• Nazorat savollari 1.Mantiqiy element deb nimaga aytiladi 2.Va mantiqiy elementi ishlash asoslari qanday 3.Yoki yo’q elementi nima Fodalanilgan adabiyotlar
  • 1. Mantiqiy elementlar va ularning parametrlari. “Va” “Yoki” va “Va-yo‘q” mantiqiy elementlari. Tayanch so‘zlar




    Download 0.77 Mb.
    Sana18.09.2023
    Hajmi0.77 Mb.
    #82439
    Bog'liq
    9-Mavzu
    Kiber xavfsizlik mavzukar va topshiriqlar, Azimov Aziz Obyektivka, СТИПЕНДИЯ НИЗОМ, meva sharbat majmua, Matematika o\'qitish metodikasi (1), Презентация1, Agrokimyo.Сатторов-Ж, O\'rtacha va kuchli shorlangan erlarni o\'zlashtirish texnologiyas, Ovqat resepti, 1 маъруза, asosiy texnologik jarayon va qurilmalar (2), 1-topshiriqlar..., 10-Mavzu, TGjFJ2Vy1INkZ4FuT72tTvy9SKIEIS96anVTRIn3

    9-Mavzu: Mantiqiy elementli impuls shakllantirgichlarning sxemalari va ularning ishlash asoslari.
    Reja:
    1. Mantiqiy elementlar va ularning parametrlari.
    2.“Va” “Yoki” va “Va-yo‘q” mantiqiy elementlari.
    Tayanch so‘zlar: Mantiqiy element, va, yo‘q, yoki, emas, implus, integral sxema, signal.
    Mantiqiy element (ME) deb kirish signallari ustida aniq bir mantiqiy amal bajaradigan elektron qurilmaga aytiladi. RIS yaratishda faqat FTM funksiyalarini amalga oshiruvchi MElar qo‘llaniladi. Ular negiz MElar deb ataladi. Ko‘p hollarda RISlar HAM-EMAS (Sheffer ME) yoki YOKI-EMAS (Pirs ME) funksiyalarini amalga oshiruvchi negiz MElar asosida tuziladi. Raqamli (mantiqiy) elektron qurilmalar turli belgilariga ko‘rasinflanishlari mumkin. Ishlash prinsipiga ko‘ra barcha MElar ikki sinfga bolinadilar: kombinatsion va ketma-ketli. Kombinatsion qurilmalar yoki avtomatlar deb, chiqish signallari kirish o‘zgaruvchilari kombinatsiyasi bilan belgilanadigan, ikkita vaqt momentiga ega b o‘lgan, xotirasiz mantiqiy qurilmalarga aytiladi. Kombinatsion qurilmalar yoki HAM-EMAS, YOKI-EMAS va boshqa alohida elem entlar yordamida, yoki o‘rta ISlar, yoki katta va o‘ta katta IS tarkibiga kiruvchi ISlar ko‘rinishda tayyorlanadi. Mazkur va keyingi boblarda faqat kombinatsion MElarni ko'rib chiqamiz. Ketma-ketli qurilmalar yoki avtomatlar deb, chiqish signallari kirish o‘zgaruvchilari kombinatsiyasi bilan belgilanadigan, hozirgi va oldingi vaqt m omentlari uchun, ya’ni kirish o'zgaruvchilarining kelish tartibi bilan belgilanadigan, xotirali mantiqiy qurilmalarga aytiladi. Ketm aketli qurilmalarga triggerlar, registrlar, hisoblagichlar misol bo‘la oladi.Ikkilik axborotni ifodalash usuliga ko‘ra qurilmalar potensial vaimpuls raqamli qurilmalarga bo‘linadi. Potensial raqamli qurilmalarda mantiqiy 0 va mantiqiy 1 qiymatlariga elektr potensiallaming um uman bir-biridan farqlanuvchi: yuqori va past sathlari belgilanadi. Impuls raqamli qurilmalarda mantiqiy signal qiymatlariga (0 yoki 1) impulslar sxemasi chiqishida ma’lum davomiylik va amplitudaga ega bo‘lgan impulsning mavjudligi, ikkinchi holatiga esa — impulsning yo‘qligi to‘g‘ri keladi. Ko‘rib o ‘tilgan kodlash usullarining har biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Raqamli qurilmalarning ko‘pi potensial sinfga mansub. Mantiqiy signalni potensial usulda kodlashda, potensial (kuchlanish)ning qay bir sathi mantiqiy 1 deb olin ishi ahamiyatga ega emas. Bu kuchlanishning qutbi ham ahamiyatga ega emas. Shu sababli amaliyotda yoki mantiq turi, yoki kuchlanish qutbi, yoki ham u, ham bu ko‘rsatkichi bilan farqlanuvchi to ‘rtta kodlash variantidan biri uchrashi mumkin. Mantiqiy 0 va 1 larni har bir variantda kodlash usullari 5.1-jadvalda keltirilgan. Mantiqiy o ‘zgaruvchini potensial kodlash usulida ixtiyoriy mantiqiy funksiya qayta ulagichlar yoki elektron kalitlar asosida yaratiladi.Elektron kalit yoki ventil deb shunday elektron qurilmaga aytiladiki, uning kirishdagi boshqaruv kuchlanishi qiymatiga bog'liq holda ikkita turg'un holatdan birida: uzilgan yoki ulangan bo‘lishi mumkin.
    5.1-jadval

