|
10-amaliy mashg‘ulot. Mavzu
|
Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 16,57 Kb. | | #108662 |
Bog'liq 10 Amaliy Neftni yig‘ish va tayyorlashda qо‘llaniladigan kimyoviy
10-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Neftni yig‘ish va tayyorlashda qо‘llaniladigan kimyoviy reagentlar turlarini о‘rganish
Reja:
1. Neft emulsiyasini ajratib olishda deemulgatorlarnig turlari va qo‘llanilishi
2. Gazni past haroratli ajratishda qo‘llaniladigan etilenglikollar
Kо‘p holatlarda suv emulsiyali mayda zarrachalar kо‘rinishida neft bilan qoplangan holda bо‘ladi. Bu emulsiya barqaror bо‘lganligi uchun neftni tindirish yо‘li bilan suvni ajratib bо‘lmaydi. Suvni neftdan ajratib olish jarayoniga suvsizlantirish deyiladi. Suvsizlantirilganda neftni tarkibidan 1-1,5% miqdorida suv chiqadi. Neft tо‘liq tuzsizlantirish davrida ham uning tarkibidan 0,01% gacha suv ajralib chiqadi. Tuzsizlantirish jarayonida neftdan tuzlar tо‘liq ajratiladi. Neftni tarkibidan tuzni chiqarib yuborish uchun chuchuk suvli qatlamdan о‘tkaziladi. Bu jarayon davrida neftning tarkibidagi tuzlar chuchuk suv bilan reaksiyaga kirishib, birgalikda chiqib ketadi. Kon amaliyotida neftli emulsiyalarni parchalash uchun neft 500-700C gacha qizdiriladi va unga kimyoviy reagentlar sifatida deemulgatorlar qо‘shiladi.
Kon quduqlaridan MYP ga tо‘plangan xom-ashyo neft quvurlar yoki ba’zi hollarda avtotsisternalarda (neft koni uzoq bо‘lsa) MYP da joylashgan NTQ ga olib kelinadi va qabul qilish idishlari (rezervuarlarga) ga qо‘yib olinadi. Rezervuarlardan neft xom-ashyosining zichligini va suv miqdorini aniqlash uchun namuna olinadi. Undan keyin neft nasoslar yordamida xom-ashyo bosim ostida yozgi mavsumda 25-300C, qishki mavsumda esa 15-200C haroratlarda isitish pechlariga haydaladi.
Neftdan suvni ajratish uchun, quvur о‘tkazgichning isitish pechlariga kirish joyida mahsulot oqimiga nasos-dozator yordamida deemulgator purkaladi. Deemulgatorlarning emulsiyani parchalash samaradorligini oshirish uchun maqbul harorat 70-800C bо‘lishi zarur. Shuning uchun pechdagi mahsulot quvur orqali harakatlanishi davomida atrofidagi aylanuvchi issiq suv yordamida isitiladi va pech ichida 100-1100C haroratda ushlab turiladi. 75-850C haroratgacha isitilgan xom neft quvur о‘tkazgich bо‘yicha texnologik rezervuarlarga yuboriladi va tindiriladi.
Tindirish jarayonida ajralib chiqqan suv idishlardan chiqarib tashlanadi va bosim ostidagi oqova stansiyasi (BOS) ga yuboriladi, u yerda sig‘im idishlarida yig‘iladi va keyin tozalash qurilmalariga yuboriladi.
