IV. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
76
2 - amaliy mashg’ulot. Loyiha uchun tizim talablari va funksional talablarni
ishlab chiqish.
Ishdan maqsad:
Ishlab chiqarilayotgan dasturiy ta’minot uchun talablar
hujjatini shakllantirish.
Tizim uchun talablar bu tizim nima ish bajarish lozimligini tasvirlashdir.
Talablar tizim mijozlarini ehtiyojlarini aks ettiradi.
Talablar injiniringi jarayonida ko’pgina muammolar ko’tariladi.
‘Foydalanuvchi talablari’ va ‘tizim talablari’ terminlari orasida farq mavjud.
Foydalanuvchi talablari umumiy va tizim talablari batafsil bo’ladi. Foydalanuvchi
talablari va tizim talablari quyidagicha izohlanishi mumkin:
3.
Foydalanuvchi talablari bu diagrammalar bilan tabiiy tildagi bayonotlar.
4.
Tizim talablari bu dasturiy ta’minot tizimi funksiyalari, servislari va operativ
cheklanishlarining batafsil tasvirlanishi.
Ushbu amaliy ishni tushuntirish maqsadida biz sizga Ruhiy Bemorlar Sog’ligini
Saqlash Boshqaruv Tizimi (RBSSBT) misol qilib olamiz.
Foydalanuvchi talablari
1.
RBSSBT belgilangan har bir shifoxonalar uchun dorilar
Tizim talablari
1.1.
Har oyning oxirgi ish kunida belgilangan dorilar qisqacha izohi, ularning
bahosi va belgilangan shifoxonalar
hosil qilinadi
1.2.
Tizim automatik tarzda har oyning oxirgi ish kunida soat 17:30 dan keyin
hisobotni bosmaga chiqarishga tayyorlaydi
1.3.
Hisobot har bir shifoxona uchun yaratilgan bo’lishi va individual dori
nomlari ro’yxati, shifokorlar yozib bergan dori ro’yxatilari soni,
yozib
berilgan dori ro’yxatidagi dori dozalari soni yozib berilgan dorilarning
umumiy bahosi
1.4.
Agar dorilar turli xil dozalarda(masalan, 10mg, 20mg) bo’lsa ularni
alohida
ajratib hisobot tayyorlash
1.5.
Hisobotga ruxsatlarni chegaralash
Dasturiy ta’minot tizimi talablari funksional va funksional bo’lmagan talablar
sinflariga ajratiladi.
3.
Funksional talablar Bu tizim taminlashi lozim bo’lgan servislarning
bayonoti. Kiritilgan ma’lumotlarga tizim qanday reaksiya ko’rsatishi
lozim, tizim o’zini bunday holatlarda
qanday tutushi lozim
IV. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
77
4.
Funksional bo’lmagan talablar Bu tizim tomonidan taklif qilinayotgan
servislar va funksiyalardagi cheklovlar. U o’z ichiga vaqt cheklanishi,
ishlab
chiqarish jarayoni cheklanishi, beriladigan standartlar tomonidan
cheklanishlarni olishi mumkin.
Siz talablarni turli xil darajada yozishingiz kerak chunki turli xil o’quvchilar turli
xil yo’lda foydalanishadi.
RBSSBT tizimi uchun funksional talablar, ruhiy kasallikka chalinayotgan bemorlar
uchun
1.
Foydalanuvchi barcha shifoxonalar uchun uchrashuv vaqtlarini qidira
olishi kerak
2.
Tizim har bir kunga har bir shifoxona
uchun novbat kutib turgan
bemorlarga uchrashuv kunini tuzib berishi lozim
3.
Har bir ishchi xodim o’zining sakkiz xonali ishchi nomeri orqali
identifikatsiyadan o’ta olishi lozim
RBSSBT tizimi uchun funksional bo’lmagan talablar
1.
Tizim tibbiyot xodimlari uchun foydalanishga qulay bo’lishi lozim
2.
Tibbiyot xodimlari to’rt soatlik treyningdan so’ng
tizimning barcha
funksiyalaridan foydalana olishi lozim