|
10. Boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta'minlash
|
bet | 1/3 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,36 Mb. | | #241626 |
Bog'liq 3-topshiriq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“Hayot faoliyati xavfsizligi”
fanidan
AMALIYOT
TOPSAIRIQ №3
Bajardi:______Kif______________________ta’lim yo‘nalishi
_215-21 _guruh
________Karimov Durbek_________________
talabaning F.I.Sh.
Qabul qildi:Saidova Gulchexra
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fandan
№ 3 T O P SH I R I Q (AMALIYOT)
10.Boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta'minlash.
40.Hozirgi vaziyatda “Fuqaro muhofazasi”ning maqsadi va ahamiyati.
76.Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari.
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning FVDT funksional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari 2-ilovaga muvofiq;
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining FVDT hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va FVDT tarkibidagi boshqa tashkilotlar uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional va hududiy quyi tizimlari to‘g‘risidagi nizomlarni qayta ko‘rib chiqsinlar (ishlab chiqsinlar) hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladigan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun ikki oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
10. Boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta'minlash
|