Dasturiy ta’minot dizaynini qurish va moslashtirish




Download 2,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/49
Sana08.08.2024
Hajmi2,65 Mb.
#269237
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Bog'liq
rrrrrr

2.2. Dasturiy ta’minot dizaynini qurish va moslashtirish 
6
Dasturiy ta’minot dizayni va uni ishlab chiqish bajariladigan dasturiy 
ta'minot tizimi ishlab chiqiladigan dasturiy injiniring jarayonidagi bosqichdir. 
Ba'zi oddiy tizimlar uchun, dasturiy ta'minot dizayni va dasturni ishlab chiqish 
dasturiy injiniringdir, va boshqa barcha faoliyatlar bu jarayonda bilan birlashgan. 
Shu bilan birga, katta tizimlar uchun, dasturiy ta'minot dizayni va dasturni ishlab 
chiqish dasturiy injiniringda ishtirok etadigan jarayonlar majmuidan biridir. 
Dasturiy ta’minot dizayni va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish faoliyati 
o’zgarishsiz ketma-ketlikda kelmoqda. Dasturiy ta’minot dizayni foydalanuvchi 
talablariga asoslangan dasturiy ta’minot komponentalari va ularning o’zaro 
bog’liqligi ta’minlashda yaratiladigan faoliyatdir. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish 
bu dizaynni dasturga moslab joriy etish jarayonidir. Ba’zi hollarda, bo’lingan dizayn 
bosqichlari ham mavjud va bu dizayn modellashtirilgan va dokumentlashtirilgan 
bo’ladi. Boshqa hollarda esa, dizayn dasturchi miyasida yoki doskada yoki 
qog’ozlarda aks etadi. Dizaynlashtirish bu muammoni qanday bartaraf etishdir, 
shuning uchun har doim dizaynlash jarayoni mavjuddir. Shunga qaramasdan, UML 
yoki boshqa dizayn yaratuvchi tillardan foydalanishda dizaynni tushuntirish bu 
doimo muhim yoki mos ravishda bo’lmaydi.
Dizaynlashtirish jarayonidagi eng muhim bosqich bu sizga kerak bo’lgan 
dizayn modellari va ularda talab qilingan detallarning bosqichlari ustida qarorlar 
qabul qilishdir. Bu ayni vaqtda ishlab chiqilayotgan tizim turidan kelib chiqadi. 
Tizim loyihasini umumiylikdan detallarigacha ishlab chiqishda, obyektga 
yo’naltirilgan dizaynda quyidagi bir qanch narsalarni bilishingiz lozim: 
1.
Tizim bilan bo’ladigan tashqi ta’sirlar va kontekstni aniqlash va ularni 
tushunish. 
2.
Tizim arxitekturasini loyihalash. 
3.
Tizimdagi asosiy obyektlarni birlashtirish. 
4.
Loyiha modellarini rivojlantirish. 
5.
Interfeyslarni aniqlash.
Dastur dizaynini ishlab chiqishda UMLdan foydalanganingizda, siz ikki 
6
“Software Engineering”, by Ian Sommerville, pages 177-180 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
36 
turdagi dizayn modellarini normal holda ishlab chiqasiz: 
1.
Tizimli modellar. Ular obyekt sinflari va ularning o’zaro bog’liqligidan 
foydalanadigan tizimning dinamik tuzilmasini tasvirlaydi.
2.
Dinamik modellar. Ular tizimning dinamik tuzilmasini tasvirlaydi va tizim 
obyektlari o’rtasidagi o’zaro ta’sirlarni ko’rsatadi.
O’zaro ta’sirlar obyektlar tomonidan bajarilgan xizmat so’rovlarining ketma-
ketligini o’z ichiga olgan holda hujjatlashtirilgan bo’lishi mumkin. 
Ishlab chiqish jarayonining bir qismida, siz qanday qilib ishlab chiqilgan 
dasturiy ta’minot maqsaddagi platformada qanday tarqalgan bo’lishi haqida qarorlar 
qabul qilishingiz lozim. Tarqalgan tizimlar uchun tarqaladigan komponentalar 
mavjud maxsus platformalar ustida qaror qabul qilishingiz lozim bo’ladi. Qaror 
qabul qilishda ko’rib chiqishingiz kerak bo’lgan muammolar: 
1.
Komponentning qurilma va dasturiy talablari. Agar component maxsus 
qurilma arxitekturasi uchun loyihalashtirilgan bo’lsa, yoki boshqa dasturiy 
ta’minot tizimlarida qo’llanilsa, bu shubhasiz talab qilingan qurilma va 
dasturni qo’llab quvvatlovchi platformada tarqatiladi. 
2.
Tizim mavjudligi talablari. Yuqori-mavjud tizimlar bittadan ko’p 
platformada tarqalgan komponentalarni talab qilishi mumkin. Bu shuni 
anglatadiki, platform inkor qilgan holatda komponentning alternative ishlab 
chiqilishi mavjud. 
3.
Kommunikatsiya komponentlari. Agar komponentlar orasida yuqori darajali 
aloqa trafigi bo’sa, unda ularni o’sha platformada yoki fizik jihatdan bir-biriga 
yaqin bo’lgan platformalarda aralashtirish kerak. Bu aloqa ushlanib qolishini, 
vaqtlar orasidagi ushlanishni kamaytiradi, xabar bitta component tomonidan 
jo’natiladi va boshqasi tomonidan qabul qilinadi. 

Download 2,65 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Download 2,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Dasturiy ta’minot dizaynini qurish va moslashtirish

Download 2,65 Mb.
Pdf ko'rish