|
1. Yoritish tizimlarining vazifasi, tuzilishi, turlari va ishlashi
|
bet | 3/3 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 342,59 Kb. | | #115728 |
Bog'liq 20-mavzua) FG119 turidagi fara;
1-nur tarqatgich; 2-qaytargich; 3-himoyalagich (ekran); 4-chiroq; 5-patron; 6-rostlash vinti;
v) FG120 B turidagi fara.
1-gardish; 2-vint; 3-patron; 4-chiroq; 5-nur tarqatkich; 6-qaytargich; 7-optik elementning tutqichi; 8-korpus; 9-to’k o’tkazgich; 10-kontakt plastina; 11-qisqich; 12-sharnirli tayanch.
Tumanga qarshi faralarni asboblar jamlamasiga (shitokga) o’rnatilgan uzgich-ulagichdan boshqariladi va bosh faralar ishga tushilganida yonadi.
Burilish haqida ogohlantiruvchi chiroqlar avtomobilning old va taraflarining chap va o’ng taraflarida o’rnatiladi. Bu chiroqlar o’t oldirish tizimi ulanganida ishlaydi. Chiroqlarni yoqish uchun rul kolonkasining chap tomonida joylashgan tortqidan foydalaniladi. Tortqini qaysi tarafga bosishga qarab, shu tarafdagi chiroqlarni yoqadi. Burish yaqinlashib, rul chambaragini to’g’rilaganida, burilishni ko’rsatuvchi chiroqlar avtomatik ravishda o’chadi.
Avtomobilni tormozlash haqida ogohlantiruvchi chiroqlar harakatni sekinlanishi va to’xtashi haqida harakat ishtirokchilarini ogohlantiradi. Bu chiroqlar avtomobillarning orqa tomoniga joylashtirilib, qizil rangda bo’ladi.
Gabarit chiroqlar qorong’ilikda, etarli ko’rinmaslikda, har xil ob-havo va yo’l sharoitlarida avtomobilni gabarit o’lchamlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Engil avtomobillarning old tomonida 2 ta oq rangli va orqa tomonida ham 2 ta qizil rangli gabarit chiroqlari bilan jihozlangan.
Avtomobillarning davlat raqamini yoritish uchun ham chiroqlar o’rnatilib, gabarit chiroqlar yoki faralar ulanganida yonadi.
Salonni ichini yoritish uchun ichki chiroqlar qo’llanilib, uchta holatda boshqariladi. Uzgich-ulagich, o’rta holatda bo’lsa eshiklar ochilganida yonib, yopilganida o’chadi. Uzgich-ulagichni ON holatiga bosilsa, chiroq doimo yonib turadi va OFF holatida eshik ochilganida ham yonmaydi.
MATIZ avtomobilining orqa gabarit, to’xtashni, burilishni orqaga harakatlanishni chiroqlari bitta blokga jamlangan. Gabarit chiroqlari yongan holatda tormoz tepkisiga yig’ilganda orqa qizil chiroqning yorug’lik kuchi ortib to’xtash haqida ogohlantiradi.
|
| |