«VPS xizmati» ga
xizmat ko’rsatish Reglamenti
1. Xizmat tasnifi (pasporti)
1.1. Xizmat nomi
Ijaraga virtual joy ajratish xizmati |
1.2. Xizmat natijasi
VPS (Virtual Private Server)- ijaraga virtual joy ajratish xizmati – UZINFOCOM Markazi DUK tomonidan ro'yxatga olinadi. Buyurtmachi (Mijoz) va Bajaruvchi (UZINFOCOM) o’rtasida tijoriy shartnoma tuziladi. Shartnoma ro’yxatga olingandan so’ng Buyurtmachi (Mijoz) tanlangan tarif rejasi bo’yicha to’lovni amalga oshiradi. So’ngra Bajaruvchi (UZINFOCOM) mijozga xizmati ko’rsatadi. |
Bajaruvchi mijozni billing sistemasida ro’yxatga oladi. Buyurtmachiga tanlaganga tarif rejasi bo’yicha ijaraga virtual joy ajratadi, buyurtmachi xohishiga binoan (Linux, Windows) operatsion tizm o’rnatiladi. Bajaruvchi blokidan Buyurtmachiga 1 statik IP manzilini taqdim etadi. Buyurtmachiga login, parol va IP manzili shartnomada ko’rsatib o’tilgan elektron manzilga yuboriladi. |
1.3. Xizmat ko`rsatishi va blanklarni taqdim etishi mumkin bo`lgan davlat organi
Xizmatlarni ro’yxatga olish va mijozlardan kelib tushgan buyurtmalarni (yuridik va jismoniy shaxslardan) qabul qilish UZINFOCOM Markazi DUK tomonidan amalga oshiriladi. |
Mijozlar shartnomalarni UZINFOCOM Markazi DUKdan olishlari mumkin. |
1.4. Huquqiy asos
14.05.2007 yildagi АА №0002009 raqamli UzAAA litsenziyasi 08.07.2013 yildagi AA №0004723 raqamli UzAAvaTT davlat qo`mitasi litsenziyasi |
1.4. Xizmat oluvchilar
Barcha davlat va xo`jalik yurituvch organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar. |
1.5. Ariza berish muddati
1.6. Bajarilish muddati
Bajaruvchi hisob raqamiga mablag` kelib tushishi bilan, Buyurtmachiga 3 ish kun davomida Buyurtmachi tomonidan tanlaganga tarif rejasi asosan ijaraga virtual joy ajratadi, Buyurtmachi xohishiga binoan (Linux, Windows) operatsion tizimi o’rnatiladi. Bajaruvchi blokidan Buyurtmachga 1 statik IP manzili taqdim etiladi. Buyurtmachiga login, parol va IP manzili shartnomada ko’rsatib o’tilgan elektron manzilga yuboriladi. Xizmat keying oy uchun oldindan to`lov amalga oshirilmagunga qadar bir oy davomida taqdim etiladi. |
2. Xizmat oluvchilarga axborot yetkazish
2.1. Tarkib va ma’lumot hajmi
Har bir murojat qilgan shaxsga quyidagi axborotlar taqdim etiladi: - davlat organining manzili va joylashuvi, ko`rsatiladigan xizmatlar ro`yhati, ish vaqti, muroajaatchilarning qabul qilish jarayoni (telefon orqali oldindan yozuv, murojatlar uchun kundagi qabul, jonli navbat va boshqalar); ;- xizmati olish uchun kerakli hujjatlar ro’yxati; - blanklarning to’ldirish jarayoni va turlari, hisob-kitob turlari; - xizmat ko’rsatish muddati; - reglamentning mavjudligi va reglament bilan tanishib chiqish usullari. |
2.2. Keng ma’lumot yetqazish
VPS xizmati to’g’risidagi batafsil ma’lumot www.dc.uz saytida taqdim etilgan. Shuningdek, buyurtmachi batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlari orqali bog’lanishi mumkin: 238-42-37, 238-42-38 |
2.3. Talabga ko’ra ma’lumot berish
Shaxsan: soat 9-00 dan 18-00 gacha xizmat haqidagi barcha savollar bo`yicha og`zaki konsultatsiya (10 minutdan ortiq emas) va kerakli hujjatlar ro`yhati haqidagi yozma ma`lumot. Telefon orqali: 9-00 dan 18-00 gacha xizmat haqidagi aniq va ko`p ma`lumot berish talab qilinmagan barcha savollar bo`yicha og`zaki konsultatsiya (5 minutdan ortiq emas), masalan davlat boji to`lash uchun rekvizitlar. Faks orqali: 24 soat davomida har turdagi yozma arizalar, 9-00 dan 18-00 gacha talabga ko`ra yozma hujjatlar jo`natiladi (3 varaqdan ko`p bo`lmagan). Elektron pochta orqali: 24 soat davomida har xil turdagi ommabop elektron formatdagi arizalar (oddiy matn, ilova qilingan DOC, RTF, PDF formatdagi hujjatlar) yoki boshqa kelishuvlar (standart jo`natishga tayyor hujjatlar, kerakli blanklar, joylashuv sxemasi) |
2.4. Xizmat ko’rsatish manzili
Toshkent sh, Navoiy ko’chasi 28-B. Mo’ljal: Sobiq Markaziy Telegraf, café “Barlos”, AK “O’zbektelecom”, Aloqa tarixi muzeyi , 4-stomatologiya poliklinikasi.. |
2.5. Foydalaniladigan blank (forma) va hujjatlar
Buyurtmachi shartnoma blankini UZINFOCOM Markazi DUKdan olish mumkin. Shartnoma olish shartlari ushbu reglamentning 4.1. bo’limida ko’rsatilgan. |
3. Xizmat ko'rsatish
3.1. Ish vaqti
Ish vaqti soat 9-00 dan 18-00 gacha. Dam olish kunlari shanba va yakshanba. |
3.2. Kutish shartlari
4. Xizmat ko’rsatish jarayoni
4.1. Kerakli hujjatlar
Shartnoma olish uchun Buyurtmachi tomonidan agar jismoniy shaxs bo`lsa shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport) yuridik shaxslarga yuridik shaxs maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma. |
4.2. Xizmatlar uchun to’lov
Xizmatlar tanlangan tarif rejasiga asosan xizmat uchun to`lov amalga oshiriladi. Xizmat tariff rejasi quyida keltirib o`tilgan. .
