ochilgan mediamatnni o’z filtridan o’tkazib, keyin qabul qiladi. Mediamahsulotdan
foydalanishda axloq me’yorlariga amal qiladi. Mediamahsulot yarata oladi».
Mediamadaniyat turli
media asarlarni tahlil qilish, baholash,
yaratish uchun zarur
bo’ladigan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi. Aqlli yigitqizlarning
o’z
himoya
qobig’i,
“zirh”i
bo’ladi.
Ular media mahsulotlarni o’z «ma’naviy filtr”I
(mafkuraviy immuniteti) orqali ko’ra olishadi, o’qib, tomosha qilishadi. Mediamatnlardagi
targ’ibottashviqotni, biryoqlamalikni va buning sabablarini, ma’lumot tarqatuvchining niyatlarini
ko’rib turishadi. Bunday mediamadaniyat mediamahsulotlarga tanqidiy
yondashuvni belgilab
beradi, aldanishlardan asraydi. Nemis olimlari ushbu qonuniyatga tayanib muhim kashfiyot
yaratishdi. «Muhim ma’lumotga ega bo’lish hokimiyatga ega bo’lish; keraklisini keraksizidan
ajratish yanada ko’proq hokimiyatga ega bo’lish; kerakli ma’lumotni o’z rejissurasiga asoslanib
tarqatish yoki ushlab turish ikki karra hokimiyatga ega bo’lish demakdir. Odamlarga axborot
orqali psixologik ta’sir ko’rsatishning imkoniyatlari ana shunday», deyiladi Germaniyaning asosiy
politologiya darsliklaridan birida.
Media deb ommaviy axborot vositalariga (OAV) aytiladi.
OAVning bir qator muhim
xususiyatlari borki, ularni e’tiborga olmasdan OAV faoliyatiga to’g’ri baho berib va uni tashkil
etib bo’lmaydi. Fikrimizcha, bu xususiyatlarning ichida eng muhimini
taniqli kanadalik olim
Maklyuen tushuntirib bergan: media – bu inson hissiyotlarining davomidir. Mazkur g’oya
muallifning kitobida yaxshi tushuntirib berilganligi sababli, biz bu masalaga to’xtalmaymiz.
Kitobning asosiy xulosasi
sifatida shuni aytish zarurki,
media, odamning aqlidan ko’ra,