10. Boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta'minlash




Download 1,36 Mb.
bet3/3
Sana18.05.2024
Hajmi1,36 Mb.
#241626
1   2   3
Bog'liq
3-topshiriq

FVDTning funksional quyi tizimi — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarni o‘z ichiga olgan quyi tizim;
FVDTning hududiy quyi tizimi — tegishli hududda aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarini o‘z ichiga olgan quyi tizim;
fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.
40. Hozirgi vaziyatda “Fuqaro muhofazasi”ning maqsadi va ahamiyati.
1.1. FAVqULODDA VAZIYaT DAVLAT TIZIMINING ASOSIY VAZIFALARI O’zbеkiston rеspublikasi o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlari islox qilishni, bozor iqtisodiyotiga o’tishni boshlash bilan birga Rеspublika milliy havfsizligini ta'minlashga qaratilgan mustaqil muhofaza siyosatini yaratish va uni amalga oshirish boshlandi. 90 yillarga kеlib yadro urishi xavfi kamaydi, biologik qurollardan foydalanish chеklab qo’yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf qilindiki, ular odamlar uchun xavfli bo’lmay, balki iqtisodiyot ob'еktlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Shu sababdan fuqaro mudofasi tizimi o’rniga fuqaro muhofazasi tizimi tashkil etildi. Bu tizim aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini utkazibgina qolmay, boshqa muhim tadbirlarni, tabiiy ofatlardan xavfli hududlar xaritalarini tuzish, sеyеmik mustahkam bino va inshaotlarni qurish favqulodda vaziyatlarni basharotlash ishlarini tashkil qilish va aholi tayyorligini amalga oshirishi bilan shugillanadi. Aholi va hududlarni FV (favqulodda vaziyat)lardan muhofaza qilish sohasida O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti farmoni bilan FVV tashkil etildi.(1996 yil 4 mart PF1378) O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar mahkamasining 1997 yil 23 dеkabrda qabul qilingan 558-sonli qarori “O’zbеkiston Rеspublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’grisida” dеb nomlanadi. O’zbеkiston Rеspublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) boshqaruv organlari, rеspublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga ega korxonalar va muassasalarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish, ular yuzaga kеlganda aholi xavfsizligini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta'minlashga mo’ljallangan. FVDTning asosiy vazifalari: 1.Tinchlik va harbiy davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy mе'yoriy xujjatlarning yagona krntsеptsiyasini bеlgilash, ishlab chiqish va amalga oshirish. 2.Rеspublika hududida yuzaga kеlishi mumkin bo’lgan tеxnogеn va tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarni prognozlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash. 3.Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar xavfsizligini ta'minlashga, xavfli tеxnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakklchiligini pasaytirish, mulkchilik shaklidan va idoraviy bo’ysunishidan qat'i nazar, iqtisodiyot tarmoqlari, korxonalar,muassasalar va tashkilotlar faoliyat ko’rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadi va komplеks ilmiy-tеxnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. 4.Boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta'minlash. 5.Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ahborotlarni yigish, ishlab chiqish, almashish va bеrish. 6.Aholini,boshqaruv organlarining, mansabdor shaxslarini,FVDT kuchlari vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash. 7.Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy rеsurslar zaxiralarini yaratish. 8.Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspеrtizasi, nazorati va tеkshiruvini amalga oshirish. 7 9. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish. 10.Favqulodda vaziyatlardan zarar ko’rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish. 11.Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholining, shu jumladan ularning oqibatlarini bartaraf etishda bеvosita qatnashgan shaxslarning huquqiy va majburiyatlarini amalga oshirish. 12.Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro xamkorlik qilish.

76. Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari.


