• Yangi dars bayoni
  • O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________ Sana “ ”_____________________201___-yil.
  • O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya: B1
  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: B1
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: B1
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: B1
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya: B1
  • 10-sinf (haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat,




    Download 1,42 Mb.
    bet4/11
    Sana28.12.2019
    Hajmi1,42 Mb.
    #5866
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11



    Darsning maqsadi:

    • o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;

    • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

    • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

    • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

    Dars materiallari va jihozlari:

    1.,, BIOLOGIYA“ darsligi. .

    2.,,Mavzuga oid chizmalar

    3.Doska, bo‘r, daftar.

    4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.

    I. Tashkiliy qism:

    5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

    6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

    II. Darsning mazmuni:

    7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

    8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

    9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..

    III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:

    11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.

    Yangi dars bayoni:

    Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional, rivojlanish birligi. Barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilgan, hayotiy jarayonlar hujayrada amalga oshadi. Shuning uchun ham hujayra hayotning tuzilish, funksional, rivojlanish va irsiy birligidir. Shu bilan birga hujayra o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ma’lum qonuniyatlar asosida mavjud bo‘lgan biologik sistemadir.

    Hayotning tuzilish birligi sifatida hujayra biomolekulalardan tashkil topgan tizim sanaladi. Hujayraning tizim sifatidagi xususiyatlari ko‘p jihatdan molekula darajasiga, ya’ni uning komponentlari va shu komponentlarning faoliyatida aks etadi. DNK molekulasi hujayra oqsillari sintezi jarayonlarining boshqarilishini belgilovchi genetik kodni saqlaydi. Hujayraning asosiy membranali tuzilmalari lipid va oqsil molekulalardan tashkil topgan (19-rasm). Molekular darajada DNK reduplikatsiya jarayoni mexanizmlari aks etsa, hayotning hujayra darajasida bu jarayon hujayraning faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi. Hayotning hujayra darajasi kimyoviy birikmalarning komplekslari, plazmatik membrana, organoidlar, yadro kabi tarkibiy qism (komponent)lardan iborat. Hujayraning yaxlit tizim sifatidagi xususiyatlarini bu komponentlarning

    o‘zaro munosabatlari belgilaydi.


    Hayotning hujayra darajasida DNK va RNK ning biologik funksiyalari, matritsali sintez reaksiyalari, hujayra hayotiy jarayonlarining fermentativ boshqarilishi kabi muhim hodisalar sodir bo‘ladi. Hujayra darajasidan boshlab genetik axborotni nasldan naslga o‘tkazish orqali avlodlar davomiyligi va hayotning uzluksizligi ta’minlanadi. Evolutsiya natijasida hujayralarning ixtisoslashuvi tufayli bir-biridan shakli, jarayonlari, funksiyalari bilan farqlanadigan xilma-xil hujayralar kelib chiqqan. Bu esa o‘z navbatida to‘qima va organlarning paydo bo‘lishi va pirovardida mustaqil hayot kechiradigan yaxlit tizim, ya’ni ko‘p hujayrali organizmlarning kelib chiqishiga olib keldi. Shuning uchun ham hujayra tiriklikning eng kichik tuzilish va funksional birligi hisoblanadi (20-rasm).

    Teodor Shvann va Mattias Shleyden hujayra haqida to‘plangan malumotlarga asoslanib hujayra nazariyasini yaratdilar (1838–1839-yillar). O‘simlik va hayvon organizmlari uchun umumiy hisoblangan hujayraviy tuzilish tamoyillarini ko‘rsatib berdilar. Hujayra nazariyasining bundan keyingi rivojlanishi ko‘pgina kashfi yotlarga bog‘liq. Rudolf Virxov hujayrasiz hayot yo‘qligi, hujayra faqat avval mavjud hujayralarning bo‘linishidan paydo bo‘lishi, hujayra hayotning hamma xossalariga ega bo‘lgan eng kichik morfologik element ekanligi va hujayraning

    asosiy struktura elementi protoplazmasi bilan yadrosi ekanligini isbot qilib berdi. Karl Ber barcha ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishi bitta tuxum hujayradan boshlanishini isbotladi.

    IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:12.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.13.Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.

    V. Dars yakunlarini chiqarish: O‘qituvchio‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

    VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

    O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________


    Sana “ ”_____________________201___-yil.

    Mavzu: MODDALAR ALMASHINUVI – HUJAYRA HAYOTIY FAOLIYATINING ASOSI


    O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

    Kommunikativ kompetensiya:

    B1

    o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lishi, o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarni ishlata olishi;

    mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qilish; kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish.

    B1+

    maktab, mahalla, jamoat joylari, oilada, sinfda o‘rtoqlari bilan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga amalga qilgan holda muloqotga kirishish.



    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

    B1

    o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi;

    darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;

    matndan foydalanib savollarga javob topish, amaliy xarakterdagi topshiriq­larni bajara olish.



    B1+

    mediamanbalardan izlab topilgan ma’lumotlarni saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish;

    jadval, diagramma, sxemalar tuza olish, tushuncha, qoidalarni topa olish;

    mediavositalaridan hayvonot olami haqidagi ma’lumotlar va axborotlarni izlab topa olish.



    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

    B1

    biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish;

    tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila olish.

    B1+

    o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirishi, hayot davomida mustaqil holda o‘qib-o‘rganishi, bilim va tajribani muntazam oshirib borishi zarur.



    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

    B1

    o‘quvchi biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajribalar olib borish.

    jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish;

    B1+

    tirik organizmlarning o‘ziga xos jihatlarini bilishi, ularning salbiy tomonlarini o‘zidan kichik bo‘lgan yoshlarga o‘rgatish jarayonida faol ishtirok etishi.



    Milliy va umummadaniy kompetensiya:

    B1

    biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish;

    insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi.

    B1+

    madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;



    badiiy-ijodiy qobiliyatlarini namoyish qila olishi (turli grafik rasmlar, referatlar, xabarlarning dizayni).



    Download 1,42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-sinf (haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat,

    Download 1,42 Mb.