|
10-mavzu. Inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish reja
|
bet | 3/4 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 31,86 Kb. | | #125775 |
Bog'liq 10-mavzu. INSON KAPITALIGA KIRITILADIGAN INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH (2)3-savol bayoni. Inson kapitali - kishilar o'z hayoti mobaynida yig'ib boradigan,ularga jamiyatning foydali a'zolari sifatida salohiyatini amalga oshirishiga imkon beradigan bilimlari, ko'nikmalari va salomatligidir.
Ovqatlanish va sog'liqni saqlashni yaxshilash, sifatli ta'lim berish,ish o'rinlarini yaratish va kasbiy ko'nikmalarga o'rgatish asosida insonlarga sarf qilinadigan davlat investitsiyalari inson kapitalining rivojlanishiga ko'maklashadi.
Erta yoshdan inson kapitalini turli yo'llar bilan olchab borish yaxshi samara beradi. Bolani go'daklikdan to'g'ri ovqatlantirish,sog'lom rivojlanishini rag'batlantirish keyinchalik uning jismoniy va ruhiy farovonligini yaxshilaydi.
Ayni paytda bolalikda kognitiv va ijtimoiy-hissiy imkoniyatlarda yo'l qo'yilgan ayrim kamchiliklarni balog'at yoshiga yetganda tuzatish qimmatga tushadi. Shuning uchun hukumat tomonidan inson kapitalini bola hayotining dastlabki 1000 kunligida rivojlantirish iqtisodiy samara beradi.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda inson kapitaliga eng kam sarmoya kiritiladigan mamlakatlarda kelgusida ishchi kuchining samaradorligi, agar odamlar to'liq sog'lom bo'lib, sifatli ta'lim olsa,erishish mumkin bo'lgan ko'rsatkich sezilarli pasayib ketadi.
Shu tarzda inson kapitaliga sarmoyadan olinadigan iqtisodiy foydani o'lchash sog'liq va ta'lim yaxshilanishining ijtimoiy va ichki qiymatini kamaytirmaydi.
Jahon banki guruhi inson kapitaliga sarmoya qilish ta'sirining ijobiy natijalarini targ'ib etib, siyosatchilarni nafaqat bank hisobraqamlari, balki maktablar va kasalxonalardagi holatlar haqida ham qayg'urishga ruhlantirishi mumkin. Shuningdek, indeks investitsiyalar darajasi pasayib borayotgan mamlakatlar uchun harakatga da'vat bo'ladi.
Bularning barchasi iqtisodiy o'sish bilan nechog'li bog'liq?Birinchidan, inson kapitaliga individual sarmoyalardan olinadigan foyda qo'shilsa, umumiy samara alohida qismlar miqdoridan ko'proq ekanligi ayon bo'ladi.
Inson kapitalini rivojlantirishning ayrim afzalliklari jamlanib,sarmoya kiritilayotgan avlod bilangina cheklanib qolmaydi. Masalan,onaning farzandning prenatal parvarishi haqidagi bilimini boyitish bolalarning go'dakligidanoq sog'lig'ini yaxshilashga xizmat qiladi.
Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko'ra, inson kapitaliga individual investitsiyalar umumlashtirilganda, turli mamlakatlarda inson kapitaliga kiritilgan investitsiya bilan aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar o'rtasidagi tafovut 10 foizdan 30 foizgacha bo'lishini ko'rsatdi.
Misol uchun, XIX asr o'rtalarida Braziliya ziyoli yevropaliklarning San-Pauloga immigratsiyasini rag'batlantirgan. Natijada 100 yildan so'ng bu shtatda yuksak darajadagi ta'lim, qishloq xo'jaligiga nisbatan sanoatda ko' proq bandlik, shuningdek, aholi jon boshiga yanada yuqori daromad kuzatildi.
Ayniqsa, ta'lim katta samaradorlik keltiradi, shuning uchun u qashshoqlik ko'lamini qisqartirishda muhim rol o'ynaydi. Buni Gana tarixi ham tasdiqlaydi: 1990-yillarda va 2000-yillar boshida mamlakat ta'limga ketadigan xarajatlar miqdorini ikki barobar ko'paytirish orqali asosiy ko'rsatkichlarni keskin oshirishga muvaffaq bo'ldi. Natijada 1999-yildan 2012-yilgacha mamlakatda savodxonlik darajasi 64 foizga yetdi, qashshoqlik darajasi esa 61 foizdan 13 foizga tushdi.
Ta'limga kiritiladigan sarmoyalar ham jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishi mumkin. Aksariyat mamlakatlarda nisbatan o'ziga to'q oilalarda tug'ilgan farzandlar bolalikdanoq keng imkoniyatlardan foydalanishni boshlaydi va bu butun umri davomida qator afzalliklarga olib keladi, aksincha, nochorroq oilalar farzandlari bunday imkoniyatlardan foydalana olmaydi.
Bunday muammoni hukumat tomonidan hal etish bo yicha sa'yharakatlar amalga oshirilganda iqtisodiy tengsizlikning qisqarish tendensiyasi kuzatiladi. Shimoliy Karolinada o'tkazilgan tadqiqot agar Qo'shma Shtatlar bolalikdanoq samarali rivojlanish dasturlaridan foydalansa, mamlakatda daromadlardagi tengsizlik 7 foizga kamayishini ko'rsatdi. Bu esa AQShning Kanada darajasiga erishishi uchun yetarli.
Inson kapitaliga sarmoya kiritishdan jamiyat ham katta manfaat ko'radi. Uzluksiz maktab ta'limi turli jinoyatlar sodir etilishi ehtimolini kamaytiradi.
2017-yilda Liberiyada narkotiklar savdosi bilan shug'ullanuvchilar, o'g'rilar va jinoyatga moyil boshqa erkaklar kognitiv-axloqiy terapiyaga yo'naltirilishi bo'yicha tadqiqot o'tkazilgan.Bu ularga o'z hissiy holatini anglab yetish, o zini idora etishni yaxshilash va murakkab vaziyatlarda to'g'ri yo'l tutish kabi ko'nikmalarni shakllantirishni ko'zda tutgan. Unchalik ko'p xarajat talab etmagan dastur ushbu insonlarning jinoyat olamiga qaytishi ehtimolini sezilarli darajada qisqartirdi.
Inson kapitali shaxsning jamiyat hayotida ishtirok etishi bilan bog'liq. 1970-yillarning o'rtalarida Nigeriyada umumiy boshlang'ich ta'lim joriy etilib, bolalarning katta qismi boshlang'ich maktablarga qamrab olindi. Bir necha yil o'tib, bu yigit va qizlar yangiliklar bilan qiziqish, tengqurlari bilan siyosat haqida suhbat qurish, palata yig'ilishlari va saylovlarda ishtirok etishni boshladi.
Inson kapitaliga investitsiya kiritish ishonch darajasini ham oshiradi. O'qimishli insonlar boshqalarga ko'proq ishonadi, ishonch darajasi baland bo'lgan jamiyat odatda nisbatan yuqori iqtisodiy o'sishga erishadi. Shuningdek, ular ancha sabrli ham bo'ladi: tadqiqotlar yigirmanchi asr o'rtalarida Yevropada amalga oshirilgan maktab islohotlari odamlarning migrantlarga nisbatan bag rikengroq bo'lishiga xizmat qilgan.
|
| |