• Matn, tasvir va ovozli axborotlarni kodlash Raqamli axborotni kodlash.
  • Matnli axborotlarni kodlash.
  • 11-amaliy mashg‘ulot. Axborot turlari, axborotlarni kodlashtirishni o‘rgatish. Ona tili, matematika, texnologiya, atrof olam va tabiat darslarida multimedialar namoyish




    Download 101,5 Kb.
    bet2/6
    Sana15.01.2024
    Hajmi101,5 Kb.
    #137435
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    11-amaliy mashg\'ulot

    Axborotlarni kodlash usullari.
    Har bir axborot bir necha xil usulda kodlanishi mumkin. Kompyuterlarning vujudga kelishi bilan alohida inson va butun nsoniyat ishlatadigan barcha ko‘rinishdagi axborotlarni kodlash zaruriyati paydo bo‘ldi. Ammo axborotlarni kodlash muammosini yechishni insoniyat kompyuterlar paydo bo‘lishidan ancha oldin boshlagandi. Insoniyatning olamshumul kashfiyoti –yozuv va arifmetika-nutq va raqamli axborotni kodlash sistemasidan boshqa narsa emasdi.
    Axborot hech qachon sof holatda bo‘lmagan, u har doim qandaydir kodlangan ko‘rinishda bo‘lgan. Ikkili kodlash-axborotni ifodalashning keng tarqalgan usullaridan biridir.
    Hisoblash mashinalarida, robotlarda, raqamli dastur boshqaruvidagi stanoklarda umumiy qonundagidek, hamma informatsiya , apparat bajaradigan barcha ishlar, ikkilik alfavit so‘zlari ko‘rinishida kodlanadi.
    Matn, tasvir va ovozli axborotlarni kodlash
    Raqamli axborotni kodlash.
    Raqamli va matnli axborotni kodlashdagi o‘xshashlik quyidagilardan iborat: bu turdagi ma’lumotlarni taqqoslash mumkin bo‘lganligi uchun, har xil son har xil kodga ega bo‘lishi kerak. Sonli ma’lumotlarning matnli ma’lumotlardan asosiy afzaligi shundan iboratki, sonlar ustida taqqoslash amalidan tashqari turli-tuman matematik amallarni bajarish mumkin: bo‘lish, ko‘paytirish, ildi chiqarish , logarifmni hisoblash va h.k. matematikada sonlar ustida bu amallarning bajarilishi qoidalari batafsil ishlab chiqilgan . Kompyuterga kiritilgan sonlarning asosiy hisoblash tizimi pozitsion ikkilik tizimidir.
    Matnli axborotlarni kodlash.
    Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarning katta qismi kompyuter yordamida harflar, sonlar, tinish belgilari va boshqa belgilardan iborat matnli ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Hisoblab ko‘ramiz, hamma belgilar nechta va bizga qancha miqdordagi bitlar kerak. 10ta son, 12 ta tinish belgi, 15 ta arifmetik amal, lotin va rus alfaviti harflari: jami 8 bitga to‘g‘ri keladigan 155ta belgilar.
    Kodlashning mohiyati shundan iboratki, har bir belgiga ikkilik koddagi 00000000 dan 11111111gacha bo‘lgan sonlardan biri yoki o‘nlik koddagi 0dan 255 gacha bo‘lgan sonlardan biri mos qilib belgilangan. Hozirgi vaqtda rus harflarini kodlash uchun 5 turlicha kodlash jadvallaridan(КОИ - 8, СР1251, СР866, Мас, ISO) foydalaniladi. Bir jadval yordamida kodlangan matn boshqa jadvalda to‘g‘ri ko‘rinmaydi. Asosiy belgilarni kodlashning usuli ASCII(American Standard Code for Information Interchange-ma’lumotlarni almasish uchun Amerika standarti)-kodi deb nomlanib, 16 lik sanoq tizimida kodlangan 16 ga 16 jadvaldan iborat.

    Download 101,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 101,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-amaliy mashg‘ulot. Axborot turlari, axborotlarni kodlashtirishni o‘rgatish. Ona tili, matematika, texnologiya, atrof olam va tabiat darslarida multimedialar namoyish

    Download 101,5 Kb.