|
10-ma’ruza: konni ishlatish jarayonini tartibga solish asoslari va geologik nazorat
|
bet | 2/5 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 168,33 Kb. | | #109690 |
Bog'liq 10-MA\'RUZA (1)Uyumni ishlatishni tartibga solishdan kutilgan yana bir maqsad qazilgan quduqlar fondidan eng ko’p foydalanish, neftni siqib chiqaruvchi omilni qatlamga haydash uchun sarf bo’ladigan harajatlarni kamaytirish, neft beraolishlikka zarar keltirmay, yo’lakay suvlarni chiqarib olish va b. orqali iqtisodiy ko’rsatkichlarni har tomonlama yaxshilashdan iborat. Qatlamga ta’sir etishda uyumni ishlatishni tartibga solish haydash va chiqarish quduqlari orqali amalga oshiriladi. Haydash quduqlari orqali ishlatishni tartibga solishda haydalayotgan omil uyumning butunlay hajmiga to’liq ta’sir etadi. Chiqarish quduqlari orqali ishlatishni tartibga solishda uyumning butun hajmi sizdiriladi. Tabiiy rejimda uyumni ishlatishni tartibga solish uchun faqat chiqarish quduqlaridan foydalaniladi. - Qatlamga ta’sir etishda uyumni ishlatishni tartibga solish haydash va chiqarish quduqlari orqali amalga oshiriladi. Haydash quduqlari orqali ishlatishni tartibga solishda haydalayotgan omil uyumning butunlay hajmiga to’liq ta’sir etadi. Chiqarish quduqlari orqali ishlatishni tartibga solishda uyumning butun hajmi sizdiriladi. Tabiiy rejimda uyumni ishlatishni tartibga solish uchun faqat chiqarish quduqlaridan foydalaniladi.
>Ishlatish jarayonini boshqarishda aniq vazifalarni hal etish uchun tartibga solishning ko’p metod va usullaridan unumli foydalaniladi. Ishlatishni tartibga solishning ikki guruhi ma’lum: >Qabul qilingan ishlatish sistemasiga jiddiy o’zgartishlar kiritmay burg’ilangan quduqlar orqali uyumni ishlatishni tartibga solish; >Ishlatish sistemasini o’zgartirib yoki uni takomillashtirib (yangi quduqlarni burg’ilash, uyumlarning yangi «kesish» chiziqlarini o’tkazish, haydash bosimini va ishlatish usulini o’zgartirish) tartibga solish. Konni ishlatishning tartibga solish printsipi deganda ishlatish ob’ektida drenajlash jarayonini boshqarishning bosh yo’nalishli tadbirlaridan biri tushuniladi. - Konni ishlatishning tartibga solish printsipi deganda ishlatish ob’ektida drenajlash jarayonini boshqarishning bosh yo’nalishli tadbirlaridan biri tushuniladi.
- Bir qatlamli ob’ektdagi neft qovushqoqligi kam va qatlam har xil jinslardan tarkib topgan bo’lsa, unga haydalayotgan suv fronti neftlilik chegarasining bir me’yorda tortilish printsipiga erishib bo’lmaydi. Bunga sabab mahsuldorligi yuqori va past bo’lgan qatlamlar zonasida joylashgan haydash quduqlarining suv qabul qilaolishining va chiqarib oluvchi quduqlar debitining turlicha bo’lishidadir.
- Ko’p qatlamli ob’ektlar odatda chegara ichkarisiga suv bostirish yo’li bilan ishlatiladi. Bunday ob’ektlarni ishlatishni tartibga solishning eng ma’qul printsipi kesim bo’yicha hamma qatlamlarni bir xil tezlik bilan ishlatish hisoblanadi.
|
| |