Tashqaridan keladigan axborot tashuvchilardagi fayllarva kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlarni yaxshilab tekshirish lozim. Tekshirishni bu ma’lumotlarnikompyuterga o’rnatishdan oldin ham, keyin ham bajarish lozim. Chunki, instalyastion disketadagi fayllar o’z ishchi versiyasidan farq qilishi mumkin.
Dasturiy ta’minotni ishonchli firmalardan sotib olingan kompakt disklardagi distributiv nusxalaridan foydalanish lozim.
Ixchamlashtirilgan (arxivlangan) fayllarga alohida ahamiyat berish lozim. Yoyib yuborgandan so’ng ular ichidagi ma’lumotlarni virus bormi-yo’qmi tekshirib ko’rish kerak.
Olingan har bir dasturni uning yo’riqnomasi (tavsifi) bilan tekshirib ko’rish lozim.Kompyuterda bajaradigan ishi noaniq bo’lgan dasturlarni saqlamaslik kerak.
Har bir disketada yozuvdan himoyalash rejimini o’rnatish va faqat lozim bo’lgandagina uni olib tashlash kerak. Bundahimoyaapparatdarajasidabo’lib, unidasturyordamidabekorqilishmumkinemas. Shuninguchunbundayhimoyao’rnatilgandisketaningyuklashsektoriniham,ungayozilganfayllarnihamviruszararlantiraolmaydi.
Kompyuterdaishlovberilishilozimbo’lganfayllarningmuntazamravishdarezervnusxalariniyozibborishtavsiyaetiladi. Bunday nusxalarni strimmer, kompakt disk yoki flesh xotiralarda yaratish mumkin.
Qattiq diskdagi xotirani bir nechta mantiqiy disklarga bo’lib qo’yish maqsadga muvofiq. Masalan, birinchisi- tizimli disk vazifasini o’tasa,ikkinchisi- foydalaniladigan dasturiy ta’minot uchun, uchinchi-si- o’zgarib turuvchi va yig’iladigan ma’lumotlar saqlanishi uchun ajratilishi mumkin.
Virus xavfi paydo bo’lganda,kompyuterdan foydalanuvchi xodimlar-ga, bajarishlari lozim bo’lgan vazifalarni o’rgatish zarur.