• Tabiatda tarqalishi
  • Mustaqil ish mavzu: davriy sistemaning i-b guruh elementlari




    Download 48.26 Kb.
    bet1/5
    Sana20.06.2023
    Hajmi48.26 Kb.
    #74602
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1B guruh
    12-20 бек, Holiqova M soha iqtisodiyoti (1), Holiqova M TFKU Izobar. Izoxor, izotermik, Документ Microsoft Word (2), aerologiya, Ergashe123455a 1k-21 Met, stol tenis, 11D BEHRUZA, charos, 9 tajriba ishi Namuna tarkibidagi ruxni atom absorbsion usulda aniqlash, ANNOTATSIYA, aldegit, zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish texnologiyasi knauf - butlovchi tizimlari jamlanmasi (1), zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish texnologiyasi knauf - butlovchi tizimlari jamlanmasi, zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish texnologiyasi knauf - butlovchi tizimlari jamlanmasi (5)


    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
    METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYA FAKULTETI METALLURGIYA KAFEDRASI
    UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO FANI

    MUSTAQIL ISH

    MAVZU:DAVRIY SISTEMANING I-B GURUH ELEMENTLARI

    BAJARDI: 1D-21MET GURUH TALABASI XAYITALIYEVA.M


    TEKSHIRDI: MIRZAHMEDOV.R
    OLMALIQ_2022
    Davriy sistemaning I-b guruh elementlari
    Reja:
    1. Davriy sistemaning I-b guruh elementlarining tabiatda tarqalishi
    2. Davriy sistemaning I-b guruh elementlarining olinishi
    3. Davriy sistemaning I-b guruh elementlarining fizik va kimyoviy xossalari
    4. Davriy sistemaning I-b guruh elementlarining birikmalari
    5. Davriy sistemaning I-b guruh elementlarining ishlatilishi
    6. Bu guruh elementlarining ahamiyati
    7. Bu guruh elementlarining iqtisodiy jihatdan samaradorligi
    8. Xulosa
    9. Foydalanilgan adabiyotlar

