10. Eʼlon, ariza, tilxat, maʼlumotnoma, bayonnomani husnixat bilan yozish ariza




Download 46.5 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi46.5 Kb.
#46420
1   2   3
Bog'liq
10. E lon, ariza, tilxat, ma lumotnoma, bayonnomani husnixat bil
2.pptxSabirova Gullola, Quranboyeva To’xtajon kurs ishi oxirgi, Ablakimov Abduaziz, o`zbek va nemis tillarida, python, Мутахассисликка кириш (тил), ISSIQXONALARDA-KOKATLAR-YETISHTIRISH, onli-kasr-kopaytirish, AMIR TEMUR AVLODLARI, fizikadan masalalar toplami volkens, 5f306ccd-4999-4391-b620-1fbcc022d61e (1), c03c20e8-3393-4568-be55-34763c7df16c, 1-mustaqil ish - Maftuna Aliboyeva, Isbilermenlik etikasi hám mádeniyatı
Bayonnoma
Turli yig‘ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat bayonnama deyiladi.
Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma oldindan tayinlangan kotiblar tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalar, tanqid va taklifiar bayonnomada yoritilishi lozim. Bu axborotlarning aniqligi, to‘liqligi uchun ma’sul hisoblangan majlis raisi va kotibi bayonnoma oxiriga imzo qo‘yadilar.
Bayonnomalar qisqa, to‘liq, stenografik, fono-grafik shakllarda bo‘l adi.
Qisqa bayonnomada yig‘ilishning kun tartibi, ma’ruzachi va muzokaralarda qatnashuvchilarning ismi, familiyasi hamda qabul qilingan qarorlar ko‘rsatiladi.
To‘liq bayonnomada esa majlisda so‘zga chiqqanlarning barcha fikr-mulohazalari to‘liq berilishi lozim.
Bayonnoma kirish va uch asosiy qismdan tuziladi. Kirish qismida yig‘ilish o‘tkazilgan tashkilot nomi, bayonnoma sanasi, tartib raqami, yig‘ilish joyi, rais va kotibning ismi, familiyasi, qatnashuvchilar ro‘yxati va soni (15 kishidan oshmasa, ismi va familiyasi, lavozimi, ish joyi ko‘rsatiladi) keltiriladi.
So‘ngra KUN TARTIBI bosh harflar bilan yozilib, ikki nuqta qo‘yiladi va ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi.
Asosiy matndagi uch qism: ESH1TILDI, SO‘ZGA CHIQD1LAR, QAROR QILINDI so‘zlari ham katta harflar bilan yozilgach, ikki nuqta qo‘yiladi va yangi satrdan ma’ruzachining ismi-familiyasi yoziladi.
Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko‘chirmada bo‘lganidеk, bayonnomadan ko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi.
Bayonnomaning matni qismidan faqat tashkilot yoki shaxsga yеtkazilishi kеrak bo‘lgan bo‘laklargina olinadi. Agar kun tartibida uch masala muhokama etilgan bo‘lsa, kеrakli masala bo‘yicha qabul qilingan qaror olinadi.



Download 46.5 Kb.
1   2   3




Download 46.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10. Eʼlon, ariza, tilxat, maʼlumotnoma, bayonnomani husnixat bilan yozish ariza

Download 46.5 Kb.