|
Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko’rsatiladi
|
bet | 3/5 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 62,5 Kb. | | #122147 |
Bog'liq 10-ma\'ruzaPsixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko’rsatiladi:
Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog sog’ bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o’quvchilarni qamrab oladi. Ko’pchilik mualliflarning ta’kidlashicha, maktab psixik sog’liq profilaktikasi uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani o’tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar.
Ikkinchi bosqich profilaktika muammolari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi −o’qishdagi va xulq-atvordagi qiyinchiliklarni iloji boricha yerta aniqlab, ularni yo’qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqich ota-onalar va o’qituvchilarga maslahatni ham o’z ichiga oladi.
Uchinchi bosqich. Psixolog o’qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol ko’rinib turadigan muammolari bor bolalarga o’z diqqatini qaratadi.
Profilaktikaning dastlabki maqsadi − jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va muammolarni yo’qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog oldiga kelgan bola bilan alohida ishlaydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o’quvchilarning asosiy qismi psixolog ye’tiboridan chetda qolib ketadi.
Hozirgi Amerika psixologlari maktablardagi psixologik xizmatni psixik sog’liq xizmati sifatida faoliyat ko’rsatishning tarafdori bo’lib chiqmoqdalar.
Shunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari quyidagilar:
Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish;
Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo’sag’asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o’z vaqtida oldini olish hisoblanadi.
Psixologik yordam. Psixologik kuzatuv. Psixologik qo’llab-quvvatlash.
Psixologik yordam - Markazda ijtimoiy xizmatlar oluvchilarga psixologik yordam ko’rsatadigan psixolog ishlaydi.Ijtimoiy va psixologik yordam quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
- ijtimoiy va psixologik maslahat - maqsadi odamlarga yordam berish, turli xil psixologik muammolarni hal qilishga qaratilgan ijtimoiy va psixologik xizmat;
- ijtimoiy va psixologik yordam va qo’llab-quvvatlash, shu jumladan, doimiy ravishda boshqalarning qaramog’iga muhtoj nogironlar (nogiron bolalar) uchun uyda parvarish qiladigan fuqarolar uchun
-ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya - bu ijtimoiy-psixologik xizmat, uning maqsadi alohida yehtiyojga yega bo’lgan odamni faol ijtimoiy, mehnat faoliyatiga qaytarish, jamiyatga qo’shilishdir,
- ijtimoiy-psixologik patronaj - psixologik noqulaylik yoki shaxslararo ziddiyat va boshqa qiyin vaziyatlarni og’irlashtirishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va ularga ijtimoiy va psixologik yordam ko’rsatish maqsadida mijozlarni muntazam ravishda kuzatib borishdan iborat ijtimoiy-psixologik xizmat.
- ijtimoiy va psixologik ma’lumot berish - mijozlar o’zlariga va boshqa odamlarga birlamchi psixologik yordam ko’rsatishga qodir bo’lgan mustaqil ravishda foydalanadigan xizmat ko’rsatadigan odamlarga hayot uchun foydali psixologik bilimlarni berish
|
| |