• Arxitektura xususiyatlari va funksional imkoniyatlari.
  • 10-Mavzu: Ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari Reja




    Download 0,95 Mb.
    bet9/44
    Sana10.06.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #262104
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
    Bog'liq
    10-Mavzu Ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bil

    Ma’lumotlarni modellashtirish.

    • Ishlatiladigan ma'lumotlar modeli. Ko'plab ma'lumot modellari mavjud bo’lib; keng tarqalganlari: ierarhik, tarmoqli, relyatsion, ob’yektli-relatsion va obyektli. Ma'lum bir modeldan foydalanish masalasi axborot tizimini loyihalashning dastlabki bosqichida hal qilinishi kerak.

    • Triggerlar va saqlangan jarayonlar. Trigger - jadvalga qator kiritilganda, o'zgartirganda yoki o'chirganda doimiy chaqiriladigan ma'lumotlar bazasining dasturidir. Triggerlar o'zgarishlarni qabul qilishdan oldin ularning to'g'riligi tekshirilishini ta'minlaydi. Saqlangan jarayon - bu serverda saqlanadigan va mijoz tomonidan chaqirilishi mumkin bo'lgan dastur. Saqlangan jarayonlar to'g'ridanto'g'ri ma'lumotlar bazasi serverida bajarilganligi sababli, ma'lumotlar bazasi mijozi yordamida shunga o’xshash operatsiyalarni bajarishdan ko'ra samarasi yuqoriroq bo'ladi. Triggerlar va saqlangan jarayonlarni ishga tushirish uchun turli xil vositalardan foydalanadi.

    • Qidiruv vositalari. Ba'zi zamonaviy tizimlarda o'rnatilgan qo'shimcha kontekstli qidiruv vositalari mavjud.

    • Nazarda tutilgan ma'lumot turlari. Bu yerda ikki mustaqil mezonni hisobga olish kerak: tizimga kiritilgan tayanch yoki asosiy ma'lumot turlari va ularning tiplarini kengaytirish imkoniyati. Zamonaviy tizimlardagi ma'lumotlar turlarining asosiy to'plamlari ma'lum bir standartdan chetga chiqishi odatda unchalik katta bo'lmasa ham, u yoki bu ishlab chiqaruvchilar tizimlarida ma'lumotlar turlarini kengaytirish mexanizmlari sezilarli darajada farq qiladi.

    • So'rovlar tilini qo’llash. Barcha zamonaviy tizimlar ma'lumotlarga kirishning SQL-92 standart tili qo’llaydilar, lekin ularning ko'plari ushbu standartning ba'zi kengaytmalarini qo'llaydilar.

    Arxitektura xususiyatlari va funksional imkoniyatlari.

    • Harakatlanuvchanlik (mobillik). Harakatlanuvchanlik - bu tizimning u ishlayotgan muhitdan mustaqilligi. Bu holda atrof-muhit ham apparat, ham dasturiy ta'minot (operatsion tizim) hisoblanadi.

    • O'lchamlilik. MBBTni tanlashda ushbu tizim axborot tizimining o'sishiga mos kelishi yoki kelmasligini hisobga olishi kerak va bu o'sish foydalanuvchilar soni, saqlanadigan ma'lumotlar hajmi va qayta ishlangan ma'lumot ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin.

    • Taqsimlilik. Ma'lumotlar bazalariga asoslangan axborot tizimlaridan foydalanishning asosiy sababi tashkilotning barcha ma'lumotlarini birlashtirishga intilishdir. Eng sodda va ishonchli yondashuv - bir serverda ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashni markazlashtirish. Afsuski, buning har doim ham imkoniyati yo’q va siz taqsmlangan ma'lumotlar bazalaridan foydalanishingiz kerak. Turli xil tizimlar taqsmlangan ma'lumotlar bazalarini boshqarish uchun turli xil imkoniyatlarga ega.

    • Tarmoq imkoniyatlari. Ko'pgina tizimlar tarmoq protokollari va xizmatlaridan keng doirada foydalanadi.


    Download 0,95 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-Mavzu: Ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari Reja

    Download 0,95 Mb.