• 2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq: Laboratoriya ishida quyidagicha topshiriq qo‘yiladi
  • 10-laboratoriya ishi Optronni tadqiq etish. Ishning maqsadi




    Download 348.65 Kb.
    Sana13.01.2024
    Hajmi348.65 Kb.
    #136535
    Bog'liq
    10-labaratoriya
    Mundarija, Bank tizimi. Pul-kredit siyosati, Yuklar va ta\'sirlar. Normal va hisobiy yuklar, yuklar birikmasi (birgalikdagi ta\'siri). Po\'latning me\'yoriy va hisobiy qarshiligi Materialning ishonchlilik koeffitsienti, Binoni vazifasi bo\'yicha ishonchlilik koeffitsienti., Manufacturing and service, ISH O’RNINI TASHKIL ETISH, sirtqi Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi (2), 1. mavzu. Umumta’lim va kasb-hunar maktablarining chizmachilik f, XALQARO TIJORAT BANKLARI AUDITI, kurs ishi fulleren, Turli davlatlar-WPS Office, Oraliq nazorat topshiriqlariga javoblari, Javob Yaxshilab chaynash kerak-fayllar.org, bobur, kdsl;fdskfls;dfsed, 1-Topshiriq

    10-laboratoriya ishi
    Optronni tadqiq etish


    Optronni tadqiq etish.
    Ishning maqsadi: Optronlar ishlashini va parametrlarini o‘lchash uslublarini o‘rganish.
    1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik:
    Optronlar – funksional elektronikaaning zamonaviy yo‘nalishlaridan biri – optoelektronikaning asosiy struktura elementi hisoblanadi.
    Eng sodda diodli optron (1– rasm) uchta elementdan tashkil topgan: fotonurlatgich 1, nur o‘tkazgich 2 va foto qabul qilgich 3 bo‘lib, yorug‘lik nuri tushmaydigan germetik korpusga joylashtirilgan. Kirishga elektr signali berilsa fotonurlatgich qo‘zg‘otiladi. Yorug‘lik nuri nur o‘tkazgich orqali foto qabul qilgichga tushadi va unda chiqish elektr signali yuzaga keladi. Optronning asosiy xususiyati shundaki, undagi elementlar o‘zaro nur orqali bog‘langan bo‘lib, kirish bilan chiqishlar esa elektr jihatdan bir – biridan ajratilgan. Shu xususiyatidan kelib chiqqan holda, yuqori kuchlanishli va past kuchlanishli zanjirlar bir – biri bilan oson muvofiqlashtiriladi.

    1- rasm. Sodda diodli optron 2- rasm.Diodli optronning
    shartli belgisi

    3- rasm.Diodli optronni konstruksiyasi
    1,2 – fotodiodning r va n sohalari; 3,4 – yorug‘lik diodining n va r sohalari; 5 – selen shisha asosidagi nur o‘tkazgich; 6,7 – yorug‘lik diodi kontaktlari;
    8,9 – fotodiod kontaktlari.
    Yorug‘lik signallarini elektr signaliga aylantirishda asosan fotodiodlar qo‘llaniladi (xuddi shunday fotorezistorlar, fototranzistorlar va fototiristorlar ham).
    Fotodiod oddiy n-p o‘tish bo‘lib, ko‘p xollarda kremniy yoki germaniydan yasaladi. Undagi teskari tok yorug‘lik nuri tushishi natijasida yuzaga kelayotgan zaryad tashuvchilar generatsiyasi tezligi bilan aniqlanadi. Bu hodisa ichki fotoeffekt deb yuritiladi.
    Fotodiodni qo‘llash bo‘yicha ikkita rejim mavjud: tashqi manbasiz – ventilli yoki fotovoltaik va tashqi manbali – fotodiodili rejim. Tashqi manbasiz yorug‘lik nurini elektr energiyasiga aylantiruvchi fotodiodlar ventilli fotoelementlar deb ataladi. Foto elektr yurituvchi kuch Uf ning yuzaga kelishi yorug‘lik bilan generatsiyalangan elektron – kovak juftlarining n-r o‘tish orqali ajratilishi bilan bog‘liq. Foto EYuK Uf kattaligi optik signal darajasi Rf va yuklama qarshiligi qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. (4– rasmda keltirilgan.)


    4- rasm.Ventilli fotoelementnin
    chiqish xarakteristikasi

    5- rasm. Fotodiod nurlanish
    kuchlanishini nurlanish quvvatiga bog‘liklik grafigi







    Fotodiod rejimida tashqi kuchlanish manbai hisobiga fototok ventil elementning qisqa tutashuv tokiga taxminan teng bo‘ladi, fototok hisobiga biror yuklama qarshiligida sodir bo‘ladigan kuchlanish pasayishi Uf esa katta bo‘ladi. Bir xil yuklama qarshiligi qiymatida signal kuchlanishi Uf ning fotodiod (1) va ventil element (2) uchun optik nurlanish quvvati Rf ga bog‘liqliklari 10.5– rasmda keltirilgan. Fotoelektr o‘zgartishlar samaradorligi volt – vatt SU=Uf/Rf hamda amper – vatt Si=If/Rf (sezgirlik) bilan ifodalanadi.


    2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
    Laboratoriya ishida quyidagicha topshiriq qo‘yiladi:
    1. Tajribada olingan natijalarbo‘yicha optron kirish xarakteristikasini quring va Ikir=10 mA qiymatiga mos keluvchi kirish kuchlanishi Ukir qiymatini aniqlang.
    2. Diodli va fotovoltaik rejimlar uchun optron uzatish xarakteristikalarini quring va Ikir=10 mA qiymatida tok bo‘yicha uzatish koeffisientini KI aniqlang.
    3. Diodli optronda signal tarqalishining o‘rtacha kechikish vaqtini hisoblab toping.
    . (10.1)
    4. Tranzistorli optron uzatish xarakteristikasi quring va Ikir=10mA qiymatida tok qiymatida tok bo‘yicha uzatish koeffitsienti KI aniqlang.


    Natija:
    Download 348.65 Kb.




    Download 348.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-laboratoriya ishi Optronni tadqiq etish. Ishning maqsadi

    Download 348.65 Kb.