10-laboratoriya ishi
Mavzu: AAA serverda autentifikatsiya rejimini sozlash
(RADIUS, TACACS+)
Ishdan maqsad: Ma‘lumot uzatish
tarmoqlarida autentifikatsiya,
avtorizatsiya va hisobga olish protokollarini sozlash, hamda amaliy
ko‘nikmaga ega bo‘lish.
Topshiriq
Bu ishda quyidagilar zarur:
- 10.1-rasmda keltirilgan sxemaga muvofiq tarmoqning modelini qurish;
10.1- rasm. Tadqiq qilinayotgan tarmoq tuzilishi
− AAA-serverni kompyuter va marshrutizatorga ulanishi
ta‘minlanadigan tarzda sozlashni o‘rnatish.
− Serverda ro‗yxatga olish yozuvlari qayt etilishi kerak;
− marshrutizatorlarda AAA-mijozni sozlash;
− noto‗g‗ri foydalanuvchi paroli yoki nomidan foydalanish bilan
Telnet orqali marshrutizatorga ulana olishga urinish;
− to‗g‗ri foydalanuvchi paroli yoki nomidan foydalanish bilan Telnet
orqali marshrutizatorga ulana olishga urinish.
Qisqacha nazariy ma‟lumotlar
AAA (Authentication,
Authorization, Accounting) mexanizmi
ulanishni taqdim etish jarayonini tavsiflash va uning ustidan nazorat qilish
uchun ishlatiladi.
Autentifikatsiyalash (Authentication) - bu so‗rovni xavfsizlik
tizimidagi mavjud ro‗yxatga olish yozuvi bilan taqqoslash hisoblanadi. Bu
login, parol, sertifikat, smart-karta va boshqalar bo‗yicha amalga oshiriladi.
Avtorizatsiya (Authorization) (vakolatlarni,
ulanish darajasini
tekshirish)
–
tizimidagi
mavjud
ro‗yxatga
olish
yozuvi
(autentifikatsiyalashdan o‗tgan shaxsni) va ma‘lum vakolatlarni (yoki
ulanishga ta‘qiqlashni) taqqoslash hisoblanadi.
Hisobga olish (Accounting) - bu foydalanuvchi tomonidan tizimning
resurslaridan foydalanilishi haqida ma‘lumotlarni to‗plash hisoblanadi.
AAA ni ishlatadigan protokollaridan biri RADIUS (Remote
Authentication Dial-In User Service) va TACACS (Terminal Access
Controller Access Control System) protokollari hisoblanadi (10.2-rasm).
TACACS va RADIUS tizimlari markaziy tarmog‗ida bir necha
olisdan ulanish serverlari ishlatiladigan tashkilotlar uchun mo‗ljallangan. Bu
tizimlarda
ma‘mur foydalanuvchilar identifikatorlarining bazaviy
ma‘lumotlarini
va parollarini boshqarishi, ularga ulanish imtiyozlarini
taqdim etishni va tizim resurslariga murojaatlarni hisobga olishni olib borishi
mumkin.
10.2-rasm. TACACS va RADIUS protokollarining ishlash mexanizmi
TACACS va RADIUS protokollari alohida autentifikatsiyalash
serverining qo‗llanilishini talab qiladi. Bu server foydalanuvchilar
haqiqiyligini tekshirish va ularning vakolatlarini aniqlash uchun ma‘lumotlar
omborini ishlatadi.
RADIUS
protokoli haqiqiylikni, avtorizatsiyalashni va ro‗yxatga
olishni tekshirishni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
RADIUS-mijoz (odatda olisdan ulanish server, VPN -server, simsiz
tarmoqqa ulanish nuqtasi va h.k.) foydalanuvchining ro‗yxatga olish
ma‘lumotlarini va RADIUS xabar shaklidagi ulanish parametrlarini
RADIUS - serverga jo‗natadi. Server haqiqiylikni tekshiradi va mijozning
so‗rovini avtorizatsiyalaydi, keyin esa teskari javob xabarini jo‗natadi.
Mijozlar serverlarga ro‗yxatga olish xabarlarni ham jo‗natadi. Bundan
tashqari, RADIUS standarti proksi-serverlardan foydalanishni qo‗llaydi.
RADIUS ning proksi-serveri bu RADIUS protokolini qo‗llaydigan tugunlar
orasida RADIUS -xabarlarni qayta uzatadigan kompyuter hisoblanadi.
RADIUS - xabarlarni uzatilishi uchun UDP (User Datagram Protocol
- Foydalanuvchi deytagramm protokoli) protokoli ishlatiladi.
RADIUS
haqiqiylikni tekshirish xabarlari uchun 1812 UDP-port, ro‗yxatga olish
xabarlari uchun esa 1813 UDP-port ishlatiladi. Tarmoqqa ayrim ulanish
serverlari RADIUS haqiqiylikni tekshirish xabarlari uchun 1645 UDP-portni
va RADIUS xisobga olish xabarlari uchun esa 1646 UDP-portni ishlatishi
mumkin.
RADIUS protokoli yo‗qotiladigan paketlar 5...10%
dan kam
bo‗ladigan tarmoqlarda samarador bo‗ladi, boshqa tarmoqlarda TASASS+
protokoli ishlatilishi yaxshi bo‗ladi.
Shifrlashda RADIUS protokoli parolda faqat clear text shifrlanadi,
qolgan butun paket «ochiq» qoladi (xavfsizlik nuqtai nazaridan xatto
foydalanuvchining nomi juda muhim parametr bo‗lsada).
TACASS+ protokolida paketning faqat sarlavhasi ochiq (hech qanday
qimmatli axborotni tashimaydigan) qoladi,
paketning butun tanasi esa
shifrlanadi.
Bajarish bo„yicha ko„rsatmalar
− AAA-serverni sozlash uchun sichqonchaning chapki tugmasini
serverning modeli bo‗yicha bosish, konfiguratsiyalash oynasini ochish,
«Config» qismiga o‗tish (10.3-rasm, 1-marker) va «AAA» tugmasini bosish
(10.3-rasm, 2-marker).
− User Name (10.3-rasm, 7-marker) – tarmoq elementiga ulanish
uchun foydalanuvchining nomi (logini);
− Password (10.3-rasm, 8-marker) – tarmoq
elementiga ulanish uchun
parol;
− yuqorida sanab o‗tilgan parametrlar qiymatlari ko‗rsatilganidan
keyin AAA-serverga mos yozuvlarni qo‗shish uchun «+» tugmasini bosish
(10.3-rasm, 6-va 9-markerlar) kerak bo‗ladi.
10.3 - rasm. AAA-serverni konfiguratsiya oynasi
Marshrutizatorlarning
interfeyslari
aktivlashtirilganidan
keyin
marshrutizatordagi AAA-mijozni sozlash kerak bo‗ladi. Buning uchun
quyida keltirilgan komandalar ketma-ketligini bajarish kerak.
1. AAA- serverning IP-manzilini ko„rsatish:
R1(config)#radius-server host 192.168.2.100
bu erda
– AAA-serverning IP-manzili.