Kasaba uyushmasi ustaviga asosan FZKU vositachiligida har yili mu'muriyat (direktor shaxsida) bilan ishchi-xizmatchilar o'rtasida o'zaro mehnat munosabatlari to'g'risida jamoat bitimi tuziladi. Bu bitimda ishchi va xizmatchilarning mehnat qilishi va madaniy, maishiy dam olishi borasidagi tadbirlar haqida kelishib olinadi. Unda bitimda mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlari, mehnat sharoitini yaxshilash masalalari ham hisobga olinadi va bu masalalar ma'lum tartibga keltirilib, mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari sifatida bitimga tirkab qo'yiladi.
Nomenklatura chora-tadbirlari rejasi, kasab uyushmasi qo'mitalari bilan kelishgan holda, ma'muriyat xodimlari tuzadi. Unga ushbu korxonada ayni paytdagi mehnat sharoiti, kasb kasal-liklari va sanoat korxonasida inson oiganizmiga ta'sir qiluvchi zararli omillarning mavjudligi asos qilib olinadi. Bu reja kasaba uyushmasi bilan kelishilgandan keyin ishchilarning umumiy majlisida muhokama qilinadi.
Nomenklatura chora-tadbirlariga asosan ish sharoitini yax-shilash chora-tadbirlari kiritilib, ularni shartli ravishda quyidagi uch guruhga bo'lib qarash mumkin:


  1. Baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar; bunga qo'shimcha saqlovchi va muhofaza qiluvchi to'siqlarni o'rnatish, blokirovka qilish, muhofazaning avtomatik tizimlarini qo'llash, masofadan turib boshqariladigan asboblar joriy qilish, signal tizimlari, mexanizatsiyalashtirish masalalari va boshqalar kiradi.


  2. Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar; ishchilarga zararli ta'sir ko'rsatuvchi moddalardan muhofaza qiluvchi qurilmalar tayyorlash yoki sotib olish, yaxshi shamollatish va havoni mo'tadillashtirish tizimlarini o'rnatish, eskilarini takomillashtirish, umumiy havo almashtirish usullari bilan birga xavfli moddalar ajralgdigan joyni ham ajratish, havo surish tizimida mukammallashtirilgan mashinalardan foy-dalanish, havo holatini kuzatadigan asboblar o'rnatish va boshqalar.


  3. Ish sharoitini umuman yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar; bunda mo'tadil yoritish, sanitariya-maishiy xonalar holatini yaxshilash, maxsus kiyim bosh va oyoq kiyimlarini vaqtida sifatli remont qilish, mehnatni muhofaza qilish kabinetlari, burchaklari, vistavkalari tashkil qilish va boshqalar.


Sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar taqozo qiladigan choratadbirlar, masalan, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni maqsadga muvofiq tashkil qilish masalalari, garchi ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan bo'lsa-da, nomenklatura chora-tadbirlariga kiritilmaydi.


Nomenklatura chora-tadbirlari ish bitimiga kiritilganligi va ishchilarning umumiy majlisida tasdiqlangani sababli, ular bajarilishi shart bo'lib qoladi va bu haqda ma'muriyat ishchilarga axborot berib turishi kerak. Unga sarflanadigan mablag' sanoat korxonasining asosiy fondidan olinadi, ya'ni bu xarajatlar umumsex va umumzavod xarajatlari hisobiga kiradi. Mehnatni muhofaza qilish nomenklatura chora-tadbirlariga ajratilgan mablag'lardan boshqa maqsadlarda foydalanish mutlaqo taqiqlanadi.
Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari sanoat korxonalarida o'tkazilishi lozim bo'lgan va bu korxonalar-ning bosh rejasiga kiritilgan. Mazkur rejaga maydonlarni obodonlashtirish, ishchilar yashaydigan zonalar holatini yaxshilash, korxona tashqi ko'rinishi va unga tutashuvchi yo'l va yolkalar holatini yaxshilash, barcha ishlab chiqarish zonalarini ko'kalamzorlashtirish masalalari kiradiki, bular tuman, viloyat miqyosida hisobga olinadi va unga ma'lum mablag' ajratiladi.



Download 1,36 Mb.
1   2   3




Download 1,36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10. Boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta'minlash

Download 1,36 Mb.