• Qo‘y va echki semizlik ko‘rsatkichlari va tamg‘alanishi.
  • Mol go‘shtining semizlik ko‘rsatkichlari va tamg‘alanishi




    Download 52.29 Kb.
    bet8/13
    Sana10.03.2024
    Hajmi52.29 Kb.
    #169560
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    10-mavzu go‘SHT VA go‘sht mahsulotlari texnologiyasi reja-fayllar.org
    File0001
    Mol go‘shtining semizlik ko‘rsatkichlari va tamg‘alanishi.
    Katta yoshdagi va yosh mol go‘shti I va II kategoriyaga hamda oriq go‘shtga bo‘linadi. Savdoga faqat I va II kategoriyadagi go‘shtlargina chiqariladi.
    I kategoriya semizligiga ega bo‘lgan mol go‘shtining muskuli yaxshi rivojlangan bo‘lishi lozim, serqiltiq o‘simtali, quymich va yonbosh suyagi sezilmaydi; tananing sakkizinchi qovurg‘adan to quymichgacha bo‘lgan qismi teriosti yog‘i bilan qoplangan bo‘ladi; bo‘yin, kurak, qovurg‘alarning oldingi qismlarining ustida yog‘ parchalar ko‘rinishida joylashgan. Tananing orqa qismi kesilganda marmarsimonligi aniq ko‘rinib turadi.
    II kategoriya semizlikda bo‘lgan mol go‘shtidagi muskullar birmuncha kamroq rivojlangan bo‘ladi; qiltiqli o‘simta, quymich va yonbosh suyaklari sezilib turadi. Kuymich, bel va keyingi qovurg‘alar atrofida teri osti yog‘lari mayda parchalar ko‘rinishida bo‘ladi. Go‘sht marmarsimonlikka ega emas.
    I va II kategoriyali yosh mol go‘shti ham yuqoridagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi bilan tavsiflanadi, biroq unda teri osti yoki kamroq rivojlangan bo‘lishi mumkin. I kategoriyali yosh mol namtasiga yog‘ qatlamlari faqat dumning boshlanish qismi va qovurg‘aning ichki tomoniga joylashadi; II kategoriyali nimtada teri osti yog‘i bo‘lmasligi ham mumkin.
    II kategoriyali go‘shtga qo‘yilgan talablarni qondirmagan yirik va yosh mol go‘shtlari oriq go‘sht hisobanadi.
    Binafsha rangla tamg‘a har bir nimtaga quyidagi miqdorda qo‘yiladi: I kategoriyali go‘shtga beshta dumaloq tamg‘a: kurak, orqa, qovurg‘a va ko‘krak qismlariga; II kategoriyali go‘shtga ikkita kvadrat tamg‘a: kurak va qavurg‘a qismlariga bosiladi. Yosh mol go‘shtiga bulardan tashqari «YO» (yosh) tamg‘asi bosiladi.
    Qo‘y va echki semizlik ko‘rsatkichlari va tamg‘alanishi. Qo‘y va echki go‘shti ham standart talabiga ko‘ra semizligi va go‘shtdorligiga ko‘ra ikki kategoriyaga bo‘linadi.
    I kategoriya talabi: muskulaturasi qoniqarli darajada rivojlangan. Umurtqa pog‘onasi o‘simtalari qisman bo‘lsada sezilib turadi. Yelka va tanasini yuza qismi teri osti moy qavati bilan qoplangan bo‘ladi.
    II kategoriya talablari: muskulaturasi tuban rivojlangan bo‘lsa. Umurtqa pog‘onasi, qovurg‘alari bo‘rtib turadi. Tanada moy bo‘lmaydi yoki nihoyatda oz miqdorda bo‘lishi mumkin.
    Yuqoridagi ikki kategoriya talabiga to‘g‘ri kelmagan qo‘y va echki go‘shti standart talabiga binoan oriq go‘sht hisoblanadi.
    Sanoat korxonalarida qayta ishlash maqsadida yuboriladigan tushlar ichadan buyrak va yog‘i olinadi. Agar istemol uchun bo‘lsa u qoldiriladi.
    I kategoriyali tushga yumaloq tamg‘a bosiladi, II kategoriyali bo‘lsa to‘rt burchak va oriq tushga uchburchak tamg‘a bosiladi.
    I kategoriyali qo‘y tushini 5 ta joyi (bittadan ko‘rak qismiga, bir marta ko‘krak qismi)ga tamg‘a bosiladi. 2-kategoriyali bo‘lsa 4-ta tamg‘a bosiladi. Oriq to‘shga bitta tamg‘a bosiladi.
    Echki go‘shtiga ham qo‘yniki kabi tamg‘a bosib, kolbasa va konserva tayyorlash uchun jo‘natiladi va ayrim hollarda qadoqlangan holda tayyorlanib sotuv korxonalariga jo‘natiladi.

    Download 52.29 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 52.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mol go‘shtining semizlik ko‘rsatkichlari va tamg‘alanishi

    Download 52.29 Kb.