Tovar neftning ostidagi suv chiqarib tashlangandan sо‘ng, neftning tarkibidagi suvning miqdorini aniqlash uchun, rezervuarning quyi sathidan mahsulot namunasi olinadi. Agar neft tarkibidagi suv miqdori GOST 9965, TSh 39.0-176 bо‘yicha meyorga muvofiq bо‘lsa, neftni tayyorlash jarayoni tugagan hisoblanadi. Neftda ortiqcha suv miqdori aniqlangan holatda tindirish jarayoni suv tо‘liq ajralib chiqquncha davom ettiriladi. Ijobiy natija olingandan keyin neftni temir yо‘l sisternalarga qо‘yish va iste’molchiga jо‘natish uchun neft qо‘yish estakadasiga haydaladi. Neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish uchun uning 1 tonnasiga 40 grammdan 120 grammgacha deemulgatorlar qо‘shiladi. Deemulgator neft emulsiyasi bilan aralashib, emulsiyani ikkita fazasini ham ajratib, fazani ichiga erkin holda kiradi, neft-suv chegarasida sirt tortishish kuchlarini pasaytiradi, emulsiya neft va suvga parchalanadi. Issiqlik hisobiga emulsiyani qovushqoqligi pasayadi, suv tomchilar bir-biri va deemulgatorlar bilan birikadi, natijada suv neftdan ajraladi va rezervuarlarning tub qismiga chо‘kadi.
Odatda deemulgatorlar 50-70% li SFM (sirt faol moddalar) eritmasi yoki ular asosidagi kompozision birikma bo’lib hisoblanadi. Bunda erituvchi reagentning deemulgasion xususiyatini pasaytirmasligi va minus haroratda ham mahsulot tarkibidagi yuqori konsentrasiyasi (50% dan oshiq bo‘lmagan) da mahsulot qovushqoqligining past qiymatini ta‘minlashi kerak
Emulgatorli qо‘shimchalar sifatida OP-10 etilen oksidi asosida tayyorlangan diproksomin, noionogenli SFM qо‘llaniladi. Sо‘nggi yillarda NTQ da neft emulsiyasini suvsizlantirishda K-1 markadagi yoki unga о‘xshash tavsifli boshqa markadagi deemulgator ishlatiladi. K-1 deemulgatorining texnik tavsifi 1-jadvalda keltirilgan.
1- jadval
K-1 deemulgatorining texnik tavsifi
№
|
Kо‘rsatgich nomi
|
О‘lchov birligi
|
Texnik shartlar bо‘yicha meyor
|
1
|
Agregat holati
|
-
|
suyuq
|
2
|
Tashqi kо‘rinishi
|
-
|
och-sariq
|
3
|
Zichligi, 200C da
|
g/sm3
|
0,9-1,05
|
4
|
Oquvchanlik harorati
|
0C
|
minus 10
|
5
|
Chaqnash harorati
|
0C
|
45 dan yuqori
|
Etilenglikol rangsiz, siropsimon, shirin ta‘mli hidsiz suyuqlik. Qaynash harorati – 197.9 0C; Suyuqlanish harorati 12,6 0C; Suv va spirt bilan aralashadi. Hidini sezish miqdori – 1320 mg/l; ta’mini bilish miqdori – 450 mg/l.
Etilenglikolning toksik ta’siri bir necha omillarga: organizmni individual sezuvchanligi; miqdori; oshqozonni egallash hajmi; qayt qilish bor yoki yoqligi kabilarga bog’liq bo‘ladi. O‘lim holatiga olib keladigan zaharlanish miqdori 100 dan 600 ml oraliqlarda bo‘ladi. Bir qator mualliflarning bergan ma‘lumotiga ko‘ra inson uchun o‘limga olib keladigan miqdor 50-150 ml. Etilenglikolning barcha ko‘rinishlari ta‘sirida zaharlanishning 60 % da o’lim holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Past haroratli tozalashda gaz oldindan siklonli tozalagichlarda (minus) – 15 0C haroratgacha sovutiladi. Past haroratda gazning tarkibidagi namlik va kondensat tо‘liq ajratib olinadi. Gidratlarni paydo bо‘lishini oldini olish uchun ham gazga dietilenglikol (DEG) eritmasi qо‘shiladi.
Nazorat savollari
1. Neftni yig‘ish va tayyorlashda kimyoviy reagentlarning qо‘llanilishi.
2. Quduq tubiga bakteritsidlar bilan ishlov berish jihozlari.
3. Deemulgatorlar uchun dozatorlar.
4. Korroziya ingibitorlari bilan ishlov berish jihozlari va uskunalari
|
| |