|
10-mavzu. Inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish reja
|
bet | 2/4 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 31,86 Kb. | | #125775 |
Bog'liq 10-mavzu. INSON KAPITALIGA KIRITILADIGAN INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH (2)2-savol bayoni. Ilm-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida inson kapitali mamlakat kelajagini belgilaydigan zaruriy omilga aylanib bormoqda. Inson kapitali barqaror iqtisodiy o'sishning asosi va innovatsiyalarni harakatlantiruvchi kuchdir.
Inson kapitaliga investitsiyalar - bu insonlarning qobiliyatini,uning malakasini oshirishga va rivojlantirishga kiritilgan sarmoya bo'lib,bundan ko'zlangan asosiy maqsad mehnat unumdorligini oshirishdir.
Inson kapitaliga investitsiyalari quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Birlamchi investitsiyalar: ta 'lim va ilm-fanga yo'naltiriladi.
2. Ikkilamchi investitsiyalar: sog liqni saqlash; turmush darajasini yaxshilash; migratsiya; motivatsiya; madaniyat sohalariga yo'naltiriladi.
Xalqaro tajribadan ma'lumki, inson kapitaliga investitsiyalar,xususan ta'limga investitsiyalar bolalikdan boshlab uzoq muddatga kiritiladi hamda mamlakat iqtisodiy o'sishida o'ziga xos qaytimga ega bo'ladi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra ma'lum bir malakat aholisi uchun ta'limning o'rtacha statistik muddatini bir yilga oshirilishi, ushbu mamlakat yalpi ichki mahsulotini 3-6%ga oshiradi. Ta'limga ajratiladigan mablag larning 1%ga oshirilishi mamlakat yalpi ichki mahsulotini 0,35%ga oshishiga olib keladi. Lekin shuni yodda tutish lozimki, ta'limga investitsiyalar - bu uzoq muddatli investitsiyalar bo'lib, ulardan tezkor natijalarni kutish to'g'ri emas, biroq mamlakatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun bunday investitsiyalar juda zarurdir.
Jahon bankining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotini tahlil qilish asosida taqdim etgan ma'lumotlariga ko'ra iqtisodiy o'sishning 55%i aynan inson kapitali orqali aniqlangan. Mutaxassislarning baholashiga ko'ra rivojlangan mamlakatlarda ta'lim davomiyligini bir yilga oshirish yalpi ichki mahsulotni 5-15%ga oshishiga olib keladi. Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun, avvalo inson kapitalini rivojlantirish kerak. Jahon bo'yicha mamlakatlarning ta'limni rivojlantirishga xarajatlari ijtimoiy xarajatlar emas, balki daromad keltiradigan investitsiyalar sifatida qaralmoqda, ya'ni ta'limga investitsiyalar shunchaki ijtimoiy zarurat uchun emas, kelajakda foyda keltirishi uchun kiritilmoqda. Global raqobat sharoitida ham o'z ta'lim salohiyatini muntazam ravishda oshirayotgan mamlakatlar g'olib bo'ladilar.
Ta'limning ahamiyatini yaxshiroq anglash uchun Jahon banki guruhi YuNESCOning Statistika instituti bilan hamkorlikda o‘quvchilarning o'zlashtirishini baholash natijalari bo yicha yangi
ma'lumotlar bazasini ishlab chiqdi10?
Inson kapitalining ahamiyatini bir nechta turli usullarga asosan baholash mumkin. An'anaga ko'ra, iqtisodchilar buni ko'proq ta'lim olgan odamlarning daromadi bilan hisoblar edi.
Tadqiqotlar har bir qo'shimcha ta'lim yili inson daromadini o'rtacha 10 foizga oshirishini ko'rsatdi. Bunda ta'lim sifati ham muhim.Misol uchun, AQShdagi boshlang'ich maktabning alohida sinfida malakasi past o'qituvchini o'rta darajadagi mutaxassisga almashtirish o'quvchilarga butun umri davomida 250 ming dollargacha umumiy daromad olish imkonini beradi.
