Psixologik profilaktika va uning psixologik xizmat faoliyatidagi roli va mazmuni




Download 62,5 Kb.
bet2/5
Sana18.12.2023
Hajmi62,5 Kb.
#122147
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-ma\'ruza
tarmoq, Anora opa 0001 NEW 0001, Babaxanova Sanobar slayd (2), 4488 86 Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi, TASHAKKURNOMA maktablar uchun, SITORA DIPLOM ISHI, Документ Microsoft Word, Chori bobo o\'g\'li Abdusattor, 1-ma’ruza to`plamlar va ular ustida amallar reja To‘plamlar na, funksiyaning hosilasi va uning tadbi, 1-mavzu to‘plamlar va ular ustida amallar reja, Biosensorlar-fayllar.org, Dramatik asar kompozitsiyasi (U. Azim dramalari misolida), Mavzu Klasterli hisoblash tizimlarini qurish va undan foydalani
Psixologik profilaktika va uning psixologik xizmat faoliyatidagi roli va mazmuni
Psixoprofilaktika amaliyotchi psixolog faoliyatining maxsus turi bo’lib, maktabdagi barcha o’quvchilar uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Psixologik profilaktikaning vazifalari quyidagilarni tashkil yetadi:
1. Shaxsning muayyan sharoitga moslashishi (ko’nikishi)ga oid (adaptatsion) ishlarni olib borish:

  1. maktabgacha yoshdagi bolalarning bog’cha sharoitiga moslashishi (buning uchun ijtimoiy moslashish bilan bog’liq bo’lgan maxsus guruhlar tuzish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin bolalar bilan va ularning ota-onalari, tarbiyachilari bilan alohida ishlashni tashkil qilish);

  2. o’rta umumta’lim va yangi tipdagi (innovatsion) maxsus maktablar (gimnaziya,

litsey, kollejlar) o’quvchilarini mazkur muhitga moslashish xususiyatlari.

  1. Bolalarni birinchi bosqichli ta’limga qabul qilishda qatnashish, ularni maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik darajasini aniqlash, o’qituvchilar bilan hamkorlikda o’quvchilar bilan individual (yakka tartibda) ishlash dasturini ishlab chiqish, yangi tipdagi maktablarga, xususan, kollej, litsey va gimnaziyalarga o’quvchilar qabul qilishda faol ishtirok yetish.

  2. O’quvchilarni ta’limning bir bosqichidan ikkinchisiga o’tkazishning kompleks psixologik-pedagogik tadqiqotida bevosita qatnashish, shuningdek, litsey va kollejlarda bir sinfdan boshqa sinfga o’tkazishni psixologik jihatdan tekshirish, o’qituvchilar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ta’limning yangi bosqichiga o’quvchining tayyorgarligini hisobga olgan holda yakka tartibda ishlash dasturini yaratish, shuning bilan birga, ota-onalarga farzandlarining bilimlaridagi uzilishlarni kamaytirish uchun maxsus uslubiy yo’l-yo’riq berish.

  3. Ta’lim-tarbiya, yashash va turmush sharoiti bilan bog’liq nevrotik holatlar, psixologik tanglik hamda zo’riqishni oldini olish uchun bolalar bilan uzluksiz ravishda ishlash. Shaxsning qobiliyati, mayli, moyilligi, iqtidori, psixologik fazilatlari va xususiyatlari to’laqonli darajada namoyon bo’lishini ta’minlash maqsadida ularning aqliy taraqqiyotini aniqlash uchun psixologik konsiliumlar tashkil qilish.

  4. Yangi tipdagi maktablarda yeng qulay psixologik muhitni yuzaga keltirish uchun maxsus ish olib borish; pedagogik jamoada muomala madaniyatini takomillashtirish, (kattalar bilan kattalar o’rtasida); o’quvchilar bilan o’qituvchilar muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish; shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o’qituvchilarga keng ko’lamda maslahatlar berish.