    “Va” mantiqiy elementi.
    “Va” mantiqiy elementini ayrim hollarda “hammasi yokihech narsa” elementi ham deyishadi. Mexanik o‘chiribyoqgichlar orqali “Va” mantiqiy elementini ishlash printsipini ko‘rsatish mumkin. Kalitlar ketma-ket ulangan bo‘lsin: L1 lampani yoqish uchun nima qilish kerak? Buning uchun ikkala kalitni ham yopish kerak, boshqacha qilib aytganda L1 lampa yonishi uchun A kalit va B kalitni ham yopish kerak. “Va” mantiqiy elementini integral sxemalar korpusida bo‘lgan va tranzistorlarda ko‘p yig‘ilgan. “Va” mantiqiy elementini sxemada ko‘rsatish uchun quyidagi belgilashdan foydalaniladi.

    5.1-rasm “Va” mantiqiy elementi Ava B kirish kalitlariga ulangan. Chiqish indikatori bo‘lib svetodiod xizmat qilsin. Agar A va B kirish joylarida Past” mantiqiy darajali signal (er) paydo bo‘lsa, u holda svetodiod yonmaydi. Ushbu holatda quyidagi jadvalda keltirish mumkin.

    5.2-jadval

    Shunday qilib rostlik jadvali “Va” mantiqiy elementining ishlashi haqida to‘liq ma’lumot beradi, ya’ni “Va” mantiqiy funktsiyani tasvirlaydi. “Va” mantiqiy elementi uchun kiritilgan belgilash “A va B kirish signallari “Va” mantiqiy funktsiyasi bilan bog‘langan bo‘lib, chiqishda Y signal paydo bo‘ladi” deb o‘qiladi. Ushbu tasdiqning qisqartirilgan ifodasi BUL IFODASI (A&B) deyiladi. BUL ifodasi – universal til bo‘lib, injenerlar va texnik xodimlar tomonidan raqamli texnikada keng qo‘llaniladi. “Yoki” mantiqiy elementi ayrim hollarda“hech bo‘lmasa birortasi yoki hammasi” deb ham yuritiladi.Oddiy o‘chirib-yoqgichlar yordamida “yoki” mantiqiy elementini ishlash printsipini quyidagicha tasvirlash mumkin.

    5.2-rasm• Chizmadan tushunarliki hech bo‘lmasa bitta kalit yoki ikkalasi ham yopiq bo‘lsagina L1lampa yonadi. “Yoki” mantiqiy elementi uchun rostlik jadvali quyidagicha bo‘ladi:






    Nazorat savollari
    1.Mantiqiy element deb nimaga aytiladi?
    2.Va mantiqiy elementi ishlash asoslari qanday?
    3.Yoki yo’q elementi nima?
    Fodalanilgan adabiyotlar
    1.XALIKOV ABDULXAQ ABDULXAIROVICH MUXAMEDOVA DILFUZA BATIROVNA "AVTOMATIKA ASOSLARI VA IMPULS TEXNIKASI"
    Download 0.77 Mb.




    Download 0.77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mantiqiy elementlar va ularning parametrlari. “Va” “Yoki” va “Va-yo‘q” mantiqiy elementlari. Tayanch so‘zlar

    Download 0.77 Mb.