• NAZORAT SAVOLLARI
  • 10-Mavzu: To’g’ri burchakli impulslar generatorlari haqida umumiy ma’lumot. Reja: Impuls generatorlari




    Download 231.5 Kb.
    bet2/2
    Sana18.09.2023
    Hajmi231.5 Kb.
    #82436
    1   2
    Bog'liq
    10-Mavzu
    Kiber xavfsizlik mavzukar va topshiriqlar, Azimov Aziz Obyektivka, СТИПЕНДИЯ НИЗОМ, meva sharbat majmua, Matematika o\'qitish metodikasi (1), Презентация1, Agrokimyo.Сатторов-Ж, O\'rtacha va kuchli shorlangan erlarni o\'zlashtirish texnologiyas, Ovqat resepti, 1 маъруза, asosiy texnologik jarayon va qurilmalar (2), 1-topshiriqlar..., 9-Mavzu, TGjFJ2Vy1INkZ4FuT72tTvy9SKIEIS96anVTRIn3
    UИКМ

    4 – rasm. Tayanch kuchlanish generatorli IKMning funksional sxemasi

    Kommutatordagi tiristor yoki tranzistorlar kalit rejimida ishlab, ularning ishlash taktlari IKMdan chiqqan signallarning ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir. Tayanch kuchlanishi formasi arrasimon bo‘lganda, IKBO‘ning o‘rtacha kuchlanish tavsifi to‘g‘ri chiziqli funksiyani beradi




    , (2)
    bu yerda IKBO‘ning kuchaytirish koeffisenti.
    IKBO‘ ning kuch sxemasi kommutasion ish rejimida ishlaydigan tiristorlar yoki kuch tranzistorlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Agar tiristorli elektr yuritmalarda tiristorlar tabiiy kommutasion rejimda ishlasa, IKBO‘li elektr yuritmalarda esa tiristorlar sun’iy kommutasion ish rejimdia ishlashi bilan farq qiladi. IKBO‘ larning quvvati 0,5 kVt gacha (kuchlanishi 110 V), tokining esa cheklanish qiymati 2 2,5 A bo‘lgan qurilmalarda ishchi sxema kuch tranzistorlari asosida yaratiladi. Bu avvalambor, hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan kuch tranzistorlarining tok bo‘yicha imkoni chegaralanganligi, boshqarish sxemalarining murakkabligi va ayniqsa, tranzistorlar ketma – ket ulangan bo‘lsa yanada murakkablashishi, bu yarim o‘tkazgichlarni IKBO‘ning ishchi sxemalarida keng qo‘llanilishiga imkon bermaydi. Kuchlanish va tok qiymatlari bo‘yicha tranzistorlarning imkoniyati past bo‘lgani uchun ham katta qiymatli tok va kuchlanishga mo‘ljallangan qurilmalarda katta quvvatga ega tiristorlarni qo‘llash ishchi sxemalarini soddalashtirishga va ularni boshqarishni osonlashtirishga olib keladi. Tiristorlar ham ba’zi juziy kamchiliklardan xoli emas, chunonchi sun’iy kommutatsiyaning zaruriyligi rostlash tizimining murakkablashishiga olib keladi; tok qiymati yuklanish tokining qiymatiga teng bo‘lganda o‘z – o‘zidan o‘chib qolishi; tiristorni ochiq holda ushlab turish uchun kerak bo‘lgan tok qiymatining kichikligi; yuklanishning xarakteri induktiv bo‘lganda tiristorlarni ochiq holda ushlab turish uchun tokning kerak bo‘lgan qiymati darajasigacha o‘sishi uchun kechga qolish vaqtining mavjudligidir.
    Noreversiz IKBO‘ning ishchi sxemasi sodda bo‘lib, tiristor kalit V1 dan va diod D1dan iboratdir (5a – rasm). Yuklagich Zyuk dagi kuchlanish quyidagi formula yordamida aniqlanadi
    . (3)
    D1 ning vazifasi kommutatorning T - tul vaqt oralig‘ida, ya’ni o‘chiq holatida o‘zinduksiya EYuK ta’sirida yuklanishda tokning uzilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Reversiz IKBO‘ning ishchi sxemasi ko‘prik sxema asosida bo‘lib, kalitlarning kommutatsiyasi turli qonuniyatlar asosida bajarilishi mumkin (5b – rasm). Tiristorlarni simmetrik boshqarish usuli bilan ochganimizda tul vaqtida tiristorlar jufti V1 va V3 ishlab, V2 va V4 tiristorlar o‘chirilgan bo‘ladi. Bunday kommutatsiya yuklanishda har xil ishorali impuls EYuK hosil qiladi,
    (4)
    va bu reversiv IKBO‘ning o‘rtacha kuchlanishini beradi.

