Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati




Download 31,27 Kb.
bet2/4
Sana10.12.2023
Hajmi31,27 Kb.
#115104
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu qurilishda fan-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy

10.2 Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati,
ahamiyati va asosiy yo‘nalishlari


Qurilishda ilmiy texnika taraqqiyoti – bu zamonaviy ilmiy texnik yutuqlar va ishlab chiqarish vositalari, texnologik jarayonlar mehnatni tashkil etish va boshqarish usullari asosida ishlab chiqarishni uzluksiz takomillashtirish jarayonidir. Ushbu jarayon mehnat unumdorligini, mahsulot sifatining oshirilishini va maksimal foydaga erishishni ta’minlaydi. Ilmiy texnik taraqqiyot o‘zining rivojlanishida ikkita o‘zaro bog‘liq shakllarda: evolyusion va revolyusion shakllarda namoyon bo‘ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning evolyusion shakli vazifasi an’anaviy texnologiya, jixozlar, material va konstruksiyalarni uzluksiz va doimiy ravishda mukammallashtirishdan iborat. Bunday jarayon ancha muddatgacha davom etishi mumkin va o‘zining birinchi bosqichlarida etarli miqdorda iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishilishini ta’minlaydi.
Ilmiy texnik taraqqiyotning revolyusion shakli — bu prinsipial yangi, avval qo‘llanilmagan mehnat vositalari va texnologiyani yaratishdir. Ba’zan, ilmiy texnik taraqqiyotning ushbu shaklini ilmiy texnik revolyusiya deb ham ataladi. Afsuski ilmiy texnik taraqqiyotning ushbu shakli evolyusion ilmiy texnik taraqqiyotga nisbatan ohirgi yillarda kam sezilarli darajadadir.
Ilmiy texnik taraqqiyot natijasida mehnat sharoitlarini yaxshilanishi va uning me’yorida saqlanishi, atrof-muhitni himoya qilish, qo‘l mehnati hissani qisqartirish, alohida holatlarda qo‘l mehnatidan umuman foydalanmaslik, qurilishni davomiyligini qisqartirishlarga erishiladi. Ilmiy texnik-taraqqiyot asosida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va unumdorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning qurilishdagi asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • qurilish ishlab chiqarishini sanoatlashtirish;

  • qurilishda yangi materiallar va konstruksiyalarni yaratish hamda qo‘llash;

  • qurilish montaj ishlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;

  • progressiv texnologiya va etakchi usullarni qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishda qo‘llash.

Sanoatlashtirish - bu ko‘pgina ishlab chiqarish jarayonlarini qurilish maydonchalarida zavod muhitiga ko‘chirish demakdir. Qurilish ishlab chiqarishini sanoatlashtirishga tipik misol bo‘lib, o‘z vaqtida tashkil qilingan va hozir ham amal qilayotgan uy-qurilish kombinatlari, temur-beton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqaradigan kombinatlar hisoblanadi.
Qurilishning sanoatlashtirish ko‘rsatkichlari bo‘lib bajaradigan qurilish montaj ishlari yoki ob’yekt qiymatining umumiy hajmidagi konstruksiya va detallar qiymatining nisbati bo‘yicha aniqlanadigan qurilish ob’yektlarining jamlanganlik darajasi hisoblanadi.
Sanoatlashtirish qurilishni faol ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish va qurilish muddatini qisqartirish imkonini beradi. U shuningdek qurilish ishlab chiqarishida texnikaning tutgan ahamiyatini ko‘tarishga va uni nisbatan montaj jarayoniga aylantirishga xizmat qiladi. Sanoatlashtirish uy-joy qurilishi sohasida keng rivojlangan.
Yangi material va konstruksiyalarni yaratish va qo‘llash - bu qurilishdagi ilmiy texnik-taraqqiyotning muhim yo‘nalishidir. Hozirgi qurilayotgan ko‘pgina ob’yekt va qurilmalar avvalgilaridan nafaqat arxitekturaviy-rejali jihatdan, balki ishlatiladigan material va konstruksiyalar bilan xam farq qiladi. Ular qatoriga plastmassa buyumlari, polietilen yog‘ochlari, suvga chidamli faneralar, shishali plastika, keramik buyumlar, issiqlikni izolyasiya qiluvchi akkustik va boshqa materiallarni kiritish mumkin. Alohida qurilish-montaj ishlarida zamonaviy sintetika materiallari, santexnika va elektrotexnika ishlarida tayyor materiallarni yig‘ish va ekspluatatsiya qilishda qulay bo‘lgan materiallar keng qo‘llaniladi. Alyuminiydan qilingan konstruksiyalar va qurilish buyumlari yaxshi ko‘rinish va mustahkamlikka ega bo‘ladi.
Biroq zamonaviy qurilish materiallari va jixozlarini yaratish jarayoni ilmiy ishlab chiqarish izlanishlarini kuchaytirish va ahamiyatini oshirishni talab qiladi. Bunga erishish uchun fan, texnika va ishlab chiqarish o‘rtasidagi rivojlanish o‘zaro bir nuqtada kesishishi kerak. Qurilishga rivojlangan davlatlar tajribasidan keng foydalanish zarur.
Ish va ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish - bu qurilishda texnik taraqqiyotning muhim yo‘nalishidir. Uni amaliyotga tadbiq etish ishlab chiqarish jarayonida mashina mexanizmlar ahamiyatini kuchaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi va buning natijasida yangi mashina va mexanizmlarni joriy, etish mavjud mashina parklarini modernizatsiyalash, shuningdek qurilish va ta’mirlash ishlarini yaxshilash mumkin bo‘ladi.
Ilmiy texnik-taraqqiyotning ushbu yo‘nalishini asosiy baholovchi ko‘rsatkichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Ish mexanizatsiyasi koeffitsienti – qurilish mexanizmlar bilan bajariladigan ish hajmining umumiy bajarilgan ish hajmiga nisbati;

