1-Variant Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish




Download 0.58 Mb.
bet5/30
Sana11.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#50311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
EET yakuniy
Документ Microsoft Word, имя прилагательное 123(3), 7-sinf-ingliz-tili-ish-reja[1], Dasturlash Strukturalari Dasturlashni asosiy modellari, 9-maruza, mat,ona ingiliz tii, mustaqil ish personal, Ijara shartnoma Fazliddin, Kurs loyixasi(2018-2019)-1, 7-мавзу Sabzavotlarning intensiv navlarini yetishtirish va yig’ishtirish bo’yicha texnologiya ishlab chiqish, Амалиётга кундалик-2023, Antibiotiklar olish, pardayeva zuxra, 61677c0d-63b6-4d27-b207-63aac4c4979d (1)
3.Normativ hujjatlar tushunchasi.
Normativ hujjatlar ishlab chiqilmoqda va mulkda davlat ulushi bo’lgan korxonalarni boshqarish huquqini nodavlat tuzilmalariga (xo’jalik uyushmalariga) berish tizimidan davlat mulkini boshqarishning trast shartnomalari tizimiga o’tish amalga oshirilmoqda. Turli mulkchilik va tashkiliy shakllarga ega bo’lgan korxonalar namunaviy ta’sis hujjatlari paketlari tasdiqlanmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlarini yagona talqin qiluvchi sharhlar tayyorlanmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish uchun foydalanilmayotgan binolar belgilangan tartibda ijaraga beriladi, tugallanmagan qurilishning ishlab chiqarish obyektlari va foydalanilmayotgan asbob-uskunalari kimoshdi savdolari va tanlovlar orqali sotiladi.
Korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini baholashni, bozor talablarini hisobga olgan holda ularni texnik, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy qayta o’zgartirish rejalarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi xususiylashtirishdan keyingi davrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xo’jalik yurituvchi subyektlari barqarorligini ta’minlash uchun korxonalarni qayta tuzish va qayta ta’mirlashni mablag’ bilan qo’llab-quvvatlash tartibi joriy etiladi.
Barcha oliy va o’rta o’quv yurtlarida bajarilishi majburiy bo’lgan qishloq yoshlarini o’qishga qabul qilish bo’yicha kvota belgilanadi. Kvotalash tartibi va shartlari, kadrlar tayyorlash va bitiruvchilardan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimida foydalanish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat o’quv yurtlarida tadbirkorlik tuzilmalari uchun mutaxassislar va kichik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika va mahalliy byudjetlar hisobidan, shuningdek o’quv yurtlari bilan korxonalar o’rtasida tuziladigan kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Mutaxassislar va ishchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish majburiy hisoblanadi hamda davlat organlari tomonidan ko’rsatilgan muddatlarda vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladi. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnomalari bajarilmagan taqdirda kichik va xususiy korxonalar moddiy xarajatlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli byudjetga to’laydilar.
Mutaxassislar va ishchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish majburiy hisoblanadi hamda davlat organlari tomonidan ko’rsatilgan muddatlarda vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladi. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnomalari bajarilmagan taqdirda kichik va xususiy korxonalar moddiy xarajatlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli byudjetga to’laydilar.



Download 0.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 0.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Variant Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish

Download 0.58 Mb.