Kafedra professor-o‘qituvchilarining “Bir ziyoli, bir mahallaga ma’naviy homiy” dasturi bo‘yicha biriktirilgan MFYdagi faoliyati (2023 yil davomida)




Download 415 Kb.
bet15/17
Sana11.01.2024
Hajmi415 Kb.
#135080
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kengashga Tabiiy fanlar fanlar kafedrasini o\'rganish (1)

Kafedra professor-o‘qituvchilarining “Bir ziyoli, bir mahallaga ma’naviy homiy” dasturi bo‘yicha biriktirilgan MFYdagi faoliyati (2023 yil davomida)

Holat: “Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy” loyihasi doirasida mahallarda Tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar.
“Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida ishlar bo‘yicha kafedra a’zolari Rishton tumanidagi “Jahonobod” (G.Qo‘chqorova), Yuqori Beshkapa (M.Husaynova), Markaz (X.Arabboyev), “M.Topvoldiyev” (N.Tashlanova) “Anhor bo‘yi” (I.Rustamov), va “Cho‘ng‘ara” (Sh.Xolmatov) mahalla fuqarolar yig‘inlariga borib, MFY raisi va hodimlari bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishib oldilar. Tashriflari davomida mahalla vakillari bilan suhbatlashdilar, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da bo‘lgan aholi vakillari xonadonlariga tashrif buyurib, ularni ish bilan bandligini ta’minlash uchun yordam berildi. Yoshlarga kasbga yo‘naltirish va ularni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida viloyatimiz oliy o‘quv yurtlari haqida ma’lumot berildi. Ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Shundan so‘ng mahallalar ijtimoiy-ma’naviy hayotini o‘rganish maqsadida mahalla guzari, choyxona va bazi uylarga tashrif buyurishdi.
“Jahonobod” MFYda Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, kam ta’minlangan oilalar “Temir daftar”dan chiqarish masalalari o‘rganib chiqildi. Shundan so‘ng MFY raisi Zaylobov Jo‘rabek va tomorqa obodonlashtirish bo‘yicha – To‘xtoboyev Dilshodjon bilan mahalla holati o‘rganildi va 1180 ta xonadon yashaydigan hududda suv ichimligi 30%, internet tarmog‘i yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. MFYda 715 ta yoshlar, 991 ta ayollar bo‘lib, 25 ta yosh ishsiz, 29 ta muhtoj oilalar mavjud.
“M.Topvoldiyev” MFYda aholi ijtimoiy hayoti o‘rganilganda, mahalla fuqarolar yig‘inini hududida nizoli oilalar mavjudligi ma’lum bo‘lgach ular bilan suhbat o‘tkazilib, buning sabablari o‘rganildi va bunday oilalarda tushuntirish ishlari olib borildi.
“Yuqori Beshkapa” MFYda ijtimoiy hizmat obyektlari, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarlar o‘tkazishga sharoitlar mavjudligi o‘rganildi va bunday sharoitlar yo‘qligi sababli madaniy tadbirlar maktab binosida o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Masjid, ziyoratgox va ko‘ngil ochar maskanlar mavjud bo‘lmasada, hududda aholiga savdo do‘konlari namunali darajada xizmat ko‘rsatish tashkil etilgan. Mahallada shu kunga qadar jinoyat va xuquqbuzarlik holatlari sodir etilmagan.
“Markaz” MFYda ham yoshlarni oliy ta’limga qiziqtirish uchun targ‘ibot ishlari o‘tkazildi. “Anhor bo‘yi” MFYda aholi tarkibini o‘rganib chiqildi va o‘rganishlar natijasi shu bo‘ldiki, mahallada 70 talaba tahsil oladi, jumladan FarPIda 10 nafar, FarDUda 20 nafar, QPIda 7 nafar, va boshqa oliy o‘quv yurtlarida. Ishsiz yoshlar 4 nafar, jinoyatchilik 2020 yilda 3 nafarni tashkil etadi undan 2 nafar giyohvandlik o‘simliklarini ekish, 1 nafar firibgarlik. Kafedra professor-o‘qituvchilari ishsiz yoshlar o‘rtasida suhbat o‘tkazdi.
“Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha Farg‘ona shahrining “Afrosiyob” mahallasi kafedraga biriktirildi. Mahalla yoshlarini oliy ta’limga muassasalariga o‘qishga kirishga qiziqishini oshirish va yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqtirish maqsadida xorijiy tillar bo‘yicha adabiyotlar mahalla kutubxonasiga taqdim etildi. Mahalla yoshlarini sport to‘garaklariga jalb etish maqsadida 12 nafar, yoshlar filialdagi tegishli yo‘nalishdagi to‘garaklarga jalb qilindi.
Muammo va Kamchilik: Kafedra professor-o‘qituvchilarining “Bir ziyoli, bir mahallaga ma’naviy homiy” dasturi bo‘yicha biriktirilgan MFYdagi faoliyati (2022 yil davomida) yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Muammo va kamchiliklar yo‘q.

Takliflar: Kafedra professor-o‘qituvchilarining “Bir ziyoli, bir mahallaga ma’naviy homiy” dasturi bo‘yicha biriktirilgan MFYdagi uchrashuv kunlari va vaqtlarini professor-o‘qituvchilarning potensialidan foydalangan holda rejalashtirilsa o‘rinli bo‘lar edi.





Download 415 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 415 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafedra professor-o‘qituvchilarining “Bir ziyoli, bir mahallaga ma’naviy homiy” dasturi bo‘yicha biriktirilgan MFYdagi faoliyati (2023 yil davomida)

Download 415 Kb.