10-maruza. Yashil kimyo tamoyillaridan foydalanishning jahon tajribasi. Reja




Download 185,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.12.2023
Hajmi185,02 Kb.
#116209
  1   2   3
Bog'liq
10 maruza (1)



10-MARUZA. YASHIL KIMYO" TAMOYILLARIDAN 
FOYDALANISHNING JAHON TAJRIBASI. 
Reja 
1. Yashil kimyo – barqaror rivojlanishining muhim omili 
2.Yashil 
kimyo" 
tamoyillaridan 
foydalanishning 
jahon 
tajribasi. 
Insoniyatning XXI asrga qadam bosgan davri bir qancha global ekologik 
muammolarga to’g’ri keldi. Shular sabab bo’lib, Rio-de-Janeyroda (1992 yil) 
o’tkazilgan Xalqaro konferensiya barqaror rivojlanish, atrof muhit muammolariga 
bag’ishlangan bo’lib bunda asosan quyidagi uchlik – ekologiya, ijtimoiy masalalar 
va 
iqtisodiy 
rivojlanish 
muhokama 
asosini 
tashkil 
qilgan. 
Konferensiya qabul qilgan asosiy qarorlardan biri barqaror rivojlanish konsepsiyasi 
bo’lib uni hayotga tatbiq qilishda kimyo fanining o’rni beqiyosligini hamma ham 
yaxshi tushunadi. YuNESKOning bosh assembleyasida 2011 yilni Xalqaro kimyo 
yili deb e’lon qiladi va bu yig’ilish «Kimyo - bizning hayotimiz va kimyo - bizning 
kelajagimiz “ shiori ostida o’tkazilgan. Ma’ruzalar turli xilda bo’lib ular asosan 
hozirgi jamiyatda kimyoning o’rni, insoniyatning global muammolarini hal qilishda 
kimyo fanining xizmatlari, zamonoviy kimyoning turli aspektlari -toza suv, qazilma 
boyliklar, energiya manbalari, bioenergetika kabi muhim muammolarga 
qaratildi.Bugungi kunda yangi daromad manbalarini yo’lga qo’yish uchun birinchi 
o’rinda ilmiy yutuqlarga va innovasiyalarga sarmoya yo’naltirish lozim, busiz hayot 
davom etishi mumkin emas. Fundamental fanlar – barcha innovasiyalarning 
asosidir. Davlat kelajagi yangi kashfiyotlar asosida qurilishi maqsadga muvofiqdir 
va aynan shunga mamlakatimiz rahbari da’vat etmoqda. Hozirgi vaqtda butun 
dunyjamiyatni innovasion rivojlanishi yo’lida ishlar olib borilmoqda. Yangi 
texnologiyalarni o’z o’rnida qo’llamaydigan mamlakat zamonaviy hayot oqimida 
rivojlanishga ega bo’la olmaydi. Innovasion yo’ldan borish uchun esa, sifatli 
ta’limga ega bo’lish lozim. Albatta ayrim yirik kimyoviy korhonalarda xavfsizlik 
texnikasiga rioya qilinmaydi: chiqindilar havoga va suvga zarar keltiradi, ammo 
kimyoning ijobiy tomonlari bir necha barobar ko’pdir. Kimyo bizlarni kiyintiradi, 
iste’mol mollari tabiiy sharoitlarda yetishtiriladi, ammo kimyo yordamida 
hosildorlik saqlanadi va oshiriladi. Dori-darmonlar ham kimyo fani yutug’idir. 
Kimyo elektr energiyani ishlab chiqarishda asosiy ishtirokchi. Bugungi kunda 
bioenergetika davri kelmoqda, ya’ni qishloq xo’jaligi chiqindilari qayta ishlanadi. 
Kimyo karbonat angidridni o’zlashtiruvchi bakteriyalarni faoliyatiga (bir vaqtning 
o’zida havodan ham karbonat angidriddan tozalashi mumkin) xizmat qilishi va 
avtomashinalar uchun yonilg’i ishlab chiqarishga mo’ljallangan biomateriallarni 
berishi mumkin. Albatta koinot ham kimyosiz o’rganilmagan bo’lardi. Bizning 
fikrimizcha, aynan olimlarning o’zlari jamiyatga, keng ommaga kimyoning o’rni 
haqida obyektiv ma’lumot yetkaza olishmayapti. Shu sababli butun dunyo 
mamlakatlari bo’ylab kimyo kunini belgilaganligi bu bo’shliqni to’ldirishga 
yo’naltirilgan 
edi. 
Parijda o’tkazilgan kimyogarlar uchrashuvining “Kimyo – bizning hayotimiz, 
bizning kelajagimiz” shiori mamlakatimiz aholisi ongiga singib borsa butun dunyo 


