• FAT fayl tizimi
  • 3-vazifa. Windowsda topshiriqlarni rejalashtirish (3 ball)
  • -vazifa. Operatsion tizimlarda fayl tizimlari (1 ball)




    Download 1,34 Mb.
    bet2/2
    Sana27.07.2024
    Hajmi1,34 Mb.
    #268761
    1   2
    2-vazifa. Operatsion tizimlarda fayl tizimlari (1 ball)
    Windowsda fayllarni boshqarish
    Windows NT ni ishlab chiquvchilari ishchi stansiyalar va serverlarning yuqori talablarini qondirish uchun mo‘ljallangan yangi fayl tizimini, yangi fayl tizimi texnologiyasini (NTFS – New Technology File System) ishlab chiqdilar. Yuqori darajadagi ilovalarga quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin: klient-server dasturlari, masalan, fayl serverlari, hisoblash serverlari va ma’lumotlar bazasi serverlari. Windows operatsion tizimida hozirgi kunda NTFS (NT oilasi operatsion tizimlarida) fayl tizimlaridan foydalaniladi. Bundan oldingi fayl tizimi esa bu FAT (bir nechta versiyalari mavjud) fayl tizimi hisoblanadi. Biz Windows operatsion tizimlarida qo‘llaniladigan ushbu fayl tizimlarini ko‘rib chiqamiz.
    FAT fayl tizimi
    FAT fayl tizimi osti formatlangandagi mantiqiy qismlar tarkibi 2- rasmda keltirilgan.
    -Yuklaydigan sektor operatsion tizimni yuklaydigan dasturni o‘z ichiga oladi. Bu dasturning ko‘rinishi operatsion tizim turiga bog‘liq, ya’ni ushbu bo‘limda yuklanadigan OT.
    - FAT jadvalining asosiy nusxasi diskga fayl va katalogni joylashtirish to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga oladi. 
    - FAT jadvalining zahira nusxasi.
    - Ildiz katalog katalogdagi har bir yozuv 32 baytdan iborat bo‘lgan fayllar va kataloglar to‘g‘risida 512 ta yozuvni saqlashga yordam beradigan 32 sektorda (16 Kbayt) o‘lchamli belgilangan soha bilan shug‘ullanadi.
    - Ma’lumotlar joylashgan joy ildizli katalogdan tashqari barcha fayl va barcha kataloglarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan. FAT fayl tizimi ikki turdagi faylni qo‘llab-quvvatlaydi: oddiy fayl va katalog. Fayl tizimi faqat ma’lumotlarni xotirada taqsimlaydi. FAT jadvali(asosiy va zahira nusxalari) ma’lumotlar klasteri miqdoriga teng miqdorda indeksni ko‘rsatuvchi massivdan iborat. Klaster va indeksli ko‘rsatkichlar bir xil ma’noga ega bo‘ladi – nolinchi klaster nolinchi ko‘rsatkichga mos keladi va boshqalar.
    Indeksli ko‘rsatkich klaster bilan bog‘liq holatni tavsiflovchi quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin:
    -Bo‘sh klaster (foydalanilmaydigan);
    - Faylda foydalanadigan klaster va faylning so‘nggi klasteri bo‘lmaydi – bu holatda indeksli ko‘rsatkich faylning keyingi klaster raqamini o‘z ichiga oladi;
    - Faylning so‘ngi klasteri;
    - Nuqsonli klaster;
    - Zahira klasteri.

    FAT12 fayl tizimi odatda 16 Mbayt dan katta bo‘lmagan hajmli disklarga to‘g‘ri keladi, 4 kbaytdan ko‘proq klasterlarni foydalanmaslikka imkon beradi. Bu sabab tufayli FAT16 512 Mbaytdan katta bo‘lmagan hajmli disklar uchun mo‘ljallangan. Katta disklar uchun esa 8 Gbayt gacha hajmli disklar bilan ishlaydigan 4 Kbaytli klasterlardan foydalanadigan FAT32 ma’qul hisoblanadi va faqat katta hajmli disklar uchun 8, 16 va 32 kbaytlilar ishlatiladi. FAT16 bo‘limining maksimal o‘lchami 4 Gbayt bilan chegaralanadi bunday hajm har biri 64 Kbayt bo‘yicha 65536 klasterni beradi, FAT32 bo‘limi maksimal o‘lchami chegaralanmagan – 32 Kbayt bo‘yicha 232 klaster.
    FAT12 va FAT16 fayl tizimlari 12 ta belgidan iborat fayl nomli operatsiyalarni bajaradi. FAT16 versiyada Windows NT operatsion tizimi yangi turdagi katalog yozuvini kiritadi – “uzun nom”, ya’ni 255 ta belgigacha uzunlikdagi nomdan foydalanishga imkon beradi, chunki nom uzunligidagi har bir belgi ikki baytli Unicode shaklida saqlanadi.
    FAT12 va FAT16 fayl tizimlari shaxsiy kompyuterlar davrining birinchi o‘n yilligida keng tarqalgan operatsion tizimlarda - MS-DOS va Windows 3.x operatsion tizimlarida qo‘llanilishi tufayli keng tarqalgan. Biroq qattiq disk hajmining doimiy ravishda o‘sib borishi, hamda bu fayl tizimlari ishonchliligiga talablarning o‘sib borishi boshqa turdagi fayl tizimlari va FAT32 tizimini yaratilishiga olib keldi.
    3-vazifa. Windowsda topshiriqlarni rejalashtirish (3 ball)

    Download 1,34 Mb.
    1   2




    Download 1,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -vazifa. Operatsion tizimlarda fayl tizimlari (1 ball)

    Download 1,34 Mb.