Bajaruvchining bank rekvizitlari:
AKB «Aloqabank»
h/r: 20208000904198204001
Bank kodi: 00401 STIR: 204118319
ОКОНХ: 82100
|
VPS xizmati tarif rejalari
VMWARE sistemasida
|
|
Oylik abonent to’lovi
|
VPS-1
|
VPS-2
|
VPS-3
|
VPS-4
|
VPS-5
|
VPS-6
|
Disk hajmi, Gb
|
5
|
10
|
15
|
20
|
25
|
30
|
ОЗУ, Мb
|
256
|
512
|
768
|
512
|
768
|
1024
|
CPU virtual yadro soni
|
1
|
1
|
1
|
2
|
2
|
2
|
Oylik abonent to’lovi, so’mda
|
43 000
|
55 000
|
70 000
|
82 000
|
109 000
|
140 000
|
VPS xizmati uchun internet paket tarif rejalari
-
Internet paketlar
|
Xalqaro internet trafik qiymati, so’m/oyiga.
|
1 Gb
|
8 000
|
3 Gb
|
22 000
|
5 Gb
|
35 000
|
6 Gb
|
42 000
|
9 Gb
|
60 000
|
12 Gb
|
80 000
|
20 Gb
|
130 000
|
25 Gb
|
160 000
|
30 Gb
|
180 000
|
Limitdan oshgan har bir 1Mb uchun, 10 so’mdan
|
1) 1-jarayon: Bajaruvchi 2.5. bo`limida ko`rsatilgan barcha hujjatlarning mavjud bo`lgan holdagina buyurtmani Buyurtmachining xohishiga qarab ro`yhatdan o`tkazadi. 2) 2-jarayon: Buyurtmachi Bajaruvchining hisob raqamiga pul o`tkazish yordamida xizmatga to`lovni amalga oshiradi. 3) 3-jarayon: Bajaruvchi Buyurtmachini billing tizimida ro`yhatdan o`tkazadi. 4) 4-jarayon: Bajaruvchi tanlangan tarif rejasiga asosan o`z blokidan 1 statik IP manzil ajratadi. Shartnomada ko’rsatilgan elektron pochtaga login, parol va IP manzilini yuboradi. |
4.5. Xizmatni rad etish sabablari
Buyurtmachi tomonidan noto’g’ri to’ldirilgan shartnoma, texnik talablarga to’g’ri kelmaydigan sayt sozlamalari talablarga javob bermaganda Bajaruvchi Buyurtmachiga xizmatni taqdim etmaslikga haqli. |
Xizmatni rad etishning asosiy omili sifatida: -shaxsning xizmatdan foydalanish uchun hujjati bo’lmasa yoki uning nomiga ishonchnoma rasmiylashtirilmagan bo’lsa; - hujjatlar o’rnatilgan talablarga javob bermasa (hujjatlar to’liq emasligi yoki noto’g’ri to’ldirilganligi); -xizmatdan foydalanish maqsadida murojaat qilgan shaxsning to’g’ri kelmasligi, muayyan talablarga javob bermasligi; - Buyurtmachining jihozi Bajaruvchining tehnik talablariga javob bermasligi yoki mos kelmasligi;
5. Sifatli xizmati ko’rsatish
5.2. Sifatsiz xizmat bo’yicha shikoyat
Buyurtmachi o’z vaqtida bajarilmagan yoki taqdim etilmagan xizmati bo’yicha qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. |
Reglamentga ilova
Ijaraga virtual joy ajratish davlat xizmatini taqdim etish bo’yicha
ishlash sxemasi
10 kun
|