• Tayanch so‘z va iboralar
  • 10-ma’ruza Mavzu: Massivlar bilan ishlash. Bir va ikki o’lchovli massivlar. Reja




    Download 44.45 Kb.
    bet1/3
    Sana14.03.2023
    Hajmi44.45 Kb.
    #45461
      1   2   3
    Bog'liq
    10-ma\'ruza
    temir beton va tosh gisht konstruksiyalari, mehnat iqtisodiyoti Joriy nazorat (2)


    10-ma’ruza
    Mavzu: Massivlar bilan ishlash. Bir va ikki o’lchovli massivlar.
    Reja:

    1. Borland C++ Builder 6 ning strukturalashgan toifalari.

    2. Muntazam toifa. Qatorlar, literal (belgi)lar, funktsiyalar, ko’rsatkichlar.

    3. Parametrlarni funktsiyalarga uzatish. Lokal, statik, dinamik o’zgaruvchilar.

    4. Sohalarda strukturalashgan dasturlarni qo’llanishi.

    5. Massivlar, Bir va ko’p o’lchamli massivlar.

    6. Konsol rejimda massivlarni ishlatgan holda dastur tuzish.

    7. Dinamik massivlar bilan ishlash. Vizual rejimda massivlar bilan ishlash.

    8. StringGrid, ListBox, ComboBox komponentlari.

    9. Muhandislik masalalarini yechishda matritsa xisoblashlarni qo’llash

    Tayanch so‘z va iboralar: regulyar, berilganlar, massiv, bir o’lchovli, ko’p o’lchovli, massiv uzunligi, static, dinamik, element, index, qator, ustun

    Berilganlar massivi
    Xotirada ketma-ket (regulyar) joylashgan bir xil turdagi qiymatlarga massiv deyiladi.
    Massiv – bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlarning (massiv elementlarining) tartiblangan majmuasidir.
    Odatda massivlar katta xajmdagi, lekin cheklangan miqdorda va tartiblangan qiymatlarni qayta ishlash bilan bog’liq masalalarni yechishda yuzaga keladi. Faraz qilaylik, talabalar guruhining reyting ballari bilan ishlash (reytingni aniqlash, tartiblash, saralash va x.k.) masalasi berilgan bo’lsin. Ushbu masalani hal etishda berilganlar (reyting ballari)ning tartiblangan ketma-ketligi zarur bo’ladi. Bu yerda “tartiblangan” deganda ketma-ketlikning har bir qiymati o’z o’rniga ega bo’lishi nazarda tutiladi.
    Berilganlar ketma-ketligini ikki hil usulda hosil qilish mumkin.
    Birinchi usul - har bir talaba reytingi uchun alohida qiymat aniqlash: reyting1 … reytingN;
    Ikkinchi usul – berilganlar ketma-ketligini yagona nom bilan aniqlab, uning qiymatlariga murojaatni shu qiymatlarning ketma-ketlikda joylashgan o’rnining nomeri (indeksi) orqali amalga oshirishdir.
    Demak, massiv – bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlarning tartiblangan majmuasidir. Barcha elementlar bir hil turda bo’lishi kerak va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi.
    Massivning har bir elementiga massiv nomi hamda kvadrat qavs ichiga olingan element sektori deb nomlanuvchi indeksni ko’rsatish orqali murojaat qilinadi.
    []
    Bu ko’rinishga hususiy o’zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning alohida elementidir. Massiv ementlarini uning tartib raqami (yoki oddiy raqam) orqali belgilash indeksli o’zgaruvchilar deyiladi.
    Massiv indeksi sifatida butun son qo’llaniladi. Umuman olganda massiv indeksi sifatida butun son qiymatini qabul qiladigan ixtiyoriy ifoda qo’llanishi mumkin. Ifoda sifatida o’zgaruvchini olish ham mumkin. Bunda o’zgaruvchi qiymati o’zgarishi bilan murojaat qilinayotgan massiv elementini aniqlovchi indeks ham o’zgaradi. Demak dasturdagi bitta indeksli o’zgaruvchi orqali massivning barcha elementlarini belgilash mumkin.

    Download 44.45 Kb.
      1   2   3




    Download 44.45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-ma’ruza Mavzu: Massivlar bilan ishlash. Bir va ikki o’lchovli massivlar. Reja

    Download 44.45 Kb.