    5– rasm. IKBO‘ning noreversiv (a) va reversiv (b) kuch sxemalari
    Bunday kommutatsiya usulida ishlayotgan IKBO‘ning kuchlanishi UO‘RT = 0 bo‘lganida yuklanishdan o‘tayotgan tok uzilib qolmaydi va o‘zgartkichning tashqi tavsifi chiziqli xarakterga ega bo‘ladi. Tok pulsatsiya darajasining yuqori bo‘lishi IKBO‘ larning asosiy kamchiliklaridir.
    Tiristorlarni nosimmetrik boshqarganimizda IKBO‘ning chiqishidagi kuchlanish bir qutbli impluslardan iborat bo‘ladi. Har qaysi tiristorli juft kalitlar tul + Tk vaqt oralig‘ida va bitta tiristor kalitning boshqasiga nisbatan Tk davrga siljishi vaqtida ulanishi bilan xarak-terlanadi. Tiristorlarning navbat bilan ishlash tartibi quyidagicha: V1, V3 – V1 – V1, V3 – V3 – V1, V3 va h.k. tul vaqt oralig‘ida ikkala tiristor ulangan holda impuls EYuK hosil bo‘lib, bir tiristor ulangan t0 vaqt oralig‘ida impuls EYuK hosil bo‘lmay balki o‘zinduksiya toki ulangan tiristor va diod orqali yopiq kontur hosil qiladi. EYuK qutblarini o‘zgartirish uchun juft tiristorlar V2 va V4 ulanadi. Agar yuklanish vazifasini o‘zgarmas tok motori bajarganda IKBO‘ ning muhim ko‘rsatkichi bo‘lgan tok pulsatsiyasini aniqlaymiz
    , (5)
    bu yerda Rya – motor yakor zanjirining aktiv qarshiligi, Om.
    Tya – yakor zanjirining elektromagnit vaqt doimiyligi, s; k – sxema koeffisienti: bir qutbli EYuK impulslar uchun k = 1, har xil qutbli EYuK impulslar uchun esa k = 0,5.
    (5) – tenglamadan ko‘rinib turibdiki, nosimmetrik kommutatsiya rejimida ishlayotgan IKBO‘ning tok pulsatsiyasining darajasi simmetrik kommutatsiya rejimiga nisbatan ikki martaba kam bo‘ladi va shu bilan birga IKBO‘ning nosimmetrik qonuniyati bilan ishlaydigan kommutatsiyalanuvchi sxemalarning afzalliklari yaqqol ko‘rinadi.


    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok o‘zgartkichining qanday asosda ishlaydi va uning asosiy bloki qanday blok?


    2. Reversiv impuls kengligi boshqariladigan o‘zgarmas tok o‘zgartkichining kuch sxemasi qanday ishlaydi?
    Download 231.5 Kb.
    1   2




    Download 231.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-Mavzu: To’g’ri burchakli impulslar generatorlari haqida umumiy ma’lumot. Reja: Impuls generatorlari

    Download 231.5 Kb.