O’zbekiston Respublikasi Bankto’lov tizimlari




Download 0.58 Mb.
bet4/30
Sana11.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#50311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
EET yakuniy
Документ Microsoft Word, имя прилагательное 123(3), 7-sinf-ingliz-tili-ish-reja[1], Dasturlash Strukturalari Dasturlashni asosiy modellari, 9-maruza, mat,ona ingiliz tii, mustaqil ish personal, Ijara shartnoma Fazliddin, Kurs loyixasi(2018-2019)-1, 7-мавзу Sabzavotlarning intensiv navlarini yetishtirish va yig’ishtirish bo’yicha texnologiya ishlab chiqish, Амалиётга кундалик-2023, Antibiotiklar olish, pardayeva zuxra, 61677c0d-63b6-4d27-b207-63aac4c4979d (1)
2.O’zbekiston Respublikasi Bankto’lov tizimlari.
3. O’zbekiston Respublikasida Bank to’lov tizimlari.
Banklararo to’lov tizimi banklar o’rtasidagi milliy valyuta (so’m)da elektron to’lovlarni banklarning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshirish uchun mo’ljallangan.Banklararo to’lov tizimining qoidalari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi qo’yidagi normativ-huqukiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi:
O’zbekiston Respublikasi "O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi Qonuni (21.12.1995 y., № 154-I)
O’zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (25.04.1996 y., № 216-I)
O’zbekiston Respublikasi “Elektron to’lovlar to’g’risida”gi Qonuni (16.12.2005 y., № O’RQ-13)
“Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi orqali elektron to’lovlarni amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi Nizom (14.02.2006 y., № 1545)
“O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi Nizom (03.06.2013 y. № 2465)
Banklararo to’lov tizimi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shaxsiy mulki hisoblanadi.Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi va Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi banklararo to’lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi. Banklararo to’lov tizimining foydalanuvchilari Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida vakillik hisobvarag’iga ega bo’lgan banklar va moliyaviy institutlar hisoblanadi.

1-rasm.

Elektron to’lovlar banklardan faqatgina vakillik hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldig’i doirasida amalga oshiriladi, agarda MB HKM va bank o’rtasidagi shartnomada boshqa holat kelishilmagan bo’lsa.


Soat 9-00 dan 16-00 gacha — banklararo hisob-kitoblar bo’yicha elektron to’lov hujjatlar (keyingi o’rinlarda — ETH)ni uzatish - qabul qilish - nazorat qilish vaqti.
1) Banklar mazkur davrning har qanday vaqtida MB HKMga ETHlarni uzatishlari mumkin.
2) Jo’natishga mo’ljallangan ETH nazoratdan o’tadi, bankning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, shifrlanadi va bank telekommunikasiya tarmog’i bo’yicha MB HKMga bundan keyingi qayta ishlashlar uchun uzatiladi.
Coat 17-00 gacha Respublika byudjeti hamda jamg’arib boriladigan pensiya tizimining tegishli hisobvaraqlariga mablag’larni o’tkazish bo’yicha ETHlarni uzatish amalga oshiriladi. Bunda soat 16-30 gacha tijorat banklari o’rtasidagi, soat 17-00 gacha esa — tijorat banklaridan Markaziy bank hamda Xalq bankiga, shuningdek Markaziy bankdan yuborilgan ETHlarni qayta ishlanilishi yakunlanadi.
Soat 17-00 dan ABM banklarga kunning yakunlanishi va yaroqsiz (brak) deb topilgan ETHlar to’g’risida (tashabbuskor bank va benefisiar bank bo’yicha) xabarnoma jo’natadi.
Shundan keyin ABMda “Kunning yakunlanishi” bosqichi amalga oshiriladi. MB HKMda quyidagilar “Kunning yakunlanishi” bosqichini bajarilishining shartlari hisoblanadi:

  • banklardan ETHni qabul qilish vaqtining tugashi;

  • MB HKMga uzatilgan barcha ETH qayta ishlangan va banklarning tegishli vakillik hisobvaraqlarida aks ettirilgan bo’lishi kerak.

Banklarda “Kunning yakunlanishi” bosqichining vaqti bankning ichki to’lov tizimi qoidalariga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kreditni boshqarish xususiyat (parametr)laridan kelib chiqqan holda, banklararo ETHlarining o’tkazish vaqtini to’lov tizimi masalalarini nazorat qiluvchi rais o’rinbosarining yozma farmoyishiga asosan uzaytirishi mumkin. Bu haqda tizim qatnashchilari va foydalanuvchilari ETHga ishlov berish vaqtining tugashiga bir soat qolguniga qadar kechiktirilmasdan xabardor qilinadi.

2-rasm.



3-rasm.

Download 0.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 0.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Bankto’lov tizimlari

Download 0.58 Mb.