|
11- mavzu: delphi obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili Delphi dasturlash muhitiBog'liq 11 lectureKompilyatsiya
Kompilyatsiya etapida tayyorlangan dastur matni Object Pascal tiliga o‘tkaziladi.
Kompanovka bosqichida esa kerakli qo‘shimcha yordamchi dasturlar va ostdasturlar
unga birlashtiriladi. F9 tugmasini bosish bilan Save UnitAs dialog oynasi paydo
bo‘ladi va sizdan Unit.pas moduli uchun fayl nomini va joylashadigan papkani
ko‘rsatishingizni so‘raydi. Agar joyi ko‘rsatilmasa Delphi avtomatik ravishda
dasturingizni Bin papkasiga joylashtiradi. Yaxshisi siz bu papkani o‘z ishchi
papkangiz nomiga almashtiring, masalan, My_Delphi. Dastur kompilyatsiya
qilinishi paytida Delphi sistemasi pas, dfm va dcu kengaytmali modullar tuzadi.
.pas kengaytmali fayl kodlarni yozish oynasiga kiritilgan dastur matnini, .dfm forma
oynasi tashkil etuvchilarini, .dcu kengaytmali fayl esa .pas va .dfm kengaytmali
fayllarning birgalikdagi mashina kodiga o‘tkazilgan variantini saqlaydi. Bu .dcu
kengaytmali fayl kompilyator tomonidan tashkil qilinadi va yagona ishchi
(bajariluvchi) .exe kengaytmali fayl tashkil qilishga baza yaratadi.
Delphi loyihasining tuzilmasi
Delphi dasturi — bu bir necha bir-biri bilan bog‘liq fayllardir. Har qanday
dastur . dpr kengaytmali loyiha fayli va bir yoki bir necha . pas kengaytmali
modullardan tashkil topadi. Loyiha fayli dasturchi tomonidan kiritilmaydi, u
foydalanuvchining ko‘rsatmalari asosida avtomatik ravishda Delphi sistemali
dasturi tomonidan tuziladi. Loyiha fayli matnini ko‘rish uchun Project/View
Source buyrug‘ini berishi zarur. Loyiha matni umumiy holda quyidagicha bo‘lishi
mumkin:
Program Projectl;
Uses
Forms,
Unitl in ‘Unitl.pas’ {Forml}
{$R *.res}
|
| |