|
10-mavzu. Ta’lim muassasasi psixologining psixoprofilaktik faoliyati. Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 62,5 Kb. | | #122147 |
Bog'liq 10-ma\'ruza
10-MAVZU. TA’LIM MUASSASASI PSIXOLOGINING PSIXOPROFILAKTIK FAOLIYATI.
REJA:
1.Ta’lim muassasasida psixologining .proflaktik ishlarini yo’lga qo’yish.
Profilaktika talablari va vazifalari.
Ta’lim muassasasi psixologining profilaktika faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari va shartlari
Tayanch so’z va iboralar: psixoprofilaktika, psixologik yordam, psixologik kuzatuv, psixologik kullab-kuvvatlash, ta’lim sub’ektlarining psixologik madaniyatini shakllantirish, psixologik targibot, psixodiagnostika, psixologik konsultatsiya, psixokorrektsiya, psixologik ekspertiza.
Psixolog ta’lim tizimida faoliyat yuritar yekan tashviqot vazifalarini ham amalga oshiradi. Bunda u pedagogik kengashlarda, ota-onalar majlislarida, o’quvchilar oldida ma’ruza qilish orqali psixologik bilimlarni targ’ibot va tashviqot qiladi. Shu bilan birgalikda OAVda, ya’ni ilmiy va ommabop jurnal va gazetalarda maqolalar chop yettirish hamda radio va televidenieda psixologik bilimlarni ommalashtirish bilan shug’ullanadi.
Psixologik ma’rifatning va tashviqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
o’quvchilarga yeng oddiy psixologik bilimlarni berish va ularning bu bilimlarni yegallashiga yerishish, tengdoshlari va kattalar bilan shaxslararo munosabatlarga kirishish, o’zlarining shaxsiy sifatlari va xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari, layoqatlariga baho bera olish bilan bog’liq bo’lgan bilishga oid qiziqishlarini
rivojlantirish;
o’quvchilarda o’quv jarayoniga, o’qituvchilar va tarbiyachilar bilan muloqotga ijobiy munosabatni shakllantirish;
o’smirlar, yigit va qizlarning jinsiy tarbiyasi, ularning oila psixologiyasi va oilaviy munosabatlar, shaxsiy gigiena va kasalliklarning oldini olish sohasidagi bilimlarni yegallashiga yerishish;
har bir bolaga individual yondashuvni amalga oshirishda pedagoglar, tarbiyachilar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning psixologik kompetentligini oshirish;
individual suhbatlar, ochiq darslar, seminarlar va maslahatlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni targ’ib qilish
|
| |