6.O’qituvchilar jamoasi a’zolari o’rtasidagi ruhiy zo’riqish va toliqishni kamaytirish, yo’qotish, ularning oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar qo’llash, muallimlarning kasbiy faoliyati uchun muhim kommunikativ malakalarni tarkib toptirishga ko’maklashish.

  1. Tarbiyaviy ish rejasi amalga oshirilgan va qo’llashga tayyorgarlik ko’rilayotgan tadbirlar ta’sirchanligining bolalar, o’quvchilar, talabalarning yosh va yetnopsixologik xususiyatlariga, ularni kamolotga yetkazish maqsadi va vazifalariga monandligi nuqtai nazaridan tahlil qilish.

  2. Maktabning istiqboli bilan bog’liq bo’lgan, ilmiy jihatdan asoslangan modelini o’quvchilar bilan hamkorlikda yaratish. Umumta’lim va yangi tipdagi maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini psixologik-pedagogik diagnostika qilishda qatnashish, unga o’zgartirishlar, tuzatishlar kiritish, oqibat natijada o’quvchilarning ruhiy jihatdan taraqqiy yetishi muammosini maqsadga muvofiq hal qilinishi uchun xizmat qilsin.

  3. O’quv motivlari, shaxsning yo’nalishi, uni yetnomadaniyat bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlarga yo’naltirish xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayoniga tuzatishlar kiritish. Shaxslararo, yetnik guruhlararo, millatlararo har xil ko’rinishdagi ziddiyatlarning oldini olish uchun psixologik tadbirlarni ishlab chiqish (munozara, bahs uyushtirish, xalqlarning tarixi va madaniyatini oqilona o’rganish, bu sohadagi ijobiy tajribalarga alohida yetibor berish);

10.O’quvchilar, talabalar, xodimlar, muallimlar o’rtasida sodir bo’luvchi har xil nizolarning psixologik ildizini o’rganish, shaxslararo munosabatlarning asl mohiyatini namoyon qilish, ularni keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish, favqulotdagi vaziyatni yengillashtirish va ularni tamoman bartaraf qilish yo’llari yuzasidan maslahatlar berish.
11.Yoshlar o’rtasida aysh-ishratga, giyohvandlikka, yengil turmush kechirishga, qing’ir yo’l bilan boyishga (chayqovchilik, qizlar orasidagi yengiloyoqlikka) ruju qiluvchi shaxslar bilan yakka tartibda ishlashni yo’lga qo’yish. Og’ir kasalliklarga uchragan o’quvchilar, o’qituvchilar, talabalar ruhiyatini tetiklashtirish abadiyat qonuni bilan ularni tanishtirish, pessimistik kayfiyatdan voz kechib, ularni shukrona qilib yashashga o’rgatish yuzasidan tavsiyalar berish, bevaqt halokatning oldini olish.

  1. Xulqi, xatti-harakati buzilgan o’rta va oliy maktab o’quvchilari, muallimlari, talabalari bilan yakka tartibda ish olib borish.

  2. O’zlashtirmovchi o’quvchilar va talabalar ruhiy dunyosidagi nuqsonlarni aniqlash, ularga yordam berish yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq qilish hamda korreksion ishga muhtoj kishilarning individual-psixologik

xususiyatlarini hisobga olish.
14.O’z-o’zini boshqarish imkoniyatini o’rta va oliy maktab jamoalari a’zolari o’rtasida aniqlash(bioritmika, yemotsiya, motivatsiya, iroda, qiziqish va diqqatni shaxs tomonidan idora qilinishi nazarda tutiladi).
15. Tarbiya va ta’limning yangi metodlari samaradorligini tekshirish va boshqalar.
Psixoprofilaktik ish - amaliyotchi psixologning yeng kam ishlangan faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Psixoprofilaktika muammolari ko’proq Amerika adabiyotlarida aks yetgan.

Download 62,5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 62,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Psixologik profilaktika va uning psixologik xizmat faoliyatidagi roli va mazmuni

Download 62,5 Kb.