1. Vertual olam va manipuliyatsiya. Kompyutr o`yinlarining ruhiy va jismoniy xatarlari




Download 407,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana22.02.2024
Hajmi407,19 Kb.
#160657
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-seminar

“Kibernetik ludomaniya” Hozirgi kunda texnik taraqqiyotlar kun sayin o’zgarib bormoqda. 
Hattoinki uyali telefonlar yoshi keksalarimizda bo’lishligi ajablanadigan holat bo’lmay qoldi. Biz 
va farzandlarimiz ham zamonamiz taraqqiyotlariga hamnafas bo’lib bormoqdamiz. Zamonaviy 
taraqqiyotlardan biri imkoniyatlari keng bo’lgan internetdan barcha foydalanmoqda. Ammo biz 
musulmonlar har bir berilgan ne’matlardan Xudoi taologa gunohkor bo’lmaydigan darajada 
foylanishimiz zarur. CHunki faqat halol narsalargina inson hayoti uchun foydali, aksi esa zarar. 
Har qadamda internet kafe yoki kompyuter klubi. O’ziga to’qroq oilalar esa farzandlariga 
kompyuter sovga qilishyapti. Achinarli tomoni esa ushbu zamonaviy texnika yutug’ini bolalarimiz 
o’yin o’ynaydigan yoki kino ko’radigan vosita sifatida qabul qilishadi. Istalgan kompyuterxonaga 
kiring, hali maktabga bormaydigan mittivoylardan tortib, darsdan qochgan «quyon»largacha 
berilib o’yin o’ynashayotgan bo’lishadi. Dunyoqarashlarining kengayishi hamda ilm saviyasining 
ko’tarilishiga sababchi bo’ladigan kitob o’qish qayda qoldi. 
YAqin o’n yil ichida tibbiyot xodimlari dunyoda yangi bir kasallik paydo bo’lganini 
aniqlashdi. Ludomaniya – xuddi piromaniya kabi ruhiy kasallikdir. “Kibernetik ludomaniya” 
tushunchasi jahon meditsina amaliyotiga rasman kiritilgan kasallik nomi. Kiberludomaniya – 
kompyuter o’yinbozligi. Kompyuter o’yinlariga haddan ortiq bog’lanib qolishning asoratlari 
yoshlarning hayot tarzida, jismoniy va ma’naviy sog’lig’ida namoyon bo’ladi.
“Ota-onalar bolalarini televizorda beriladigan yomon narsalardan chalg’itish uchun ularga Game 
Boy o’yin moslamasini olib berishadi. Bizningcha bog’lanish ana shundan boshlanadi. 
Kiberludomaniya hatto 8 yoshli bolalarda ham kuzatilmoqda”, - deydi Gollandiya 
kiberludomaniyadan davolovchi kasalxona bosh vrachi Kit Bekker. 
Bekker gospitaliga tushgan kasallaridan biri – 28 yoshli Xan van der Xeyden: “Men 8 yoshimdan 
video o’yinlariga bog’lanib qolganman. Bir kunda 14 soatgacha o’ynardim. O’zimni tutib turish 
uchun narkotik iste’mol qilardim”, degan. 
Ma’lumotlarga qaraganda, eng “geymerlashgan” mamlakatlardan biri – Koreyada har yili 
o’yinbozlikdan 7 kishi halok bo’layotir. 38 yoshli bir kishi o’n kun uzluksiz o’ynagan. Faqat uxlab 
olishga tanaffus qilgan, xolos. SHifokorlar uni yuragi yorilib... o’lgan holda topishgan. 
Yekaterinburglik bir o’smir 12 soatlik uzluksiz o’yindan keyin miya insultidan vafot 
qilgan. “Bolalarda miyaning bunday jarohatlanishi kamdan kam uchraydi. O’yin paytidagi 
uzluksiz ruhiy zo’riqishdan bola miyasining qon bilan ta’minlanishi buzilgan. Boshi aylangan. 
Biroq, jazavaga tushgan o’smir o’zini o’yindan to’xtata olmagan. U o’zining o’layotganini bilib 
tursa ham o’yinni to’xtatmagan. Zo’riqishdan miya tomirlari yorilib ketgan. Miyaga qon kelmay 
qolgan. O’smir o’layotib ham o’ynayvergani kishini hayratlantiradi, - degan yekaterinburg bolalar 
kasalxonasining narkologiya bo’limi mudiri Aleksey Sulimov. O’rni kelganida kompyuter 
o’yinlarining yana bir zarari haqida to’xtalib o’tsak. Internet kafelariga yoki pleysteyshn klublariga 
borsangiz bolalar o’ynayotgan o’yinlarga bir nazar solib ko’ring, dahshatning o’zginasi. 
O’yinlarning aksariyat qismi jangovar ruhda bo’lib, maqsad raqibni qirish. Tish-tirnog’igacha 
qurollanib, hujum uyushtirish va dushmanning qizil qoni har tomonga sachrashi bolalarga olam-
olam zavq bag’ishlayapti. Ruhshunoslarning fikri, bunday o’yinlar bola ruhiyatiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi, uni asabiy va tajovuzkor qilib qo’yar ekan. Zararli va ta’qiqlangan o’yinlar deganda 
hayosiz, avrati ochiq ayol-qizlar yoki oshiq-ma’shuqlar ishtirok etadigan, o’pishadigan, xochni 
ulug’laydigan, sehrgarlarni zo’r qilib ko’rsatadigan, musulmonlarga qarshi urushadigan o’yinlar 
nazarda tutiladi. Qimorbozlik, berahmlik, qotillik va bosqinchilikni targ’ib qiladigan o’yinlar esa 
yoshlar ongida salbiy asoratlar qoldiradi. Bunday yolg’on to’qimalar bolalarning tasavvurini 
chulg’ab oladi va o’zidagi bor qobiliyatni rivojlantirishdan chalg’itadi.
O’zimizning milliy o’yinlarimiz bolalarimizning fe’l-atvori, jismoniy va ma’naviy shakllanishi 
uchun “mashq maydoni” vazifasini bajargan. Farzandlarimiz do’stlik, mardlik, qiynalib bo’lsa-da 
g’alabaga erishishning ilk nashidalarini tuyishgan. 


YOshlarimiz ham ma’nan, ham jismonan sog’lom bo’lsa, kelajagimiz baxtli va porloq bo’ladi. 
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, mediato’yingan jamiyatning har bir a’zosi yoshi, jinsi, 
kasb-kori va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar mediaga nisbatan tanqidiy fikrlash 
ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim. Mazkur ko’nikma insonlarni nafaqat zararli axborotlardan balki 
ortiqcha axborotlardan ham himoya qiladi. CHunki ortiqcha axborot ham bir kun kelib zararli 
axborotga aylanishi mumkin. 

Download 407,19 Kb.
1   2   3   4   5




Download 407,19 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Vertual olam va manipuliyatsiya. Kompyutr o`yinlarining ruhiy va jismoniy xatarlari

Download 407,19 Kb.
Pdf ko'rish