan chiqarish keng ko’lamda olib borilmoqda.
Xususiy tadbirkorlik subyektlari soni salkam 300 mingtani tashkil etadi, shu jumladan ulardan 220 mingdan ortig’i yakka tartibdagi mehnat faoliyati patentlari bilan ishlamoqda.
Qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish davom etmoqda. Respublika fond birjasi orqali 157,7 mln so’mlik 342,1 ming aksiya sotildi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining umumiy soni 3569 tani tashkil etdi. Bank va kredit-pul tizimi takomillashtirilmoqda. Xalqaro banklar va sug’urta kompaniyalari respublikada o’z faoliyatini kuchaytirmoqda. O’zbekiston aholisining keng tabaqalari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur to’rtta qismni — kichik biznesni rivojlantirish, ayniqsa qishloqda faol rivojlantirish va faoliyat ko’rsatishi uchun bozor infrastrukturasi va shart-sharoitlar yaratish, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari, moliyaviy ta’minot va tashkiliy tadbirlar qismlarini o’z ichiga oladi.
Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond)ning xususiy tadbirkorlarga va kichik biznesga kreditlar berish, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investisiya loyihalarini mablag’ bilan ta’minlashni, ularning ustav sarmoyalarida ishtirok etishni, maslahat va axborot xizmatlari shaklida texnik yordam ko’rsatishni amalga oshiruvchi hududiy tarmoqlari rivojlanadi. Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni sug’urta yo’li bilan himoya qilish bo’yicha hududiy agentliklar tashkil etiladi.
Bu agentliklar tadbirkorlik tavakkalchiliklarini imtiyozli shartlarda sug’urta yo’li bilan himoya qilgan, to’lanmagan qarzlar uchun qarzdorlarning javobgarligini sug’urta qilgan, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yo’naltirilayotgan chet el investisiyalari sug’urta yo’li bilan himoya qilinishini ta’minlagan holda kichik va xususiy korxonalarning kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olishlari uchun investisiya loyihalarini baholaydilar va ekspertizadan o’tkazadilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlovchi boshqa fondlar, sug’urta muassasalari tashkil etiladi.
Respublika mintaqalarida davlat organlarida tadbirkorlik tuzilmalari manfaatlarini ifodalaydigan, bozor kon’yunkturasini o’rganishda, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va tarqatishda, korxonalarni ro’yxatga olishda, yangidan tashkil etilayotgan korxonalar ta’sis hujjatlarini tayyorlashda, yuridik va texnik maslahatlar berishda ko’maklashadigan «Tadbirkorlar palatasi» tashkil etiladi.



Download 0.58 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Download 0.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Variant 1.Servis tizimi nima? Hamda u to’g’risida umumiy tushunchalar

Download 0.58 Mb.