• Yangi dars bayoni
  • O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________ Sana “ ”_____________________201___-yil.
  • O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya: B1
  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: B1
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: B1
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: B1
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya: B1
  • Darsning qismlari Belgilangan vaqt. 1.
  • 10-sinf (haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat,




    Download 1,42 Mb.
    bet3/11
    Sana28.12.2019
    Hajmi1,42 Mb.
    #5866
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


    Darsning maqsadi:

    • o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;

    • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

    • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

    • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

    Dars materiallari va jihozlari:

    1.,, BIOLOGIYA“ darsligi. .

    2.,,Mavzuga oid chizmalar

    3.Doska, bo‘r, daftar.

    4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.

    I. Tashkiliy qism:

    5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

    6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

    II. Darsning mazmuni:

    7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

    8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

    9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..

    III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:

    11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.

    Yangi dars bayoni:

    Oqsillar tarkibida C, O, H, N, S tutuvchi yuqori molekular biologik polimerlar bo‘lib, ular 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. Ular birinchi darajali biologik ahamiyatga ega ekanligi uchun proteinlar (grekcha «protos» birlamchi, muhim) deb ataladi. Tirik organizmlar hayot jarayonlari ko‘p jihatdan oqsil moddalarga va ularning biologik funksiyasiga bog‘liq.

    Oqsillar viruslar va barcha tirik organizmlar: bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar tarkibining ajralmas qismi hisoblanadi. Hujayrada yuz beradigan kimyoviy o‘zgarishlarda oqsillar ishtirok etadi. Oqsillar polimer moddalar bo‘lib, ularning monomerlari aminokislotalardir. Aminokislotalar. Aminokislotalar kichik molekulali organik birik-

    malar bo‘lib, organik karbon kislotalarning hosilalari hisoblanadi. Tirik organizmlardagi oqsil turlarining xilma-xilligi oqsillar tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning turli variantlarda kombinatsiyalar hosil qilishi tufayli ta’minlanadi. Aminokislotalar molekulasi barcha aminokislotalar uchun bir xil bo‘lgan ikki qismdan, aminoguruh (– NH2) va karboksil guruh (– COOH) va har bir aminokislota uchun o‘ziga xos bo‘lgan qism – radikaldan iborat (7-rasm). O‘simliklar va ko‘pchilik mikrooganizmlar hujayralaridagi oqsillar tarkibiga kiruvchi barcha aminokislotalar tabiatda uchraydigan boshqa moddalardan sintezlanadi. Biroq bu xususiyat odam va hayvonlarda (ayrim xivchinlilardan tashqari) mavjud emas. Odam va hayvonlar bir necha aminokislotalarni boshqa organik moddalardan sintezlay olmaydilar. Bu aminokislotalar ular organizmiga ovqat tarkibida qabul qilinishi kerak. Bu aminokislotalar almashinmaydigan aminokislotalar deyiladi. Masalan: valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan, fenilalanin. Odam va hayvon organizmida boshqa organik moddalardan

    sintezlanadigan aminokislotalar almashinadigan aminokislotalar deyiladi.

    Oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibi, turning

    o‘zgarmas xossasi bo‘lib, oqsil sintezi vaqtida DNKdagi irsiy axborot asosida tuziladi. Har bir oqsil molekulasi o‘ziga xos tuzilishga ega. Organizmning hujayralaridagi oqsillar (fermentlar, gormonlar) bir xil funksiyani bajarishiga qaramay aminokislotalar tarkibi bo‘yicha o‘zaro farq qiladi. Turlar bir-biridan kelib chiqishi jihatidan qancha uzoq bo‘lsa, ularning oqsillari orasidagi farq ham shunchalik katta bo‘ladi.

    Oqsil molekulasi tabiiy tuzilmasining yo‘qolishi denaturatsiya deyiladi. Denaturatsiyani yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlanish va boshqa omillar keltirib chiqaradi.

