|
10-Mavzu: Ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari Reja
|
bet | 7/44 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #262104 |
Bog'liq 10-Mavzu Ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bilJadvallar – ma'lumotlar bazasida mavjud bo'lgan barcha ma'lumotlarni saqlaydigan va ma'lumotlar bazasining tuzilishini (maydonlari, turlari va xususiyatlari) saqlaydigan har qanday ma'lumotlar bazasining asosiy ob'ektlaridir.
Hisobotlar – ma'lumotlar chiqarish uchun ya’ni ularni ekranga emas, balki bosib chiqarish moslamasiga (printerga) chiqarish uchun mo'ljallangan. Ularda chiqish ma'lumotlarini guruhlash va bosma hujjatlar uchun xos bo'lgan elementlarni namoyish qilish uchun maxsus choralar (tepa va past kolontituli, sahifa raqamlari, hisobot yaratish vaqti va boshqalar) ko’rilgan.
So'rovlar – jadvallardan ma'lumotlarni ajratib olish va foydalanuvchiga qulay shaklda taqdim etish uchun xizmat qiladi. Ular yordamida ma'lumotlarni tanlash, saralash va filtrlash amalga oshiriladi. Siz ma'lumotlarni berilgan algoritm bo'yicha o'zgartirishingiz, yangi jadvallar yaratishingiz, jadvallarni avtomatik ravishda boshqa manbalardan keltirilgan ma'lumotlar bilan to'ldirishingiz, jadvallarda oddiy hisob-kitoblarni amalga oshirishingiz va boshqa ko'p narsalarni qilishingiz mumkin.
So'rovlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular tayanch jadvallardan ma'lumotlarni yig'aadi va ular asosida vaqtinchalik natijalar jadvalini yaratadi.
Ya’ni asosiy jadvallardan tanlangan maydonlar va yozuvlar obrazi desak ham bo’ladi. Obraz bilan ishlash qattiq diskda saqlangan jadvallarga qaraganda tezroq va samaraliroqdir.
Ma'lumotlar bazasini yangilash so'rov orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Barcha ma'lumotlar qabul qilish tartibi asosida jadvallarga kiritiladi, ya'ni, ular saralanmagan bo’ladi. Ammo tegishli so'rov bo'yicha siz kerakli usulda saralangan va filtrlangan ma'lumotlarni olishingiz mumkin.
Shakllar – foydalanuvchiga to'ldirish uchun kerakli maydonlarni taqdim etadigan ma'lumotlar kiritish vositalari. Kirishni avtomatlashtirish uchun ularga maxsus (hisoblagichlar, ochiladigan jadvallar, o’zgartirgichlar, bayroqchalar va boshqalar) boshqaruv elementlarini joylashtirishingiz mumkin.
Masalan, blankning ma'lum maydonlarini to'ldirish. Shakllar yordamida ma'lumotlarni o’zgartirishning maxsus vositalaridan foydalanishingiz mumkin.
|
| |