|
11-amaliy mashg‘ulot. Axborot turlari, axborotlarni kodlashtirishni o‘rgatish. Ona tili, matematika, texnologiya, atrof olam va tabiat darslarida multimedialar namoyish
|
bet | 3/6 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 101,5 Kb. | | #137435 |
Bog'liq 11-amaliy mashg\'ulotTovushli axborotlarni kodlash.
Fizika kursidan ma’lumki tovush bu havoning tebranishidir. O‘zining tabiatiga ko‘ra tovush uzluksiz to‘lqindir. Agar tovushni elektr signalga o‘zgartirsak(masalan, mikrofon yordamida), biz vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchi bir tekis kuchlanishni ko‘rishimiz mumkin. Kompyuter analog signalni qayta ishlashi uchun uni qandaydir ikkilik ko‘rinishdagi sonlar ketma-ketligi ko‘rinishiga o‘zgartirishimiz kerak. Buning uchun esa diskretizatsiya va raqamlash kerak. Bu ish bunday shaklda ham bo‘lishi mumkin: ma’lum bir vaqt oralig‘idagi signal amplitudalarini aniqlash vaolingan raqamli ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga yozish.
Belgili axborotni kodlash.
Asosiy operatsiya, matnning alohida belgisida bajariladi-belgilarni taqqoslash. Simvollarni taqqoslashda eng muhim jihat har bir belgi uchun takrorlanmaslik va bu kodning uzunligi, bevosita kodlash prinsipini tanlash amaliy jihatdan ahamiyatga ega emas. Matnlarni kodlashda turli kod jadvallarida foydalaniladi. Muhimi, bir yoki bir nechta matnni kodlash va dekodlashda bir jadvaldan foydalanlsa bo‘lgani. Kodlash jadvali –tarkibida bir qancha tartiblangan kodlanuvchi belgilar obrazi va unga mos ikkilik koddagi belgi bo‘lgan jadvaldir. Birmuncha mashhur kodlash jadvallari quyidagilar: ДКОИ-8, ASCII, CP1251, Unicode. Tarixiy taraqqiyoti davomida belgilarni kodlash uchun sifatli kod uzunligi 8 bit yoki 1 bayt deb belgilangan. Shuning uchun kompyuterda saqlanuvchi har bir belgiga bir bayt xotira mos keladi. 0 va 1 ning turli kombinatsiyalari 8 bit kod uzunligida 28=256, shuning uchun bir kodlash jadvali yordamida 256 tadan ko‘p bo‘lmagan belgilani kodlash mumkin. 2bayt(16 bit) kod uzunligi bilan 65536 ta belgini kodlash mumkin.
Ma’lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlash va dekodlash
Axborotlarni kodlash ma’lumotlarni uzatish va saqlash qulay bo‘lgan ko‘rinishda ifodalashdir. Tor ma’noda aytganda “kodlash” atamasi, ma’lum bir ma’lumotning bir ko‘rinishidan saqlash, uzatish, qayta ishlash oson bo‘lgan boshqa ko‘rinishga o‘tkazishdir. Odatda kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim etiladi. Kompyuter faqat raqamli ko‘rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi mumkin. Masalan, musiqiy tovushni raqamli formaga o‘tkazish uchun, ma’lum chastotadagi tovush intensivligini katta bo‘lmagan vaqt oralig‘ida o‘lchab, har bir o‘lchash natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin.
Analog usulda kompyuter matnli axborotni qayta ishlashi mumkin. Kompyuterga kirishda har bir harf ma’lum son bilan kodlanadi, chiqishda tashqi qurilmalar(ekran yoki printer) inson idrok etishi uchun bu sonlardan harflarning tasvirini hosil qiladi Boshqacha aytganda, kompyuterlar bu qurilmalarda qayta ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun odatda ikkilik hisoblash tizimida ishlaydi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
11-amaliy mashg‘ulot. Axborot turlari, axborotlarni kodlashtirishni o‘rgatish. Ona tili, matematika, texnologiya, atrof olam va tabiat darslarida multimedialar namoyish
|