    Oqsil funksiyalari. Bio mo lekulalar orasida oqsillar funksiya larining xilma-xilligi jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Plastik funksiya. Oqsillar hujayraning barcha membranali tuzilmalari asosini tashkil etadi. Kollagen oqsili biriktiruvchi to‘qimaning, keratin oqsili sutemizuvchilar

    juni, tirnoqlari, qushlar patlari, elastin oqsili pay, qon tomirlari devorining tarkibiga

    kiradi. Hujayraning sitoskelet elementlari tubulin oqsilidan tuzilgan. Oqsillar xromosomalar, ribosomalar, tar kibiga ham kiradi. Fermentativ funksiya. Fermentlar plastik va energetik almashinuv reaksiyalarida katalizatorlik vazifasini bajaradi. Barcha fermentlar oqsil tabiatiga ega. Har bir fermentmodda ma’lum bir modda (substrat)ga ta’sir ko‘rsatadi va ma’lum tipdagi reaksiyalarni tezlashtiradi.Transport funksiyasi. Umurtqali hayvonlar qonida gemoglobin, umurtqasiz hayvonlar qonida gemosianin, muskul to‘qimasida mioglobin O2 va CO2ning

    transportini, qon plazmasi oqsili – albumin lipidlar, yog‘ kislotalari va boshqa biologik faol moddalar transportini ta’minlaydi. Hujayra membranasi oqsillari esa membrana orqali moddalarni o‘tkazish vazifasini bajaradi. Himoya funksiyasi. Antitana, antitoksin, interferon oqsillari organizmni yot moddalardan himoya qiladi. Qon tarkibidagi immunnoglobulin oqsili

    qonga kirgan virus va bakteriyalarni taniydi, zararsizlantiradi. Qon plazmasi tarkibidagi

    fi brinogen, trombin oqsillari qonning ivishini ta’minlaydi. Toksin (zahar) funksiyasi. Ayrim hayvonlar o‘zini dushmandan himoya qilish uchun maxsus zaharlar ishlab chiqaradilar. Botulizm, vabo va difteriya kasalligini chaqiruvchi mikroblarning zaharlari ham oqsil tabiatga ega.



    IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:12.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.13.Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.

    V. Dars yakunlarini chiqarish: O‘qituvchio‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

    VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

    O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________
    Sana “ ”_____________________201___-yil.

    Mavzu: HAYOTNING HUJAYRA DARAJASI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI



    O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

    Kommunikativ kompetensiya:

    B1

    o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lishi, o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarni ishlata olishi;

    mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qilish; kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish.

    B1+

    maktab, mahalla, jamoat joylari, oilada, sinfda o‘rtoqlari bilan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga amalga qilgan holda muloqotga kirishish.



    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

    B1

    o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi;

    darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;

    matndan foydalanib savollarga javob topish, amaliy xarakterdagi topshiriq­larni bajara olish.



    B1+

    mediamanbalardan izlab topilgan ma’lumotlarni saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish;

    jadval, diagramma, sxemalar tuza olish, tushuncha, qoidalarni topa olish;

    mediavositalaridan hayvonot olami haqidagi ma’lumotlar va axborotlarni izlab topa olish.



    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

    B1

    biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish;

    tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila olish.

    B1+

    o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirishi, hayot davomida mustaqil holda o‘qib-o‘rganishi, bilim va tajribani muntazam oshirib borishi zarur.



    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

    B1

    o‘quvchi biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajribalar olib borish.

    jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish;

    B1+

    tirik organizmlarning o‘ziga xos jihatlarini bilishi, ularning salbiy tomonlarini o‘zidan kichik bo‘lgan yoshlarga o‘rgatish jarayonida faol ishtirok etishi.



    Milliy va umummadaniy kompetensiya:

    B1

    biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish;

    insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi.

    B1+

    madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;



    badiiy-ijodiy qobiliyatlarini namoyish qila olishi (turli grafik rasmlar, referatlar, xabarlarning dizayni).



    Darsning blok sxemasi:



    Darsning qismlari

    Belgilangan vaqt.

    1.

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2.

    O`tilgan mavzuni takrorlash

    12 daqiqa

    3.

    Yangi mavzu bayoni

    14 daqiqa

    4.

    Mustahkamlash

    12 daqiqa

    5.

    Baholash

    2 daqiqa

    6.

    Uyga vazifa

    2 daqiqa

    Download 1,42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-sinf (haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat,

    Download 1,42 Mb.