Biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish psixologiyasi




Download 30,13 Kb.
bet4/7
Sana13.05.2024
Hajmi30,13 Kb.
#229495
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 мавзу БЖЛ (1)

3. Biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish psixologiyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadbirkorlik va ishbilarmonlikni, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi.
Amerika biznesni boshqarish kontseptsiyasida keltirilishicha, tadbirkor raxbar quyidagi shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:

  • yangi texnologiyalarni izlab topishda tashabbuskorlik;

  • maqsadga erishishda intiluvchanlik, qat’iyatlilik;

  • tavakkalchilikda mas’uliyat va majburiyatni o‘z zimmasiga olib hatti xarakatlarni amalga oshirish;

  • qaror qabul qilishda tobe bo‘lmaslik va o‘ziga qat’iy ishonish;

  • barcha imkoniyatlarini ishini takomillashtirishga va yuqori sifat va samaradordikka erishishga yo‘naltirish;

  • istiqbolni ko‘ra bilish;

  • shaxsiy tashkilotchilik va talabchanlik;

  • keng qamrovli ma’lumotlarga ega bo‘lish, ishbilarmonlik, muzokaralada kirishimlilik3.

Boshqarish uslublari asosan ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga ko‘ra, tarbiyaviy, moddiy rag’batlantiruvchi, mahmuriy-tashkiliy turlarga bo‘linadi.
Tadbirkorning tashkilotchilik kobiliyati hamma narsada muvaffaqiyatga erishuvining muhim shartidir. Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatga tez erishadi? Ruhiyatshunos olimlar uning bir necha omillarga bog’liqligini tahkidlaganlar. Bular quyidagilardir:

  • Tadbirkor rahbar tashkilotchilik qobiliyatining uning shaxsida namoyon bo‘lishi.

  • Tadbirkor rahbarning odamlar bilan til topib ishlash mahorati.

  • Tadbirkor rahbarning mehnatga munosabatida ishbilarmonligi.

  • Tadbirkor rahbarning faoliyatida ijro etish qobiliyati namoyon bo‘lishi.

  • Tadbirkor rahbarning qarorlarni qabul qilishdagi uquvi.

  • Tadbirkor rahbarning odamlarga munosabati.

  • Tadbirkor rahbarning o‘z-o‘ziga talabchanligi.

Tadbirkor rahbar o‘zida quyidagi ruhiy-psixologik, fiziologik, ahloqiy, mahnaviy va ishbilarmonlik xususiyatlarini mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak:

  • tadbirkor rahbarning ruxiy-psixologik xususiyatlari;

  • tadbirkor rahbar shaxsining ruhiy - fiziologik sifatlari;

  • tadbirkor rahbarning ahlokiy, mahnaviy sifatlari;

  • tadbirkor rahbarning ishbilarmonlik sifatlari;

  • tadbirkor rahbarning tashqi ko‘rinishi.

Tadbirkor rahbar mehnat jamoalarining uyushishi, jipslashishi va rivojlanishining ruhiy – psixologik jarayonlari bosqichlarini hisobga olishi kerak.

  • Uyushish-jipslashish bosqichi.

  • Jamoaning tarkib topish bosqichi.

  • Har bir ahzoning jamoaga moslashish bosqichi.

  • Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi.


Download 30,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 30,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish psixologiyasi

Download 30,13 Kb.