kimyo yilining asosiy yutug’i shunda edi va shunday ham bo’ldi. 
Kimyo fani ko’p yillar davomida ishlab chiqarishni eski texnologiyalar asosida 
amalga oshirib atrof - muhitga juda ko’p zarar yetkazdi. Natijada “kimyoviy 
ekologiya”, “atrof muhit kimyosi” yo’nalishlari paydo bo’lib ularning asosiy 
maqsadi atrof-muhitga ajralib chiqayotgan zararli komponentlarni aniqlash va o’z 
vaqtida yo’qotishga qaratilgan. 
Turli davlatlardagi kimyogar olimlar o’zlarining ijtimoiy o’rni va hayotdagi 
ma’suliyatlarini qayta ko’rib chiqib kimyoda yangi ilmiy yo’nalish, falsafiy – 
metodologik qarash “Yashil” kimyoni taklif qilishdi. “Yashil” kimyo ilmiy 
yo’nalishi o’tgan asrning 90-yillarida Amerikalik olimlar tomonidan taklif qilingan 
bo’lib tez orada kimyogarlar orasida yangi falsafiy metodologik qarash sifatida 
qo’llab-quvvatlandi. Nima uchun Amerika olimlari buni birinchilar qatori hayotga 
tatbiq qilishga kirishdi. Sababi oddiy, chunki dunyodagi neft, gaz, metallar va 
plastmassalar kabi xom-ashyoning uchdan bir qismini ular o’zlashtirib kelmoqda. 
Bu xom - ashyolar ham tugab bormoqda. Agar hozirgiday ularni ishlatish davom 
etsa Amerika iqtisodiyoti asosan neft va gazning bahosiga qaram bo’lib, bo’ysinib 
qoladi. Bundan qutilishning yagona yo’li “Yashil” kimyoga suyanib ish ko’rish 
ekanligi, juda katta maydonga ega bo’lgan AQSh Davlati insonlar va atrof muhitga 
ta’sir qilmasdan biotexnologiyaga asosiy mahsulot - kungaboqar yetkazishi 
mumkin. Biotexnologiya uchun yana boshqa yangilanib turadigan xom - ashyolarni 
o’simliklar dunyosidan topish mumkin. 
"Yashil kimyo" – an’anaviy kimyodan atrof-muhitga zarar qilmaydigan 
kimyoviy ishlab chiqarishga ega bo’lishi bilan farq qiladi. Bu kimyoviy ishlab 
chiqarish iqtisodiyotning rivoji uchun asos bo’ladi. Bu atama–qattiq sharoit(yuqori 
temperatura va bosim) talab qilinmaydigan, reaksiya natijasida zaharli moddalar 
hosil bo’lmaydigan va atrof-muhitga zararli moddalar ajralib chiqmaydigan 
kimyoviy jarayonlarni ifodalaydi. Boshqacha aytganda “yashil” kimyogarlar amalga 
oshirayotgan reaksiya sikllari o’simliklar va hayvonlar organizmlaridagi sikllarga 
yaqin bo’lishlari kerak. Bunga oddiy misol sifatida azotobakteriyalarning 
dukkaklilar tomirida azotni oddiy sharoitda to’plashini keltirish mumkin. Bu 
azotdan dukkaklilar keyin oqsillar hosil qiladi. An’anaviy kimyo sanoatida esa 
ammiak olish uchun havodan azotni olishga juda yuqori bosim (30 atm. bosimgacha) 
va 
500
0

selsiy 
temperatura 
kerak 
bo’ladi. 
Bu yo’nalishning boshlang’ich sanasi 1998 yilga to’g’ri keladi. P. T. Anastas va Dj. 
S. Uornerlar «Yashil kimyo:nazariya va amaliyot» kitobida 1998 yil Yashil 
kimyoning 12 prinsipini taklif qildi.Bu 12 prinsip kimyoviy jarayonlar insonlar va 
atrof-muhitga hyech qanday zarar keltirmasligini ko’rsatadi. Bu prinsiplarga MDU 
kimyo fakulteti dekani, akademik V.V.Lunin va kimyo fanlari doktori Yekaterina 
Lokteva 13 –prinsipni taklif qildi.
Yashil kimyo – bu o’simliklarda bo’ladigan kimyoviy jarayonlar emas. Yashil 
kimyoning asosiy yo’nalishi kimyoviy mahsulotlarni arzon, samarali insonlar va 
atrof 
muhitga 
ta’sir 
qilmaydigan 
holda 
olishga 
qaratilgan. 
Kimyogar agar bu qarashlar bilan qurollangan bo’lsa u zaharli, ekologiya nuqtai – 
nazaridan foydalanish mumkin bo’lmagan erituvchilarni suv bilan almashtirish yoki 
jarayonni 
erituvchisiz 
amalga 
oshirishlari 
kerak 
bo’ladi, reaksiyani 