Ammo kognitiv imkoniyatlar inson kapitalining yagona ko'rsatkichi emas. Mardlik, iroda va halollik kabi ijtimoiy-hissiy ko'nikmalar, odatda katta iqtisodiy samaradorlik keltiradi. Sog'liq ham muhim ahamiyatga ega. Negaki, sog'lom insonlarning mehnat samaradorligi yuqori bo'ladi.
150 dan ziyod mamlakatni qamrab oluvchi bir necha yirik test dasturlari natijalarini PISA baholari bilan qiyoslash maqsadida muvofiqlashtirildi. Ma'lumotlar bazasi ta'lim sohasida ulkan muammolar borligini ko'rsatdi: rivojlanayotgan mamlakatlarda o'quvchilarning qariyb 50 foizi "professionallikning eng past darajasi?deb ataladigan muammoga duch keladi.
Singapurda o'quvchilarning 98 foizi, Janubiy Afrikada 26 foizi o'rta maktabda xalqaro bazaviy darajaga erishadi. Boshqacha aytganda Singapurda o'rta maktab o'quvchilarining deyarli barchasi dunyoning istalgan joyida ishlash uchun yetarli malakaga ega. Janubiy afrikalik yoshlarning qariyb to'rtdan uch qismi savodsiz. Bu inson salohiyatini yo'qotish.
Bolalar maktabni bitirar ekan, qaysi mamlakatda yashashiga qarab sog'lig'i borasida mutlaqo turli istiqbollarga duch keladi. Dunyoning eng badavlat mamlakatlarida 15 yoshli o'smirlarning qariyb 5 foizi o'zining 60 yoshligini qarshilay olmaydi. Qashshoq mamlakatlarda 15 yoshli o'smirlarning 40 foizi 60 yoshgacha vafot etadi.
Ushbu faktlar turli mamlakatlarda sog'liqni saqlash va ta'lim sohasida ulkan tafovutlar borligini ko'rsatadi. U ishchilarning kelgusi avlodi mehnati samaradorligining pasayishi nuqtayi nazaridan inson kapitaliga investitsiya kiritmaslik oqibatlarini namoyon etadi.
Inson kapitalining qiymati va sifatini ilm-fanni hisobga olgan holda aniqlash zarur. Ta'lim va ilm-fan bir-biri bilan o'zaro bog'liqdir.Inson kapitalining samaradorligini oshirish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish uchun quyidagilarga erishish zarur:
- inson kapitalining yugori darajasi va sifati, shuningdek, uni rivojlantirish uchun investitsiyalar miqdorini oshirish;
- fundamental va amaliy fanlarni rivojlantirish;
- texnologik rivojlanishning intellektual markazlarini ko'paytirish;
- yangiliklarga yo'naltirilgan iqtisodiyotning ulushini oshirish;
- inson intellektual faoliyatining barcha jabhalarida samarani oshirish;
- davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan samarali innovatsion va venchur tizimlarini rivojlantirish;
- innovatsiyalarni rivojlantirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va investitsion reytinglarda yuqori pog'onalarga erishish;
- ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy ravishdagi integratsiyasini ta'minlash.
Hukumat iqtisodiy o'sishni ta'minlashga intilar ekan fizik kapitalmuhtasham ko'priklar, yangi yo'llar, zamonaviy aeroportlar va boshqa infratuzilmalarni barpo etishga investitsiya kiritishga e'tiborni qaratadi.
Odatda, ular aholi salomatligi, bilim va ko'nikmalari, tajriba va turmush tarzini o'zida mujassam etgan inson kapitaliga investitsiya kiritishdan unchalik manfaatdor emas. Bu katta xato, negaki, inson kapitaliga investitsiya kiritishga nisbatan beparvolik mamlakat raqobatbardoshliligini keskin pasaytirib yuborishi mumkin. Zero,mamlakat iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishi uchun iste'dodli odamlarni tarbiyalash talab etiladi.
|
| |