• Turli kesim yuzali nayda oqayotgan siqilmas suyuqlik tezliklarining moduli, suyuqlik kesim yuzalariga teskari proporsional bo‘ladi.
  • Suyuqlikning oqim tezligi katta bo‘lgan joylarida uning bosimi kichik va aksincha oqim tezligi kichik bo‘lgan joylarida katta bo‘ladi.
  • 10-sinf fizika darsligi asosida 20-mavzu




    Download 0,74 Mb.
    Sana23.11.2023
    Hajmi0,74 Mb.
    #104259
    Bog'liq
    SHAHZOD
    resume, BUXGALTERIYA HISOBINING SUB, 14-bob

    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI TRANSPORT VA LOGISTIKA FAKULTETI AVTOMOBIL SERVIS YO’NALISHI K-104-21 GURUH TALABASI AXMEDOV SHAHZODNING GIDRAVLIKA VA GADRAVLIK YURITMALAR FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

    • 10-sinf fizika darsligi asosida 20-mavzu:
    • Suyuqlik va gazlar harakati, oqimning uzluksizlik teoremasi. Bernulli tenglamasi
    • Siz tinch holatda turgan suyuqlik va gazlarning idish devoriga bosim berishi haqida bilib olgansiz.
    • Tabiatda va turmushda suyuqlik tinch holatdan tashqari, harakatda ham bo‘ladi. Ariq, kanal, daryolar va vodoprovod quvurlarida oqayotgan suvda qanday kuchlar vujudga keladi?
    • Buni o‘rganish uchun ariqda oqayotgan suv yuzasi holatini bir eslab ko‘raylik.
    • Suvi mo‘l, keng kanalda sekin oqayotgan suvning o‘rta qismi bir tekisda, taxminan bitta chiziq bo‘ylab, harakat qiladi.
    • Buni suvda birga oqib kelayotgan cho‘plar harakatini kuzatib ishonch hosil qilish mumkin (4.14-rasm).
    • Bunday oqim qatlamli yoki laminar oqim deyiladi.
    • Tog‘dan tushib kelayotgan ariq suvi tez oqadi.
    • Unga tashlangan mayda cho‘plar, barglar harakati kuzatilsa, ko‘pchilik joylarida girdob, ya’ni uyurma ko‘rinishidagi harakatlar hosil bo‘ladi (4.15-rasm.)
    • Bunday oqimga turbulent oqim deyiladi. Demak, suyuqlik biror-bir nayda oqqanda suyuqlikning nay devorlariga ishqalanishi tufayli qatlamlarning siljishi nayning o‘rta qismida tezroq, chetki qismlarida sekinroq bo‘lar ekan.
    • Ishqalanishni hisobga olmagan holda, suyuqlikning ko‘ndalang kesim yuzasi o‘zgaradigan nay bo‘ylab oqishini qaraylik (4.16-rasm)
    • Suyuqlik nayning S1 yuzaga ega bo‘lgan qismiga v1 tezlik bilan kirib, S2 yuzali qismidan v2 tezlik bilanchiqib ketadi. Kichik bir Δt vaqt ichida S1 yuzadan m1 massali suyuqlik, S2 yuzadan m2 massali suyuqlik oqib o‘tadi.
    • Massaning saqlanish qonuniga asosan m1 = m2 . Massalar o‘rniga suyuqlik zichligi ρ va hajmi V orqali ifodasini qo‘ysak ρ1 S1 v1 Δt = ρ2 S2 v2 Δt. Suyuqlikning siqilmasligi hisobga olinsa, ρ1 = ρ2 bo‘ladi. U holda S1 v1 Δt = S2 v2 Δt bo‘ladi.
    • Tenglikning ikkala tomonini Δt ga bo‘lib yuborsak,
    • S1 v1 = S2 v2 (4.7)
    • ga ega bo‘lamiz. Olingan natijani quyidagicha ta’rifl ash mumkin:
    • Bunga siqilmas suyuqlik uchun oqim uzluksizligi tenglamasi deyiladi.
    • Shunday qilib, oqim nayining keng qismida suyuqlik tezligi kichik, tor joyida esa katta bo‘ladi.
    • Vodoprovod shlangidan suv sepayotganda suvni uzoqroqqa sepish uchun shlang uchi qisiladi. Harakatlanuvchi suyuqliklarda bosimning taqsimlanishini qaraylik.
    • Tepa qismida ingichka o‘lchov naylari ulangan, turli yuzali nay bo‘ylab suyuqlik oqayotgan bo‘lsin (4.17-rasm).
    • Suyuqlik statsionar oqimida har bir o‘lchov naylari bo‘ylab suyuqlik ko‘tariladi.
    • Suyuqlik ustunlarining balandliklariga ko‘ra nayning devorlariga berayotgan bosimi haqida fikr yuritish mumkin.
    • Tajribalar shuni ko‘rsatadiki nayning keng qismidagi bosim, uning tor qismiga nisbatan katta bo‘ladi. Oqim uzluksizligi tenglamasiga muvofiq nayning keng qismida oqim tezligi kichik, tor qismida katta bo‘ladi. Bundan quyidagi xulosani olamiz:
    • Suyuqlikning oqim tezligi katta bo‘lgan joylarida uning bosimi kichik va aksincha oqim tezligi kichik bo‘lgan joylarida katta bo‘ladi.
    • Suyuqlik bosimining oqim tezligiga bog‘liqligining matematik ifodasini 1738-yilda D. Bernulli aniqlagan edi.
    • Bernulli tenglamasini suyuqlik oqimiga mexanik energiyaning saqlanish qonunini qo‘llab chiqarish mumkin.
    • Suyuqlik oqayotgan ko‘ndalang kesim yuzasi o‘zgaradigan nayni gorizontga nisbatan qiya holda o‘rnataylik (4.18-rasm.)
    • Nayning keng qismidagi AB yuzasidan boshlab ma’lum bir suyuqlik hajmini ajratib qaraylik. Bu hajm oqib o‘tishi uchun t vaqt kerak bo‘lsin.
    • Suyuqlik siqilmas bo‘lganligidan shu vaqt davomida nayning tor qismidagi CD yuzasidan ham shuncha hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi.
    • Suyuqlikning AB yuzasini S1, undan oqib o‘tish tezligini v1 va CD yuzasini S2, undan oqib o‘tish tezligini v2 bilan belgilaylik. Bosim kuchlari F1 va F2 hamda ajratib olingan hajmdagi suyuqlik og‘irlik kuchi ta’sirida t vaqt davomida o‘ng tomonga siljiydi. Bunda bajarilgan ish
    • A = A1 + A2 = F1 l 1 – F2 l 2 = p1 S1 v1 Δt + p2 S2 v2 Δt.
    • Suyuqlikning statsionar oqimida A1 B1 va CD oraliqda (4.18-rasmda shtrixlangan yuza) gi suyuqlikning energiyasi o‘zgarmaydi, ya’ni ABB1 A1 hajmni egallagan suyuqlik ko‘chib, CDD1 C1 hajmni egallaydi.
    • Energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra tashqi kuchlarning bajargan ishi energiya o‘zgarishiga teng:

    Download 0,74 Mb.




    Download 0,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-sinf fizika darsligi asosida 20-mavzu

    Download 0,74 Mb.