• Impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok o‘zgartkichining noreversiv va reversiv kuch sxemalari. Tayanch so’zlar
  • 10-Mavzu: To’g’ri burchakli impulslar generatorlari haqida umumiy ma’lumot. Reja: Impuls generatorlari




    Download 231.5 Kb.
    bet1/2
    Sana18.09.2023
    Hajmi231.5 Kb.
    #82436
      1   2
    Bog'liq
    10-Mavzu
    Kiber xavfsizlik mavzukar va topshiriqlar, Azimov Aziz Obyektivka, СТИПЕНДИЯ НИЗОМ, meva sharbat majmua, Matematika o\'qitish metodikasi (1), Презентация1, Agrokimyo.Сатторов-Ж, O\'rtacha va kuchli shorlangan erlarni o\'zlashtirish texnologiyas, Ovqat resepti, 1 маъруза, asosiy texnologik jarayon va qurilmalar (2), 1-topshiriqlar..., 9-Mavzu, TGjFJ2Vy1INkZ4FuT72tTvy9SKIEIS96anVTRIn3

    10-Mavzu: To’g’ri burchakli impulslar generatorlari haqida umumiy ma’lumot.
    Reja:

    1. Impuls generatorlari.

    2. Impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok o‘zgartkichining funksional sxemasi.

    3. Impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok o‘zgartkichining noreversiv va reversiv kuch sxemalari.

    Tayanch so’zlar: Impuls, generator, chastota, quvvat, klapin.
    Impulslar generatori - kuchlanish yoki tok impulslari hosil qiladigan qurilma. Hosil boʻladigan impulslar muddati (1 s dan 10 ne gacha), takrorlanish chastotasi (0,1 Gs dan 100 MGs gacha), generatsiyalanadigan tebranishlar shakli (toʻgʻri toʻrtburchak, oʻtkir uchli, arrasimon va b.) boʻyicha farqlanadigan bir necha turi bor. I. g . bir kanalli (bir chiqishli) va kup kanalli (ikki va undan ortik, chiqishli) qilib ishlab chiqariladi. Bunda chiqish signallari turli qutbli va darajali boʻladi. I. g .da tebranish konturi boʻlmaydi, impulslar elektron klapanlarning ochilib-yopilib turishidan hosil boʻladi. Klapanlar sifatida transformator, elektr lampa yoki diodlar ishlatiladi. Elektron klapan berk vaktida energiya yigʻiladi, ochilishi bilan tashqi zanjirga impuls shaklida uzatiladi. I. g . radiotexnika va radioelektron apparatlarda, radiolokatsiya va hisoblash texnikasida qoʻllaniladi.

    Kichik quvvatli (bir necha kilovatgacha bo‘lgan) o‘zgarmas tok elektr yuritmalarda uzluksiz xarakterdagi o‘zgarmas tok kuchlanishi kengligi boshqariladigan impulslarga o‘zgartirilib elektr motorlarni boshqarish keng qo‘llash taraqqiy etmoqda. Bunday turdagi o‘zgartkichlarning asosini impulsning amplituda va chastota qiymatlari o‘zgarmas qoldirilib, faqat kengligini o‘zgartiradigan modulyator (IKM) tashkil etadi. Impuls kengligi boshqariladigan o‘zgartgichlar (IKBO‘) TO‘larga qaraganda tezlikni rostlash oralig‘i katta, ya’ni yuqori darajada bo‘lishi bilan, motorning tok bo‘yicha yuklanishi katta bo‘lishi va tarmoq kuchla-nishining formasiga ta’siri kam bo‘lishi bilan ijobiy farqlanadi.
    IKBO‘ning funksional sxemasi 2a – rasmda tasvirlangan bo‘lib, yuklanishdagi kuchlanishning o‘rtacha qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi
    , (1)
    bu yerda UT – manba kuchlanishi; impuls chuqurligi; Tk – kommutatsiya davri; kommutatsiya davrining ishchi qismi.
    (1) – tenglamadan ko‘rinib turibdiki, yuklanishdagi kuchlanishning qiymati UT = sonst bo‘lganidagina impuls chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi (2v – rasm).

    2 – rasm. Impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok o‘zgartkichining funksional sxemasi (a), blok – tizim modeli (b) va kuchlanishlar diagrammasi (v)

    IKBO‘ ning elektrormexanik tizim elementi sifatidagi blok – tizim ko‘rinishidagi modeli ikki blokdan, ya’ni B1 bloki – impuls kengligi modulyatori (IKM) dan va B2 bloki – kommutator (K) dan iborat bo‘ladi (2b – rasm).


    IKMning vazifasi Ub boshqaruv kuchlanishining qiymatiga mos keluvchi kenglikdagi impulslarni hosil qilishdir. Boshqariladigan kenglikdagi impulslarni hosil qilishning ikki xil usuli mavjud bo‘lib, ulardan biri faza oralig‘i boshqariladigan ikki to‘g‘ri burchakli impulslarni qo‘shish asosida (3a – rasm); bunday qurilma to‘g‘ri burchakli kuchlanishlarni hosil qiluvchi MV1 va MV2 multvibratorlardan, faza siljitish qurilmasi FSQ dan hamda chiqish kuchlanishlarini qo‘shuvchi va to‘g‘rilovchi qurilma TQQ dan iborat bo‘ladi.
    3b – rasmda kerakli impuls chuqurligiga ega bo‘lgan natijaviy impulslarni hosil qilinishi kuchlanishlar diagrammasi orqali tasvirlangan.



    3 – rasm. Multvibratorli IKMning funksional sxemasi (a) va kuchlanishlar diagrammasi (b)


    Ikkinchi usul ma’lum chastota va formaga ega bo‘lgan tayanch kuchlanishi UTK bilan boshqaruv kuchlanishi Ub ni qo‘shish natijasida impuls kengligi boshqariladigan signal hosil qilinadi. 4 – rasmda shunday impuls kengligi modulyatori IKM ning funksional sxemasi tasvirlangan bo‘lib, bu yerda TKG – tayanch kuchlanish generatori, SQ – solishtirish qurilmasi, BQ – bo‘sag‘a qurilmasi, BITQ – boshqariluvchan impulslarni tashkil qiluvchi qurilma. Tayanch kuchlanishi generatori TKG dan chiqqan UTK SQ da boshqaruv kuchlanishi Ub bilan solishtirilib, ularning ayirmasi BQ ga uzatiladi. UTK ning formasi arrasimon bo‘lib, chastotasi fTK = 1/TK ga teng bo‘ladi. Agar BQ dagi signal UTK Ub > 0 bo‘lsa, BQ dan chiqayotgan signal maksimal darajada («bir» signal) bo‘ladi va bu signallar BITQ ga yuboriladi, hamda TKGning signali bilan solishtirilib, kommutatorni boshqarish uchun impulslar UIKM ishlab chiqaradi.






    Download 231.5 Kb.
      1   2




    Download 231.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-Mavzu: To’g’ri burchakli impulslar generatorlari haqida umumiy ma’lumot. Reja: Impuls generatorlari

    Download 231.5 Kb.