• 1) foydalanilayotgan, toza neft va suvli neft berayotgan quduq;
  • 6) sinash jarayonida gaz bergan quduq;
  • Konning ishlatish jarayonining quyidagi to’rt bosqichi mavjud
  • KONNING ISHLATISH HOLATINING ASOSIY KO’RSATKICHLARI




    Download 168,33 Kb.
    bet4/5
    Sana02.12.2023
    Hajmi168,33 Kb.
    #109690
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    10-MA\'RUZA (1)

    2.KONNING ISHLATISH HOLATINING ASOSIY KO’RSATKICHLARI

    Qatlamning ishlatish holatini aniq tasvirlash uchun reja  diagramma tuziladi.

    Reja − diagramma qatlamning ustki qismi bo’yicha tuzilgan struktura xaritasi bo’lib, unda shartli belgilar bilan ma’lum sana bo’yicha quduqlarning quyidagi toifasi ko’rsatiladi:

    1) foydalanilayotgan, toza neft va suvli neft berayotgan quduq;

    2) suvlanganligi sababli ishlatishdan to’xtatilgan quduq;

    3) gaz berishga o’tganligi sababli ishlatishdan to’xtatilgan quduq;

    4) zaiflashgani sababli ishlatishdan to’xtatilgan quduq;

    5) sinash chog’ida suv bergan quduq;

    6) sinash jarayonida gaz bergan quduq;

    7) qatlamning kollektorlik xususiyatlarining yomonlashishi sababli sinash paytida mahsulot bermagan quduq;

    8) haydash qudug’i;

    9) pezometrik, kuzatish va sh.o’. quduqlar.

    Konning ishlatish jarayonining quyidagi to’rt bosqichi mavjud:

    Konning ishlatish jarayonining quyidagi to’rt bosqichi mavjud:

    • Birinchi bosqich  ishlatish ob’ektini sanoat miqyosida o’zlashtirish bosqichi sanaladi. Bu bosqichda kon kam suvlangan paytda undan neftni chiqarib olish ortib boradi. Asosiy fonddagi quduqlar burg’ilanadi va uyumga suv bostirish sistemasi o’zlashtiriladi. Loyiha bo’yicha neft olish eng yuqori darajaga etganda birinchi bosqich tugaydi.
    • Ikkinchi bosqichda neftni chiqarib olishning yuqori darajasi muntazam ushlab turiladi, quduqning suvlanishi ortib boradi va neftni quduqdan favvorali olishdan nasos yordamida olishga o’tiladi. Bosqich so’nggida neft zaxirasining 40-70% chiqarib olinadi.
    • Uchinchi bosqichda neft olish ancha kamayadi. Qazib olinayotgan mahsulotda suv miqdori ortadi, quduqlarning bir qismi ishlashdan to’xtaydi. Bosqichning oxirida neft zaxirasining 80-90% qazib olinadi. Quduqlarning ko’p qismi mexanizatsiya yordamida ishlash usuliga o’tkaziladi.
    • To’rtinchi bosqichda konni ishlatish tugaydi, neftning debiti eng past darajaga tushadi. Hamma quduqlar va chiqarib olinayotgan mahsulotlar yuqori darajada suvlanadi. Bu bosqichda neft bera olishlikning) yuqori koeffitsientiga erishish uchun suyuqlik olish jadallashtiriladi.
    • Uyumni ishlatishning uchinchi va to’rtinchi bosqichi neft olish darajasining pasayishi bilan tavsiflanadi va uyumni ishlatishning so’nggi davriga to’g’ri keladi.

    Download 168,33 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 168,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KONNING ISHLATISH HOLATINING ASOSIY KO’RSATKICHLARI

    Download 168,33 Kb.