  • mehnatning mexaniq qurollanganlik koeffitsienti - qurilish mashinalari bilan bajarilgan ish hajmining umumiy bajarilgan ish hajmiga nisbati;

  • ishning energetik qurollanganlik koeffitsienti — qurilishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar dvigatellarining umumiy quvvatining yillik qurilish montaj ishlari hajmiga nisbati. Ushbu ko‘rsatkich kVt’da o‘lchanadi.

Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishning rivojlangan texnologiya va usullarini amaliyotga tadbiq etish qurilishini sanoatlashtirish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq. Bu davlatimizning shuningdek chet el tajribasidagi yutuqlarga asoslangan bo‘ladi. Uning asosiy maqsadi nafaqat kapital qurilish samaradorligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash va ko‘tarish, balki qurilish ishlab chiqarishini sanoatga asoslangan darajasini oshirish, mehnat bir xilligini bartaraf etish hamdir.
Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi ushbu yo‘nalishining taxminiy aks ettirilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • qurilish uzluksizligini rivojlantirish;

  • ob’yekt va qurilmalarning atrofdagilardan chegaralash;

  • katta o‘lcham va gabaritdagi metalokonstruksiya, ferma va qoplash jixozlarining dastlabki yig‘ilishi;

  • brigada tartibini rivojlantirish;

  • qurilishning alohida uchastkalarida ishni tashkil etishning vaxta usulidan foydalanish;

  • payvand-chilangarlikning zamonaviy usullaridan foydalanish;

  • ilg‘or texnologiyani joriy etish, ob’yekt va qurilmalarni qurishni “g‘ildirakdan”dan montaj qilish usuli yordamida tashkil etish.

Ilmiy texnologiyani amaliyotga tadbiq etish qurilish ishlab chiqarishini yangi pog‘onada (ishni tashkil etishning industrial usullari talablariga mos ravishda) ko‘tarish imkoniyatini yaratib beradi. Boshqacha qilib aytganda texnologik yangiliklar - mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish va qurilish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosi bo‘lib hisoblanadi.
10.3. Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotni bashoratlash va rejalashtirish


Milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bo‘g‘inlaridagi iqtisodiyot bo‘lishiga qaramasdan, erishilgan natijalarni baholamasdan va kelgusidagi istiqbollarni belgilab olmasdan o‘z-o‘zidan boshqarilishi mumkin emas. Ularni barchasi ITTni bashoratlashni va xususan rejalashtirishni qurilishni boshqarishning muhim masalalarini samarali xal qilishda o‘z aksini topadi.
Bashoratlash - davlat iqtisodiyotining holati yoki uning alohida tarmoqlari, yo‘nalishlari va sohalari xaqida ilmiy tasdiqlangan holda oldindan aytib berish, shuningdek iqtisodiyotning u yoki bu holatiga erishishning muqobil yo‘llari, usullari va muddatlari to‘g‘risida mushohada yuritish demakdir.
Boshqaruv jarayoni sifatida bashoratlash iqtisodiyot rivojlanishining istiqbollarini baholash va uning holatini tahlil qilish bilan bog‘liq. Uning ko‘p tarqalgan shakllaridan bashoratlashning rejalashtirish bilan bevosita o‘zaro aloqadorligini ta’minlovchi dastur, masalani qo‘yish usul va uslublar bo‘lib hisoblanadi.
Ilmiy texnik taraqqiyotni rejalashtirish - bu qurilishda fan va texnika rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan joriy masalalarni hal qilishga qaratilgan bashoratlashning tarkibiy bir qismidir. U ilmiy texnik rivojlanishning davlat dasturlari, shuningdek qurilish materiallari sanoatida bevosita faoliyat yuritadigan tashkilot va korxonalar tomonidan olib boriladigan tashkiliy-texnik tadbirlar bilan belgilanadigan masalalar asosida amal oshiriladi.
Rejalashtirish jarayonida qurilish ishlab chiqarishining texnik darajasi va iqtisodiy samaradorligini oshirish, qurilishni tashkil etishning eng yaxshi loyiha namunalari, texnik takomillashtirish, ilmiy tadqiqot va loyihalashtirish institutlari, ulardagi olimlar va ratsionalizatorlar tomonidan ishlab chiqilgan texnik innovatsiyalar, ilg‘or qurilish tashkilotlarining tajribalari o‘z aksini topmog‘i lozim.
Qurilish sohasidagi tashkilot va korxonalarning texnik rivojlanish darajasining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1.Samarali qurilish konstruksiyaliridan va yangi qurilish materiallaridan foydalanish;
2.Qurilish-montaj jarayonlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni rivojlantirishning keyingi bosqichiga o‘tish;
3.Qurilish ishlab chiqarishining etakchi texnologiyasini amaliyotga tadbiq etish;
4.Ko‘rgazmali qurilishni tashkil etish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlar va korxonalarga barcha sohalarda huquq va erkinliklar berilib, sobiq itifoq davrida bo‘lganidek yuqoridan ko‘rsatmalar berilmay, balki texnik rivojlanish korxona va tashkilotlarning o‘z tashabbuskorligidan kelib chiqadi. Bu masala qurilish tashkilotining bosh muxandisi raxbarligi ostida hal qilinadi va kerak bo‘lganda bunga korxonaning iqtisodiy instrumentlari jalb qilinadi. Dastavval reja va dasturning asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi tadbirlar ro‘yxati tuziladi, ushbu ro‘yxatda tadbirlarning qisqacha tasnifi va ularning qaysi ob’yektlarda amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Rejaga kiritiladigan har bir tadbir zarur texnik iqtisodiy hisob kitoblar natijasida tasdiqlanadi, malakali ishchilardan tashkil topgan tashabbuskor guruh tashkil etiladi. Bu ishlab chiqarish rezervlvridan maksimal darajada foydalanishni ta’minlovchi rejalarni sistematik ravishda takomillashtirish va ularga zarur tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.
Yangi texnika va tashkiliy xo‘jalik tadbirlari rejalarini bajarish jarayonida, qurilish sohasidagi yangi kashfiyotlar, ratsionalizatorlik takliflari, shuningdek zamonaviy fan va texnikadagi yutuqlar hisobga olinishi kerak.
Ilmiy texnik-taraqqiyotni rejalashtirishda shuni hisobga olish muhimki, turli g‘oya, fikr va yangiliklar paydo bo‘lishi mumkin, ularni amaliyotga qo‘llash esa qurilish sanoatidagi korxona va tashkilotlarning o‘z kuchlari bilan amalga oshiriladi, bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Institutlar — birlamchi tadqiqotlarga ixtisoslashgan va fanning ma’lum bir sohasidagi rivojlanish uchun javobgar tashkilot;
Ilmiy tadqiqot institutlari — ikkilamchi tadqiqiy ishlarga ixtisoslashgan va ma’lum bir tarmoqni ishlab chiqarish yoki ilmiy texnik darajasiga javobgar bo‘lgan tashkilot;
Loyihalash, konstruktorlik, texnologik tashkilotlar, texnologik iqtisodiy tadqiqot institutlari — konstruktorlik texnologik loyihalash yoki tashkiliy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mahsulot samaradorligi, texnologiyasi ishlab chiqarishini tashkil etish va loyihalarga javobgar hisoblanuvchi tarmoqli tashkilotlar. Bu yerga u yoki bu institutlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar kirmaydi.
Montaj, ishga tushirish va ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkiliy texnik institutlar, asosiy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan maxsus labaratoriyalar, ularni sinash ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga quyidagilar kiradi: yangiliklarni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-texnik va boshqa institutlar.
Ushbu tashkilotlarni shuningdek bo‘ysundirilganligi, faoliyat miqyoslari (tarmoqli, tarmoqlararo, tarmoqlar osti, xududiy), ixtisoslik boshqalar bo‘yicha turkumlash mumkin.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy muammo fanning muvafaqiyatli faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratish, uni bir me’yoda saqlash, ilmiy-texnik tadqiqotlar samaradorligini oshirish va ilmiy texnik-taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlaridagi resurslar jamlanmasini ta’minlash bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu maqsadda akademik va ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot muassasalarining erkinliklarini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni tanlov-shartnomali tamoyil bo‘yicha tashkil etilishiga, shuningdek ularni ilmiy texnik dasturlar asosida moliyalashtirish tizimiga o‘tish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Bunda faoliyat yuritish ob’kti bo‘lib tanlov loyihasi hisoblanadi, sub’yekti bo‘lib esa uni ilgari surgan olimlar guruhi yoki ilmiy tadqiqot institutlari hisoblanadi. Ayni chog‘da tashkilot yoki korxanalar va ilmiy tadqiqot institutlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish lozim, bu birinchidan ixtiro qilingan «velosiped»ni qayta ixtiro qilishning oldini oladi, ikkinchidan esa fan va texnika rivojlanishiga qaratilgan ilmiy texnik-taraqqiyotning samaradorligini oshirish imkonini beradi.



Download 31,27 Kb.
1   2   3   4




Download 31,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati

Download 31,27 Kb.