    Davriy sistemaning I-b guruh elementlarining tabiatda tarqalishi


    Mis guruhchasi elementlariga mis, kumush va oltin elementlari kiradi.
    Tabiatda tarqalishi. Mis asosan tabiatda birikmalar holida uchraydi. Uning eng muhim rudalari: xalkozin (mis yaltirogʼi) Cu2S, xalkopirit (mis kolchedani) CuFeS2, malaxit Cu2(OH)2CO3.Kumush va oltin mis guruhchasiga kirgan asl metallar qatoriga kiradi. Tabiatda Ag kam, Au esa koʼproq erkin holda uchraydi, ularning birikmalari juda oz (ayniqsa oltin). Oltin AuTe2 kalaverit minerali tarkibida, shuningdek rux, qoʼrgʼoshin kabi metallarning rudalari tarkibida uchraydi [1; 214-bet].
    Mis elementi tabiatda ikki xil izotop holida uchraydi: 29Cu (69,1%) va 29Cu (30,9%). 29Cu radioaktiv izotopining yarim yemirilish davri 12,8 soat.Birikma holdagi Cu20 kuprit va CuO -tenerit minerali maʼlum [2; 345-bet].
    Rangli metallar ishlab chiqarish uchun xozirda asosiy manbaa bo'lib sulfidli minerallar: misli, mis-molibdenli, mis-piritli, qurg'oshin-ruxli polimetall ma'danlar hisoblanadi. Keyingi yillarda tarkibida misning miqdori ko'p bo'lgan konlar topilgan, biroq qazib olinayotgan va qayta ishlanayotgan ma'danlarda misning miqdori borgan sari kamayib bormoqda.
    Mis tabiatda erkin holda uchraydigan metallarning biri bo'lib, bunday metalli konlar juda kam bo'lgani sababli misni olish manbai sifatida o'zining ahamiyatini yo'qotgan. Xozirda misning asosiy qismi turli elementlar bilan birikmalarni saqlovchi ma'danlardan olinadi. Mis va mis - porfirli ma'danlar oson boyitiluvchi ma'danlar turiga kiradi. Qo'llaniladigan sxema va texnologik tartiblar qayta ishlanayotgan ma'danning turiga, mis minerallarining tarkibiga, ularning hoʼlligi va shlamlanishga moyilligiga, birlamchi shlamlarning va eruvchi tuzlarning mavjudligiga, shuningdek, aralashgan jinslarning xarakteriga bog'liq.
    Mis-porfirli rudalarini boyitishning asosiy usuli flotatsiya hisoblanadi. Bu usulning muvafaqqiyatli qo'llanishini ko'pchilik mis minerallarining yaxshi flotatsiyalanishi bilan bog'liq
    Hozirgacha ochilgan misli rudalar konlari endogen, yoki ekzogen konlar turiga kiradi. Ularning orasida magmatik, metasomatik va gidrotermalga bo'linuvchi endogen konlar ko'proq uchraydi. Ularning orasida gidrotermal konlar ko'proq ahamiyatga ega. Texnologik tadqiqotlarning maqsadi mis va temir sulfidli minerallarni birlamchi mis porfir rudasidan mis qoldiqlarini olish uchun kollektiv konsentratga ajratish imkoniyatlari aniqlangan. Texnologik namuna sifatida Sari-Choʼqqi konidan olingan birlamchi mis-porfirli ma'danlarning namunasi ishlatilgan. Taqdim etilgan mahsulot bosqichma-bosqich maydalash, saralash, aralashtirish, shundan so'ng, rudaning moddiy tarkibini o'rganilgan va texnologik tadqiqotlar o'tkazish uchun namunalarga ajratilgan [3; 2-bet].
    Misni Zn, Sn, Pb, Fe, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalariga mis qotishmalari deyiladi. Mis qotishmalari kimyoviy tarkibiga ko‘ra, latunlarga va bronzalarga ajratilgan. Latun Cu bilan Zn ni qotishmasi boʻlib , uning mexanik va texnologik xossalari yuqori boʼladi. Ularning keng foydalaniladiganlari tarkibida rux miqdori 40-42% gacha boʼlgan Cu bilan Sn ni qotishmasiga bronza deyiladi [4; 76-77bet]
    Hozirgi vaqtda g'ayrioddiy fiziologik va dorivor moddalarni olish uchun xossalari paramagnitik o'z ichiga olgan koordinatsion birikmalar keng qo'llanilmoqda. Bular turli organik ligandlar bilan bog'langan mis (II) ionlari. Mis koordinatsion birikmalarning biologik va katalitik xususiyatlarini sintez qilish va o'rganish ba'zi azot va oltingugurtni o'z ichiga olgan organik ligandlar bilan - dolzarb muammo.Mis (II) ning N-atsetiltikarbamid (L) bilan yangi koordinatsion birikmalari: [CuL(H2O)2]SO4 (I), [CuL2]SO42H2O (II), [CuL2(H2O))Br]Br (III), [CuL(H2O)2]Br2 (IV), [CuL2(H2O)SCN]SCN (V). [5; 1-bet]
    Mahalliy shaklda topilgan. Kumush saqlovchi 60 dan ortiq minerallar maʼlum boʼlgan, ular orasida argentit Ag2S, serargirit AgCl, pirargirit Ag3[SbS3] va proustit Ag3[AsS3], kumush galogenidlari, antimonidlar va arsenidlar bor. Kumush konlari tegishli kumush rudalariga (kumush miqdori 50% dan yuqori) va rangli va ogʻir metallarning murakkab polimetall rudalariga (kumush miqdori 10-15% gacha) boʻlingan. Murakkab konlar kumush ishlab chiqarishning 80% ni ta'minlaydi. Bunday rudalarning asosiy konlari Meksika, Kanada, Avstraliya, Peru, AQSH, Boliviya va Yaponiyada jamlangan [6].
    Kumush tabiatda ikkita barqaror izotop 107Ag va 109Ag aralashmasi sifatida uchraydi. Radioaktiv izotoplardan 110Ag amaliy ahamiyatga ega. Kumushning yer qobigʻida (klark) oʻrtacha miqdori ogʻirligi boʻyicha 7•10—6% ni tashkil qilmoqda [7].
    Nodir metall tabiatda tug‘ma holda uchraydi. Tellur bilan birikmasi bor. AuAgTe4 — silvanit deyiladi. Klaverit tarkibi Au2Te dan iborat [2; 353-bet]

    Download 48.26 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 48.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish mavzu: davriy sistemaning i-b guruh elementlari

    Download 48.26 Kb.