rejalashtirishning boshida ko’p bosqichli reaksiyalarni bir bosqichda amalga 
oshirishi va chiqindilarni ajralmasligini ko’ra bilishi, stexiometrik reaksiyalar 
o’rniga katalitik reaksiyalardan foydalanishlari, oldindan reaksiya mahsulotlarining 
insonga va tabiatga zaharli tomonlarini bilishlari kerak bo’ladi. Bular natijasida o’z-
o’zidan kimyoviy ishlab chiqarishga kam energiya sarf qilinadi. Olimlar va ishlab 
chiqarish vakillarining birgalikdagi ishlari natijasida amalga oshirilayotgan 
jarayonlarni faqat ekologik toza emas balki yana yuqori iqtisodiy samaradorlikka 
erishiladi. 
Bu yo’nalishiga Anastas va Uornerlar quyidagicha ta’rif beradi: Yashil 
kimyo” - bu atrof muhitga ijobiy ta’sir qiladigan kimyoviy jarayonlarni 
takomillashtirishdir. Belfastadagi Koroleviy universiteti professori Ken 
Seddon: «Yashil kimyo – zaharli va xavfli moddalar chiqishini kamaytiradigan yoki 
umuman ajratmaydigan kimyoviy mahsulotlarni oladigan jarayonlarni ishlab 
chiqishdir» degan ta’rifni beradi. Buning asoschilaridan biri P.Anastas kimyogar 
olimlarning eng yaxshilari “yashil” kimyo bilan shug’illanadi, chunki “yashil” 
kimyo – kimyoning eng yaxshi yo’nalishi hisoblanadi deb ta’kidlaydi. 
Demak “Yashil kimyo” dastlabki reagentlarni tanlash va kimyoviy jarayonlarni 
amalga oshirishda eng avvalo zaharli moddalardan foydalanmaslikni o’zining 
strategik maqsadi deb belgilaydi. 
Hozirgi vaqtda “Yashil kimyo” ning uch yo’nalishi – sintezning yangi yo’llari 
(katalizatorlar yordamida), qayta tiklanadigan dastlabki reagentlardan foydalanish 
(neft mahsulotlaridan foydalanmaslik) va an’anaviy organik erituvchilardan 
foydalanmaslikdan iborat ekanligi ko’rsatib beriladi. Bir so’z bilan aytganda bu 
qarash eng avvalo kimyoviy ishlab chiqarishlarda mavjud bo’lgan atrof muhitga 
ajralib chiqayotgan turli xil zaharli moddalarni yo’qotishga qaratilgan bo’lib, 
natijada insonlar yashab turgan muhit yaxshilanadi va ekologiyamizning 
musaffoligiga olib keladi. 
"Yashil " kimyo – yuqori darajada fanlar kesimi orasidagi bilimlar sohasi 
hisoblanadi. U organik kimyo bilan (yangi va alternativ sintetik usullar), anorganik 
kimyo bilan( yangi materiallar va katalizatorlar ochish), fizikaviy kimyo(erituvchilar 
xossalari), analitik kimyo (moddalarni aniqlashning selektiv usullari) sanoat 
kimyosi va kimyoviy injeneriya (mavjud kimyoviy jarayonlarni modifikasiyalash), 
iqtisodiyot fani bilan(kimyoviy mahsulotlar va materiallar analizi) toksikologiya, 
mikrobiologiya va bioximiya (fermentlash, biotexnologiya, gennaya injeneriya), 
qishloq xo’jalik fanlari (yangilanadigan xom –ashyo)), ekologiya va huquq (Davlat 
boshqaruvi va nazorat) fanlari bilan ham kesishadi va ko’rsatib o’tilgan masalalarni 
birgalikda 
yechimini 
topishga 
xizmat 
qiladi. 

Download 185,02 Kb.
  1   2   3




Download 185,02 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-maruza. Yashil kimyo tamoyillaridan foydalanishning jahon tajribasi. Reja

Download 185,02 Kb.
Pdf ko'rish